Qozoğistonning magistral neft quvurlari böyiça milliy operatori 2023 yilning birinçi çoragida Rossiyaning «Transneft» kompaniyasi quvurlari orqali Germaniyaga 300 ming tonna «qora oltin»ni yetkazib berişini ma’lum qildi. Bu haqda Centralasian xabar berdi. 

«KazTransOil» kompaniyasining ma’lum qilişiça, tegişli ruxsatnoma Rossiya Energetika vazirligi tomonidan berilgan. 

«KazTransOil» OAJ Rossiya Federatsiyasi Energetika vazirligidan 2023 yilning birinçi çoragida 300 ming tonna Qozoğiston neftini «Transneft» magistral quvurlari orqali «Adamova Zastava» punkti yönalişi böyiça Germaniyaga yetkaziş uçun ruxsat oldi», deyiladi kompaniya xabarida. 

«KazMunayGaz» neft-gaz kompaniyasining xabar berişiça, Qozoğiston öz neftining birinçi partiyasini 2023 yilning yanvarida Atirau-Samara neft quvuri orqali, keyin esa «Drujba» quvuri orqali Germaniyaga yetkazmoqçi.  

Qozoğiston 2023 yilda Germaniyaga 1,5 million tonna neft eksport qilişni rejalaştirmoqda va bu hajmni olti million tonnagaça oşirişi mumkin. 

Avvalroq, Germaniya Rossiya neftidan butunlay voz keçganini e’lon qilgan edi. «Kommersant’» ma’lumotlariga köra, Rossiya Germaniyaga yiliga 19-20 million tonna neft yetkazib bergan. 

Qozoğiston 2023 yilda 90,5 million tonna neft qazib olişni rejalaştirmoqda, şundan 71 million tonnasi eksport qilinadi.