Ötgan yilning dekabr oyi oxirida dunyoda eng köp aholiga ega bölgan Xitoyda 1,411 milliard kişi istiqomat qilgan, bu bir yil avvalgiga nisbatan 850 ming kişiga kam. Bu haqda 17 yanvar, seşanba kuni Xitoy Xalq Respublikasining Pekindagi Davlat statistika boşqarmasi ma’lum qildi. Şunday qilib, 2022 yilda mamlakat aholisi sönggi oltmiş yilda birinçi marta kamaydi, deya ta’kidladi dpa agentligi.

Tuğiliş darajasi har 1000 kişiga atigi 6,77 tuğilişni taşkil etdi, bu oxirgi ön yilliklardagi eng past körsatkiçdir.

2022 yilda tuğilganlar soni (9,56 million) ölganlar sonidan (10,41 million) kam böldi. Bungaça 1960 va 1961 yilda sanoatlaştirişning falokatli oqibatlaridan keyin kuçli oçarçilik fonida pasayiş qayd etilgan.

Mutaxassislarning fikriça, Xitoy uzoq vaqtdan beri tuğilişning keskin kamayişi va aholining qarişidan aziyat çekmoqda. 2015 yilda munozarali demografik siyosatning bekor qilinişi («Bir oila - bir bola») körsatkiçlarning oşişiga olib keldi - lekin faqat birozga va qisqa vaqt içida.

Mutaxassislarning fikriça, bunga Xitoyda uy-joy, ta’lim va soğliqni saqlaş xizmatlarining qimmatligi, şuningdek, aholining turmuş quriş istagining pasayişi sabab bölgan. Pandemiya uşbu salbiy tendensiyani yanada kuçaytirgan körinadi.

2021 yilda turmuş qurgan xitoylik juftliklarga uç nafargaça farzand körişga ruxsat berildi. Ta’lim xarajatlari biroz qisqartirildi. Onalik va tuğuruq ta’tilini beriş osonlaştirildi.

Şu bilan birga, har beşinçi Xitoy fuqarosi 60 yoşdan oşgan. 15 yoşdan 59 yoşgaça bölgan mehnatga layoqatli aholi qatlami qisqarişda davom etmoqda.

1979 yilda Xitoyda tuğilişni nazorat qiliş kampaniyasi boşlandi. Uning maqsadi aholi sonini çeklaş edi. 2013 yilda turmuş örtoqlardan biri oilada yagona farzand bölgan er-xotinlarga, ba’zi etnik ozçiliklar vakillariga, şuningdek, bir qator viloyatlarning qişloq aholisiga, agar oilada birinçi farzand qiz bölsa, ikkinçi farzand körişga ruxsat berildi.

Şu bilan birga, pandemiya fonida sönggi oylarda Xitoy kasalxonalari tölib ketdi, krematoriylar jasadlarni yoqişga ulgurmayapti. Rasmiy ma’lumotlar uzoq vaqtdan beri Xitoydagi epidemiyaning haqiqiy kölamini aks ettirmaydi, deb ta’kidladi dpa agentligi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga köra, Xitoyda yuz minglab odamlar COVID-19'dan vafot etgan.