Sinoptiklar Yoqutistonda aholisi va mehmonlarini havo harorati Tselsiy böyiça -51 darajagaça tuşib ketişidan ogohlantirdi. Bundan taşqari, mintaqada kuçli şamol xavfi ham e’lon qilingan.
«2025 yilning 1 yanvaridan 4 yanvarga qadar Yakutsk hamda uning atrofida anomal sovuq kuzatiladi, bunda havo harorati normadan 7 va undan pastroq darajaga tuşib ketadi», — deyiladi xabarda.
Prognozlarga köra, 2 yanvar kuni Yakutskda havo harorati Tselsiy böyiça -51 darajani taşkil etişi mumkin.
Şu bilan birga, ötgan 2024 yilda Moskvada örtaça havo harorati yuqori böldi — 8,2 daraja. Uşbu körsatkiç Rossiya poytaxti kuzatuvlari tarixidagi barça rekordlarni yangilagan. Bundan oldingi rekord 2020 yilda örnatilgan, öşanda örtaça harorat 8 darajani taşkil etgandi. Yanvar va may oyidan taşqari butun yil davomida anomal iliq havo kuzatilgan.
Avvalroq sinoptiklar bu yil yanvar oyining birinçi yarmida Özbekiston hududi böyiça anomal sovuq yoki anomal iliq şaroit kutilmayotgani töğrisida xabar bergandi.








