Yaqin Şarqdagi vaziyat keskinlaşib, global iqtisodiyot va xavfsizlikka tahdidlar kuçayib boryapti. Hörmuz böğozining yopilişi energetika ta’minotida jiddiy uzilişlarga olib keldi. AQŞ va Isroilning Eronga uruş oçişidan oldin neftning Brent markasi barreliga örtaça 72 dollar, WTI markasi esa 67 dollardan sotilgan bölsa, bir neça kun içida narxlar 100 dollarlik psixologik çegarani yorib ötdi.
Zaif davlatlar guruhi
Uruşdan oldin Hörmuz böğozi orqali ötadigan neftning taxminan 80 foizdan köproq qismi Osiyo mamlakatlariga yönaltirilgan. Suv yölining yopilişi esa bir qator mamlakatlarni strategik jihatdan juda zaif holatga keltirib qöydi. Masalan, Yaponiya va Janubiy Koreya iqtisodiyoti import qilingan xomaşyoni qayta işlaş va tayyor mahsulot eksporti asosiga qurilgan. Uruş boşlanişiga qadar Yaponiya neftning 90 foizdan ortiğini, Janubiy Koreya esa 70 foizdan ortiğini Fors körfazidan import qilardi. Energetika narxlarining oşişi uşbu davlatlarda işlab çiqariş tannarxining keskin oşişi va eksport raqobatbardoşligining pasayişiga olib kelişi mumkin.
Hindiston ham xavf ostidagi yirik iqtisodiyotlardan biri. Rasmiy Dehli neftning taxminan 90 foizi va suyultirilgan gazning 50 foizini import qiladi. Neftning yarmi va suyultirilgan gazning katta qismi aynan Hörmuz böğozi orqali ötadi. Mazkur yönalişning yopilişi Hindistonga suyultirilgan gaz importining 40 foizga pasayişiga va umumiy neft yetkazib berişning 15 foizga qisqarişiga sabab böldi. Mart oyi boşida AQŞ hukumati Rossiya neftiga nisbatan sanksiyalarni 30 kunga yumşatiş haqida qaror qabul qilgandi. Bu esa Dehli uçun vaziyatni qisman normallaştiriş imkonini berdi va fevralga nisbatan mart oyida Rossiyadan neft sotib oliş 90 foizga köpaydi.
Xitoy dunyoning eng yirik neft importyori hisoblanadi va umumiy xaridning 50 foizdan köproq qismi aynan körfaz mamlakatlaridan amalga oşiriladi. Rossiya bilan döstona munosabatlar Pekin uçun inqiroz şaroitida iqtisodiy buffer vazifasini bajarayotgan bölsa-da, istiqbolda xomaşyo uçun köproq pul tölaşga töğri kelişi mumkin. Şu paytgaça sanksiyalar sabab Eron va Rossiya neftini Xitoy kompaniyalari çegirma narxlarda xarid qilib kelardi. Uşbu mamlakatlar xomaşyosiga çeklovlarning yumşatilişi boşqa muqobil bozorlarga çiqiş imkoniyatini beradi. Masalan, Şarqiy Sibir — Tinç okeani quvuri orqali Moskva nafaqat Xitoy, balki Janubiy Koreya, Yaponiya, Singapur, Tayvan kabi davlatlarga ham öz mahsulotini qimmatroq narxda sota boşlaşi mumkin. Bu esa Xitoyni neft uçun köproq pul tölaşga majbur qiladi. Şunday bölsa-da, inqiroz şaroitida Rossiya bilan yaqinlik Pekinga geosiyosiy ustunlik taqdim etyapti. Yaqin Şarq va raqobatçi mamlakatlarda neft-kimyo majmualarining töxtab qolişi fonida Xitoy eksport kvotalarini nazorat qilib, plastmassa va öğitlar yetkazib beriş zanjirlarida monopoliya örnatişi va global janubdagi ta’sirini kuçaytirişi









