Ukrainaning Rossiya energetika infratuzilmasiga qarşi dron hujumlari Markaziy Osiyo energetika bozorida jiddiy özgarişlarni yuzaga keltiryapti. Uzoq muddatda Rossiya mintaqadagi ta’sir vositalari va bozor uluşidan ayrilişi mumkin, Markaziy Osiyo davlatlari yoqilği ta’minoti manbalarini diversifikatsiya qilişga şoşilmoqda, deya yozadi Eurasianet naşri.

Ukrainaning Rossiya neftni qayta işlaş zavodlariga uyuştirayotgan takroriy hujumlari sababli Kreml içki bozorda tobora kuçayib borayotgan tanqislikni yumşatiş uçun benzin va aviatsiya yoqilğisi kabi neft mahsulotlari eksportini çeklaşga majbur böldi. Bu esa Markaziy Osiyo davlatlarini kuz-qiş mavsumida yuzaga kelişi mumkin bölgan energetik inqirozning oldini oliş uçun muqobil ta’minot manbalarini izlaşga undayapti.

Şu paytgaça Qirğiziston va Tojikiston yoqilği ta’minotining qariyb 90 foizini Rossiya hisobidan qoplab kelgan. Joriy vaziyatda Rossiyaga ta’minotçi sifatida avvalgidek tayanib bölmaydi. Masalan, iyul oyi oxirida Rossiya Qirğizistonning yil oxirigaça bölgan ehtiyojini qoplaş uçun zarur bölgan yoqilğining atigi yarmini yetkazib berişga rozi böldi. Bu oyiga taxminan 100 ming tonna neft mahsulotini taşkil etadi.

Yetişmayotgan hajmni qoplaş uçun rasmiy Bişkek Özbekiston va Qozoğiston yoqilği yetkazib beriş böyiça kelişuvlarga erişdi. Şuningdek, Belarus va Xitoydan ham import amalga oşirilyapti. Qirğiziston rasmiylari qöşimça yoqilği oliş böyiça Turkiya va Yevropa Ittifoqi bilan ham muzokara olib bormoqda.

Bundan taşqari, Qirğiziston hukumati ma’lum darajada özini özi ta’minlaş imkoniyatini yaratişga ham harakat qilmoqda. Şu maqsadda yiliga qariyb 450 ming tonna neft mahsulotlari işlab çiqarişga qodir zavod qurilişi loyihasi jadallaştirilgan. Bu hajm mamlakat yillik talabining qariyb çorak qismini qoplaşga yetadi. Zavod 2026-yil oxiridayoq işga tuşirilişi mumkin.