Qöşma Ştatlar hali Ukrainaga Abrams tanklarini yetkazib beriş niyatida emas. Bu haqda 18 yanvar, çorşanba kuni AQŞ mudofaa vaziri örinbosari Kolin Kal ma’lum qildi, deya xabar beradi AFP. Uşbu qarorga sabab - bu tanklarda «xizmat körsatiş tizimi oson emas» edi. Abrams tanklari qimmat, murakkab tayyorgarlikni talab qiladi va köp yonilği sarflaydi, deya rasmiy sözlaridan iqtibos keltirgan AFP.
AQŞ mudofaa vaziri Lloyd Ostin ukrainaliklarga ular ta’mirlaşi va texnik xizmat körsatişi mumkin bölmagan hamda uzoq muddatda sotib olişga qurbi yetmaydigan qurollarni yetkazib berişni istamayapti, çunki bu - «befoyda», dedi Kal. «Gap ramziy jihatdan qimmat narsada emas, balki Ukrainaga jang maydonida haqiqatan nima yordam berişida», - dedi mudofaa vaziri örinbosari. Şu bilan birga, Kal Qöşma Ştatlar kelajakda Ukrainaga Abrams tanklarini yetkazib berişi mumkinligini butunlay inkor etmadi.
Şu bilan birga, AQŞ ma’muriyati Ukrainaga 2,6 milliard dollargaça bölgan yirik harbiy yordam paketini tayyorlaşni yakunlamoqda, deya xabar beradi AP. Uning tarkibiga birinçi marta 100 ga yaqin Stryker zirhli maşinalari va kamida 50 ta Bradley jangovar maşinalari kirişi kutilmoqda. Şuningdek, yordamda minglab öq-dorilar, jumladan, havo hujumidan mudofaa tizimlari uçun raketalar ham bölişi rejalaştirilgan.
Anonimlik şarti bilan gapirgan rasmiylarning aytişiça, Bayden ma’muriyati harbiy yordam böyiça yakuniy muhokamalarni olib borayotgani sababli raqamlar hali özgarişi mumkin. Ukrainaga yangi yordam paketi yuborilişi şu hafta AQŞ, Yevropa va boşqa mintaqalar mudofaa rahbarlari Ukrainaga harbiy yordam beriş masalasini muhokama qiliş uçun Germaniyada töplanganda e’lon qilinişi kerak.
Avvalroq The Wall Street Journal va Süddeutsche Zeitung Germaniya AQŞ Abrams tanklarini Kiyevga berişga rozi bölgan taqdirda Ukrainaga Leopard 2 tanklarini yetkazib berişni boşlaşni rejalaştirayotgani haqida xabar bergan edi. OAV ma’lumotlariga köra, bu haqda Germaniya kansleri Olaf Şols AQŞ prezidenti Jo Bayden bilan telefon orqali muloqotda aytgan.













