Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov 18 yanvar, çorşanba kuni 2022 yil yakunlariga bağişlangan matbuot anjumanida sözga çiqib, Ukrainadagi uruşda umuman Ğarbni, xususan, AQŞni aybdor deb atadi. 2022 yil 24 fevralda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning buyruği bilan boşlangan Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bostirib kirişi, Lavrovning sözlariga köra, Ğarbning Rossiyaga qarşi boşlagan gibrid uruşiga javob böldi. Rossiyalik vazir «SVO» deb nomlaşda davom etayotgan Rossiya agressiyasining maqsadlari Moskvaning asosiy manfaatlari bilan belgilanadi, deydi u.
Lavrov haqiqatda Ukrainaning Yevropa Ittifoqi va AQŞ tomonidan Rossiya agressiyasiga qarşi kuraşda qöllab-quvvatlanişini Xolokost bilan soliştirdi. Uning sözlariga köra, agar Hitler ötgan asrning örtalarida «yahudiylar masalasi»ni hal qilişga uringan bölsa, endilikda amerikalik va yevropalik siyosatçilar «rus masalasi»ni kötarib, Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşdagi strategik mağlubiyati va «dekolonizatsiyasi» haqida gapirmoqda.
Şunisi e’tiborga loyiqki, Rossiya TIV rahbari Ğarb haqida gapirib, Hitler va yahudiylar bilan birinçi marta taqqoslamayapti. Ötgan yilning may oyida Lavrov öz çiqişida Hitlerda «yahudiy qoni» bölganini aytganidan keyin Putin Isroil rasmiylaridan uzr söragan edi.
Rossiya taşqi işlar vazirining sözlariga köra, «Ğarb Ukrainadan Yevroatlantika mintaqasida uzoq yillardan beri mavjud bölgan va konsensus, xavfsizlikning bölinmasligi tamoyillariga asoslangan xavfsizlik tizimini yöq qiliş uçun foydalanmoqda». Şuning uçun, Lavrov ta’kidlaganidek, «Ğarb bilan faqat Ukraina haqida gaplaşiş ma’nosiz».
Yevropa Ittifoqi va AQŞning Ukrainaga hujum qilgani uçun Rossiyaga qarşi joriy qilgan sanksiyalari «Rossiya xalqini inqilob qilişga majburlaş uçun e’lon qilingan», dedi Lavrov. Uning fikriça, bu sanksiyalar bilan AQŞ «ustunlikni saqlab qoliş» va «köp qutbli dunyo şakllanişini töxtatiş»ga harakat qilmoqda.












