«Baxmutning özi operativ yoki strategik ahamiyatga ega emas, ammo agar Rossiya qöşinlari uni nisbatan tez va osonlik bilan egallab olganida, ular Ukrainani şoşilinç ravişda kamroq qulay yerlarda mudofaa pozitsiyalarini jihozlaşga majbur qiladigan hujum operatsiyalarini kengaytirişga umid qilişi mumkin edi», deb hisoblaydi ISW ekspertlari.
Ularning ta’kidlaşiça, Rossiya 2022 yilning may oyidan beri Baxmut hududiga kuçlari va texnikasini ötkazmoqda, biroq uning mudofaasiga jiddiy tahdid solişi mumkin bölgan operatsion jihatdan muhim muvaffaqiyatlarga hali erişmagan.
Germaniya Federal razvedka xizmati (BND) Bundestag ekspertlari uçun xavfsizlik siyosati böyiça yopiq hisobotida Ukraina Qurolli kuçlari Baxmut uçun janglarda katta yöqotişlar körgani haqida ma’lum qilgandi.
Nemis razvedkasi ma’lumotlariga köra, Ukraina armiyasi har kuni şahar uçun janglarda yuzlab askarlarini yöqotyapti.
Şu bilan birga, BND Baxmutning Rossiya tomonidan qölga olinişi jiddiy oqibatlarga olib kelişi haqida ogohlantirdi, çunki bu Rossiya Qurolli kuçlarining Ukrainaga yanada çuqurroq kirib borişiga imkon beradi.













