Kanada hukumati mahalliy aholi vakillariga ötmişda zöravonlik hamda madaniy va til huquqlarini buzgani uçun kompensatsiya sifatida 2,8 milliard Kanada dollari (1,44 milliard yevro) tölaşga rozi böldi. Bu haqda Kanada hukumati 21 yanvar kuni xabar berdi.

2012 yilda Kanada hukumatiga mahalliy jamoalarning 325 a’zosi 19-asrdan 20-asr oxirigaça öz tili va madaniyatiga qarşi genotsid uçun tovon undirişni sörab jamoaviy da’vo bilan murojaat qilgan. Endi tomonlar erişgan kelişuvni mamlakat Federal sudi tasdiqlaşi kerak.

Taxminlarga köra, pul maxsus jamğarmaga ötkazilib, mahalliy aholi undan öz xohişiga köra foydalanişi mumkin. «Kanadaga öz tarixini tan oliş, u sodir etgan genotsidni tan oliş va maktab-internatlar xalqlarimizga yetkazgan jamoaviy zararini tan oliş uçun juda uzoq vaqt kerak böldi», dedi da’vogarlardan biri, tub aholi vakili Garri Feşçuk.

1881 yildan 1996 yilgaça Kanadada 150 000 dan ortiq mahalliy bolalar öz oilalaridan ajralgan va maktab-internatlarga yuborilgan. Ularning köpçiligi Kanada Haqiqat va yaraşuv komissiyasi «madaniy genotsid» deb atagan tizimda oç qolgan, kaltaklangan va jinsiy zöravonlikka uçragan. Ösmirlarga ota-bobolarining tillarida gapiriş va ularning urf-odatlariga amal qiliş taqiqlangan. Kanadadagi oxirgi bunday maktab 1996 yilda yopilgan.

2021 yilda Britaniya Kolumbiyasidagi sobiq maktab-internatda 215 nafar bolaning jasadi topilgan. Öşandan beri qoldiqlar butun mamlakat böylab boşqa şunga öxşaş muassasalarda topilgan. Turli hisob-kitoblarga köra, asosan çerkov tomonidan boşqariladigan bu maktab-internatlarning minglab öquvçilari kasalliklar, oçlik, baxtsiz hodisalar, yonğinlar va zöravonliklardan ölgan bölişi mumkin.

Ötgan yili Rim papasi Fransisk Kanadaga taşrifi çoğida Rim-katolik çerkovi nomidan tub xalqlardan keçirim söragan edi. «Men köplab xristianlarning mahalliy xalqlarga qilgan yomonliklari uçun keçirim sörayman», dedi u.