Joriy yilning 1 iyunidan Özbekistonda «Tibbiyotda 90 kunlik özgarişlar vaqti» dasturi ijrosiga kirişildi.

Bu orqali tibbiyot muassasalarida harakatlaniş uçun zarur şaroitlar yaratiş, aholi uçun qulay röyxatxona va kutiş zallarini taşkil etiş, tibbiy xizmat körsatiş sifatini yaxşilaş, şuningdek, şaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etilişi böyiça kerakli çoralar köriş kabi qator maqsadlar közda tutilgan.

Uşbu dastur ijrosini sifatli ta’minlaş, joylardagi mahalliy mutasaddilarning bu jarayonlarga asosiy mas’ul sifatida javobgarlikni qançalik his etayotganini kuzatib boriş, loyiha uçun ajratilayotgan mahalliy budjet mablağlaridan samarali foydalaniş, bu borada turli korrupsiyaviy holatlarga yöl qöymaslik uçun jamoatçilik nazorati juda muhim.

Şu bois, Soğliqni saqlaş vazirligi barçani bu borada hamkorlikka çaqiradi.

Hududlarda «Tibbiyotda 90 kunlik özgarişlar vaqti» dasturi doirasida korrupsiya bilan boğliq holatlarga duç kelinganda, vazirlikning Korrupsiyaga qarşi içki nazorat bölinmasining (71) 241-10-65 yoki respublika böyiça yagona 1203 raqamli «Işonç telefoni» hamda ssvantikor_bot telegram botiga murojaat qiliş mumkin.

Murojaatçining şaxsi sir saqlanişi kafolatlanadi.

«Unutmang! Soğliqni saqlaş vazirligi har qanday korrupsiyaviy holatga nisbatan murosasiz munosabatda böladi va fuqarolarning heç bir murojaati e’tibordan çetda qolmaydi», deyiladi e’londa.