Bemaslahat qarorlar, omadli arxitektor va yangi “piramida” - hafta dayjesti
|02:10 / 17.04.202235 11014 min
Barça qaror va qonunlarni majburiy tarzda xalq bilan maslahatlaşiş talabi bekor qilindi. Şuhrat Ğaniyev yana tanqid nişoniga aylandi. Toşkentda uylar narxi uç oy içida 15 foizga oşdi. Amaldorlarga tejamkorlik buyurilgan bir paytda, vodiyda yangi aeroport quriş reja qilinyapti. Ortda qolayotgan haftaning şu va boşqa asosiy xabarlari – Kun.uz dayjestida.
Haftaning asosiy yangiliklaridan biri – yangi tahrirdagi Yöl harakati qoidalarining kutilmaganda tasdiqlanişi böldi. Bu böyiça jamoatçilik muhokamasi bölmaganini biroz ortga surgan holda, qoidalardagi asosiy yangiliklarga töxtalsak.
1 maydan kuçga kiradigan qoidalarga asosan, nafaqat haydovçi, balki old örindiqda ötirgan yölovçi ham xavfsizlik kamarini taqişi majburiy böldi. Garçi köpçilikka yoqmagan bölsa-da, qaçondir bu özgariş kiritilişi kerak edi. Axir xavfsizlik kamarining foydali ekanini inkor qilib bölmaydi. Şunday ekan, undan foydalaniş haydovçi uçun majburiy bölib, u bilan teng darajadagi xavf darajasida turadigan old örindiqdagi yölovçilar uçun ixtiyoriy bölişi mantiqqa zid.
Xavfsizlik kamari böyiça boşqa özgarişlar ham bor. Endilikda haydovçi orqaga harakatlanayotganda ham kamarni taqişi şart. Yönalişli taksi, xalq tilida aytganda “marşrutka” haydovçilari ham kamardan foydalanişi majburiy böldi. Homilador ayollar istisno ekani haqidagi qoida saqlanib qoldi. Salomatligi xavfsizlik kamarini taqiş imkonini bermaydigan şaxslar esa rulga ötirişi yoki old örindiqda ketişi uçun yonida tibbiy ma’lumotnoma olib yurişi kerak böladi.
Aholi punktlarida harakatlaniş tezligi 70 km/soatgaça degan qoida saqlanib qoldi. Şu bilan birga, yöl harakati xavfsizligi böyiça Respublika komissiyasi yirik şaharlarning eng gavjum hududlarida tezlikni 60 km/soatgaça çeklaşi mumkinligi belgilandi. Tegişli belgilar örnatilgan bölsa, maktab va boğçalar atrofidagi yöllarda 300 metrgaça masofada tezlikni 30 km/soatdan oşiriş taqiqlandi. Mahallalar içida esa 20 km/soatdan oşiq harakatlaniş mumkin emas.
Endi yuk maşinalari, ayrim istisnolardan taşqari, yölning eng çetki öng qismidan harakatlanişi şart. Yengil avtomobilda yuk taşişda, masalan quriliş materiallari olib ketayotganda ehtiyot bölgan ma’qul: agar yuk maşinaning gabaritidan yarim metrdan ortiq uzunlikda çiqib tursa, jarimaga sabab böladi. Yukning balandligi maşinaning tomidagi bagajdan boşlab 1 metrdan oşib ketmasligi kerak.
Özgarişlardan yana biri: agar svetofor işlamayotgan bölsa, haydovçi perpendikulyar tarafdagi svetofor ham işlamayotganiga işonç hosil qilişi zarur. Kuçli yoğingarçilik şaroitida çiroq yoqib harakatlaniş şart etib belgilandi. Qayrilib oliş joylaridan oldin va keyin 30 metr masofada, piyodalar ötiş joylaridan oldin va keyin 10 metr masofada töxtaş taqiqlandi. Yöllarda tezlikni pasaytiriş uçun sun’iy notekisliklarni ruxsatsiz örnatiş man etildi. Qoidalarda yana köplab boşqa özgarişlar ham bor.
Şu hafta yöl harakati qoidalaridan taşqari haydovçilarga oid yana ikkita qaror qabul qilindi. Ulardan biriga köra, eski namunadagi haydovçilik guvohnomasi va texpasportni almaştiriş muddati, kutilganidek, yana
. 2010 yilgaça bölgan davrda berilgan hujjatlar 2023 yil 31 martgaça almaştirilişi kerak.
Ikkinçi qaror esa muhokamalarni keltirib çiqardi. Unga köra, endilikda YPX xodimi haydovçini hujjat tekşiriş uçun töxtatganida, aniqlangan barça huquqbuzarliklar böyiça çora köriş vakolatiga ega böldi. Bundan taşqari, haydovçilar YPX xodimining dislokatsiya köçirmasi bilan öşa joyning özida tanişiş huquqidan mahrum böldi. Endi buning uçun saf bölimiga murojaat qilişga töğri keladi. Söralgan ma’lumot esa yozma ravişda beriladi. Aytiş mumkinki, bu özgariş sabab jamoatçilik nazoratining instrumentlaridan yana biri yöqotildi.
***
Adliyadan kutilmagan qadam
Endilikda birorta ham hujjat loyihasini jamoatçilik muhokamasiga çiqariş majburiy emas, barçasi “qoida tariqasida”.
Yuqorida aytganimizdek, yangi qoidalarni qabul qilişdan oldin jamoatçilik muhokamasi bölgani yöq. Yöl harakati xavfsizligi xizmati şu haqdagi tanqidlarga javoban, loyiha 2021 yil oxirida muhokamaga çiqarilganini ma’lum qildi. Lekin qandaydir sabablarga köra OAV va keng jamoatçilik bundan bexabar qolgan. Loyihaga bor-yöği 6ta izoh qoldirilganidan ham biliş mumkinki, mas’ullar u bilan köproq odam tanişişini istamagan. Aks holda 15 kunlik muhokama davrida yetarliça taşviqot qilingan bölardi.
Umuman, Içki işlar vazirligining oçiqlikka munosabati köpçilikka ayon, lekin şu hafta ma’lum böldiki, Adliya vazirligi ham jamoatçilik nazoratini çeklaşga boş qöşgan körinadi. Vazirlik taşabbusi bilan qabul qilingan qarorga asosan, endilikda heç qaysi hujjatni qabul qilişdan oldin jamoatçilik muhokamasini ötkaziş majburiy emas.
Gap şundaki, 4 yil oldin barça qonun, qaror va farmonlar qabul qilinişidan avval regulation.gov.uz portaliga jamoatçilik muhokamasi uçun çiqarilişi kerak degan talab örnatilgan edi. Ana şu talab bundan bir oy oldin bekor qilingan. Adliya vazirligi esa bu haqda xabar bermay kelgan. Köpçilik buni yangi yöl harakati qoidalari bahonasida bilib qoldi.
Hujjatlardagi “barça normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, majburiy tartibda” degan sözlar “muhim iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, qoida tariqasida” degan sözlar bilan almaştirilgan. Oddiy qilib aytganda, özi şundoq ham yaxşi bajarilmayotgan majburiy talabdan şunçaki voz keçilgan xolos.
Faollar ta’kidlayotganidek, bu özgariş oçiqlik va jamoatçilik nazoratida bir emas, ikki qadam orqaga taşlaş böldi. Adliya vazirligi bu özgarişni tuşuntirişga urindi, lekin vazirlik keltirgan argumentlarning barçasiga nisbatan savollar yetarli.
Payşanba kuni Senatdagi yiğilişda ma’lum qilinişiça, Özbekiston huquq ustuvorligi, davlatning xalq oldidagi hisobdorligi va aholi fikrini inobatga oliş böyiça xalqaro indekslarda pasaygan. Senat raisi Tanzila Norboyeva bu reytinglarda Özbekistonning örni yomonlaşganmi yoki özgarişsiz qolganmi, aniq aytgani yöq. Lekin korrupsiya darajasi böyiça reytingda olti poğonaga kötarilib, 140-öringa çiqqanimiz, demokratiya indeksida esa beş poğonaga kötarilib, 150-öringa çiqqanimizni aniq qilib aytdi. Bu yerda gap 140- va 150-örinlar haqida ketayotganda, şu örinlargaça yetib kelolganimizdan xursand böliş kerakmi, oçiği bilmadik.
***
Xarajatlarni qisqartiriş topşiriği va aeroport quriş rejasi
“Andijon, Namangan va Farğona aeroportlari atrofi bino-inşootlar bilan ziç öralgani, ularni kengaytiriş imkoniyati çeklangani sababli”, uçta viloyatning örtasida yangi xalqaro aeroport quriş taklif etilmoqda. Suratda – uşbu aeroport loyihaviy taklifi
Ukrainadagi uruş fonida Özbekistonda uy-joy narxlari sezilarli oşdi. Markaziy bank e’lon qilgan hisobotga köra, Toşkentda yil boşidan beri uy-joy narxlari 15 foizga qimmatlaşgan. Özbekiston böyiça uylar narxi uç oy içida örtaça 10 foizga kötarilgan.
Uruşning iqtisodiyotga zararini yumşatiş uçun 1 iyundan boşlab tadbirkorlarga ayrim soliq yengilliklari beriladigan böldi. Davlat organlariga yil oxirigaça ortiqça xarajat qiliş, ya’ni maşina sotib oliş, bino ta’mirlaş, mebel bilan jihozlaş kabilar taqiqlandi.
Amaldorlarga budjet pulini ortiqça narsalarga sarflaş taqiqlanişi juda yaxşi albatta, lekin millionlab dollarlik xarajatlarga sabab böladigan boşqa ayrim loyihalar davom etaverar ekan, közlangan maqsadga erişiş qiyin. Masalan, duşanba kuni Farğona vodiysi uçun yangi xalqaro aeroport quriş rejasi e’lon qilindi. Vodiydagi uçta aeroport imkoniyatidan yetarliça foydalanilmayotgan bir paytda, yana millionlar sarflab yangi aeroport quriş qançalik kerak?
Şu örinda ötgan yili budjet taqçilligi 6 foizgaça çiqib ketganini ham eslab ötiş kerak. Bu holatga Xalqaro valuta jamğarmasi missiyasining şu hafta e’lon qilgan hisobotida ham e’tibor qaratilgan. Hisobotda xalqaro ekspertlar Özbekistonga köplab tavsiyalar bergan. Masalan, monopoliyalarni bekor qiliş, biznes uçun teng şaroitlar yaratiş, mulk huquqini himoya qiliş, qonun ustuvorligini ta’minlaş, korrupsiyaga qarşi kuraşiş, davlatning iqtisodiyotdagi rolini qisqartiriş va hokazo. Xalqaro valuta jamğarmasi vakillarining fikriça, köpdan köp farmon va qarorlar örniga, bozor tamoyillariga asoslangan mustahkam va barqaror qonunçilik bazasini yaratiş kerak.
***
Toşkent şahri yangiliklari
Şukrullo Jahongirov Toşkentga tutaş hududda qurilayotgan Olimpiya şaharçasi loyihasini prezidentga taqdim etmoqda. 7 mart / Foto: Prezident matbuot xizmati
Hokim Jahongir Ortiqxöjayev poytaxtning asosiy köçalaridagi hamma çuqurlarni 10 kun içida bartaraf etişga topşiriq berdi. Ma’lum bölişiça, Toşkentdagi asosiy köçalar röyxatiga 76ta köça kiradi. Aholidan yöllardagi çuqurlar haqida “Xalq nazorati” platformasi orqali xabar beriş söralmoqda.
Toşkent metropoliteni aholi qölida qolib ketgan jyetonlarni sotib olyapti. Bu borada Iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş agentligi buyruq çiqargan. Agar sizda öşa qadrdon jyetonlar qolgan bölsa, ularni metro kassalarida QR-kodli çiptaga almaştirişingiz yoki metropolitenning boş ofisiga borib, ularni amaldagi yöl haqiga binoan sotişingiz mumkin.
Şu hafta quriliş vazirining örinbosarlaridan biri almaşdi. Şuhratxöja Hoşimov örniga Şukrullo Jahongirov tayinlandi. Bu xabarni Toşkent şahri yangiliklari orasida aytib ötayotganimiz bejiz emas. Jahongirov tayinlovga qadar poytaxt hokimligida işlayotgandi. Bor-yöği ikki oy oldin esa şahardagi milliardlab sömlik quriliş loyihalarini tendersiz qölga kiritayotgan Mimar Group kompaniyasining boş arxitektori edi. Biz avvalroq mazkur kompaniyaning Artel kompaniyasiga aloqadorligi haqida yozgan edik.
***
Hududlarda...
Norin tumani fermerlari özlari 3 yildan beri işlab kelgan klaster bilan şartnomalarini bekor qilişga va yangi oçilgan klasterga ötişga majbur böldi.
Toşkent xabarlaridan hududiy yangiliklarga ötsak. Boş vazir örinbosari Şuhrat Ğaniyevning yopiq majlisi bayoni va hokimiyat bosimi bilan Namangan viloyati Norin tumani fermerlari majburan boşqa klasterga ötdi. Bu haqda batafsil Kun.uz suriştiruvida tanişişingiz mumkin, qisqasini aytganda esa, fermerlar erkin deb yozilgan qonunlar ham, prezident qarori ham Ğaniyev ötkazgan majlis bayoni oldida iş eşolmay qoldi.
Buzilgan, sotilgan, qöyxonaga aylantirilgan madaniy meros obektlari degradatsiyaga uçraşda davom etyapti. Navbatdagi varvarlik Buxorodagi Sitorai Mohi Xossa saroyida röy berdi. Restavratsiya işlari notöğri olib borilgani sababli saroyning bir qator qismlari tarixiy va badiiy ahamiyatini butkul yöqotgan. Jinoyat böyiça tergov olib borilyapti.
Hududiy xabarlarning köpi, istaymizmi-yöqmi, hokimliklar bilan boğliq. Qisqaça sanab ötadigan bölsak, hafta davomida Namanganning Çust tumani hokimi yordamçisi yer ajratiş uçun 1,5 ming dollar olayotgan vaqtda uşlandi. Qarşi şahar hokimligi va kadastr xodimlari 105 gektar yerni noqonuniy ajratgani ma’lum böldi. Navoiyda viloyat deputati qonunga zid ravişda Karmana tumani hokimi örinbosari bölib işlayotgani aniqlandi.
Haftaning eng oğir xabari Nukusda şifokorlarning malakasizligi sabab çaqaloq öldirilgani böldi. Fevral oyida röy bergan voqeada, tuğruqxona şifokorlari çaqaloqni tuğilganidan bir kun ötib ölgan deb hisoblagan va “morg”ga yuborgan. Patologiya xodimlari esa çaqaloqning kökragini kesganida u tirik ekani ma’lum bölgan. Açinarlisi, “morg” xodimlari kesilgan çaqaloqqa birinçi yordam körsatmay, uni tuğruqxonaga qaytarib yuborgan. Natijada çaqaloq ayni şu kesma kesma-jarohat sababli vafot etgan.
Ekspertiza xulosasiga köra, loaqal kökragi kesilganidan keyin ham çaqaloqqa kerakli yordam körsatilganida, u yaşab qolişi mumkin edi.
Ayançli fojia juda köp oğir muammolarimizdan darak beradi. Qoidabuzarlar haqida xabar berganlar “terpila”ga çiqarilişi ham ana şulardan biri. Bloger Şahnoza Soatova ta’biri bilan aytganda:
“Tasavvur qilingki, birov pora bilan öqişga kirib, pora bilan bitirib, vraç bölyapti-da, tirik çaqaloqni söyyapti. Uni höv öşa “paravoz” yo “bunker”da testini yeçib berişayotganini körgan abituriyentlardan biri çaqib bergani yaxşi edi”.
***
Bu hafta yana nimalar böldi?
Moliyaviy piramida asosçisi ekani aytilayotgan şaxs
Toşkentda moliyaviy piramida taşkil qilib, odamlardan naq 3 mln dollar (!) özlaştirgani aytilayotgan şaxs qölga olindi. U “Realnaya Investitsiya” nomli kompaniya oçib, odamlardan 15 mingdan 200 ming dollargaça pul olgan va ularga oyiga kamida 10 foizdan foyda berib borişini aytgan. Bu foydani yangi “mijozlar”ning pullari hisobidan tölab kelgan.
Farğonada esa kollej boş hisobçisi uç yil davomida 4,3 mlrd sömni özlaştirib, onlayn qimorga tikib yuborgani şov-şuvlarga sabab böldi. Viloyat olimpiya zaxiralari kolleji buxgalteri hozirda qamoqqa olingan.
12 apreldan boşlab Toşkentdan Qozoğistonning 5ta şahri va Tojikistonning Xöjand şahriga avtobus qatnovlari tiklandi. Masalan, Olmaotaga kuniga törtta avtobus jönab ketadi, yölkira narxi – 200 ming söm. Bundan taşqari, 15 apreldan boşlab Toşkentdan Qirğiziston poytaxti Bişkek şahriga ham avtobus qatnovi boşlandi. Qariyb 13 soat davom etadigan reys uçun çipta narxi 250 ming söm.
Bu – ortda qolayotgan haftada Özbekistonda röy bergan asosiy voqea-hodisalar dayjesti edi. Tezkor, aniq va xolis yangiliklarni Kun.uz'da kuzatişda davom eting.