RF mudofaa vaziri Sergey Şoygu Janubiy va Ğarbiy harbiy okruglarning yangi qömondonlarini tayinladi. Bu haqda RBK naşrining uşbu özgarişlardan xabardor manbasi xabar berdi. Bu ma’lumotni harbiy idoraga yaqin bölgan yana bir suhbatdoş tasdiqlagan.

Ma’lum qilinişiça, dekabr oyi örtalaridan buyon Ğarbiy harbiy okrugni boşqarib kelgan general-polkovnik Sergey Kuzovlev örniga general-leytenant Yevgeniy Nikiforov tayinlangan. Öz navbatida, Kuzovlev Janubiy harbiy okrug boşqaruviga ötkazilgan.

Sergey Kuzovlev (Foto: wikimedia.org)

Nikiforov 2020 yildan buyon Şarqiy harbiy okrug qömondoni birinçi örinbosari lavozimida edi.

Yevgeniy Nikiforov (Foto: wikimedia.org)

RF mudofaa vazirligi yangi tayinlovlar böyiça rasman ma’lumot bermadi. Vazirlik saytida Şarqiy harbiy okrug qöşinlariga armiya generali Aleksandr Dvornikov qömondonlik qilişi körsatilgan.

Ğarbiy harbiy okrug qömondonligida Kuzovlev örnini Nikiforov egallaşi haqiqda Ukraina mudofaa vazirligi boş razvedka boşqarmasi ötgan yil 26 dekabrida xabar qilgandi.

«Kuzovlevning işdan olinişi rasmiy sababi sifatida Liman yönalişida hujumga yaxşi tayyorgarlik körilmagani keltiriladi. Ammo aslida bu Rossiya oliy rahbariyatidagi içki siyosiy kuraşning körinişidir — Şoygu-Gerasimov orbitasidagi odam Surovikin-Prigojin guruhi nomzodini almaştirmoqda», — deya xabar qilgan ukrainlar razvedkasi.

  • Rossiyadagi armiya generali unvoniga ega bölgan kam sonli (hozirda ular 11 nafar) harbiylardan biri Dvornikov Rossiya Ukrainaga bostirib kirgaç, mamlakat qöşinlarining birlaşgan guruhlariga qömondonlik qilayotgani haqida köp manbalar yozgan, Rossiya Mudofaa vazirligi bu xabarni rad etmagandi.
  • Suriyadagi uruşda ham qatnaşgan Dvornikov Mariupol ruslar tomonidan egallab olinganda rus qöşinlarini boşqarayotgandi. Keyinçalik uning örnini Sergey Surovikin egalladi. Ukraina razvedkasi Dvornikov okrug rahbarligidan ham ketgani haqida dekabr oyidayoq xabar bergandi.