Özbekistonda zöravonlikka uçragan ayollar 1146 qisqa raqamlari orqali reabilitatsiya markazlariga boğlanişlari yoki mahalladagi xotin-qizlar faollariga murojaat qilişlari mumkin. Bu haqda Oila va xotin-qizlar qömitasi raisi örinbosari Ra’no Turdiboyeva Kun.uz'dagi podkastda aytib ötdi.

“Keng jamoatçilikka yetib borişi uçun aytib ötmoqçiman. Hurmatli ayollar, “men heç kimga kerak emasman” degan fikrdan çetda böling, sizning murojaat qiladigan joyingiz bor. 1146 qisqa raqami orqali reabilitatsiya markazlariga murojaat qilişingiz mumkin. Agar buning iloji bölmasa, ya’ni ayolda şaxsiy telefon bölmaganda mahalla xotin-qizlar faollariga aytişsin.

Ayol eri tomonidan zöravonlikka uçraşi mumkin bölgan vaziyatda ularga yordam berişning imkoni bor – ular çorasiz emas. Faqat şu murojaat qiliş mumkinligini bilişlari kerak”, – dedi Turdiboyeva.

Respublikaning hamma hududlaridagi ayollar ham bunday raqam borligidan xabardor emas. Kun.uz jurnalisti ularni xabardor qiliş uçun mobil kompaniyalar tomonidan SMS-xabarnomalar yuboriş samarali yöl hisoblanişini aytdi.

“Bugun deyarli hammada mobil telefon bor. Mobil kompaniyalar faoliyatidan foydalanamiz. Oila va xotin-qizlar qömitasi şunday kompaniyalar bilan hamkorlikda har bir ayolga SMS-xabarnoma şaklida 1146 raqami borligi, ruhiy, jismoniy, jinsiy zöravonliklarga uçraganda şu raqam orqali murojaat qilişi mumkinligi haqida ma’lumot berişi kerak.

Agar murojaat qiliş imkoni bölmaganda mahalla faollariga murojaat qiliş mumkinligi haqida haftada bir marta xabar berilişi kerak. Bu juda oson va arzon usul hisoblanadi. Çunki ayollar qayerdan yordam olişni bilmasdan, taqdirga tan berib, barça stresslarni içga yutadi. Oqibatda esa bu alamlarini bolalaridan oladi, bundan bolalar zarar köradi. Şu taxlit tarbiyalangan bola ertaga ota-ona böladi va undan ham xuddi şunday natija kutiladi”, – dedi jurnalist Gulmira Toşniyozova.

Qömita raisi örinbosari bu masalaga mablağ ajratiş körib çiqilişini aytdi.