Özbekiston va Qirğiziston qişloq xöjaligi yönalişida hamkorlik böyiça hujjat imzoladi. Bu haqda Özbekiston qişloq xöjaligi vaziri Aziz Voitov ma’lum qildi.

Uning sözlariga köra, bu hujjat keng tarmoqli yönalişlarni öz içiga olgan yöl xaritasi bölib, bunda, asosan, hamkorlikda qiladigan çorvaçilik, meva-sabzavotçilik va boşqa şu kabi yönalişlardagi loyihalar kiritildi. 

"Jumladan, çorvaçilik yönalişida biz Qirğizistondagi yerlardan unumli foydalangan holda, qirğiz döstlarimiz bilan hamkorlikda çorvaçilik komplekslari, mayda şoxli, yirik şoxli qoramollarni boqiş, yetiştiriş hamda qayta işlaş böyiça agrokomplekslar taşkil qilişni yölga qöymoqçimiz", deydi vazir. 

Aziz Voitovga köra, Özbekistonda meva-sabzavot sohasi ança rivojlangan. 

"Endi biz qöşnilarimizga bu tajribani ulaşib, bu yerda boşlanişiga 100 gektar intensiv boğ, issiqxonalar taşkil qiliş böyiça kelişuvlarni amalga oşirdik. Meva-sabzavot mahsulotlarini qayta işlaş böyiça ham birgalikda uçinçi davlatlarga eksport qiliş böyiça ham kelişuvlarni amalga oşirdik", dedi u. 

Ma’lum qilinişiça, hozirgi yöl xaritasi xususiy tadbirkorlarning taxminan 500 mln dollarlik loyihalarini öz içiga olgan kompleks çora-tadbirlardir.