Bugun, 26 yanvar kuni Özbekiston va Qirğiziston örtasida taxminan 1,6 milliard dollarlik 50 dan ortiq hujjatlar töplami imzolandi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

Asosiy hujjatlar:

Agrosanoat kompleksi sohasida hamkorlik böyiça ikki mamlakat qişloq xöjaligi vazirlari tomonidan imzolangan «Yöl xaritasi»;

Jalolobod viloyatida töqimaçilik mahsulotlari işlab çiqarişni taşkil etiş böyiça hamkorlik töğrisidagi bitim;

Teri işlab çiqariş va qayta işlaş sohasida hamkorlik qiliş, şuningdek, Norin viloyatida kartoşka yetiştiriş böyiça qişloq xöjaligi sinfini taşkil etiş töğrisida kelişuv;

Kartoşka yetiştiriş böyiça agrosinf va çorvaçilik kompleksini yaratiş böyiça hamkorlik töğrisidagi bitim;

«Qirğiziston Respublikasida karbid va kalsiy işlab çiqariş majmuasini quriş» investitsiya loyihasi doirasida qöşma hamkorlik töğrisidagi bitim. Şartnoma summasi 20 million dollarni taşkil etadi;

Qirğiziston Respublikasining makkajöxori donini Özbekistonga yetkazib beriş böyiça kelişuv. Şartnoma summasi 100 million dollarni taşkil etadi;

Qirğiziston Respublikasida elektr energiyasini hisobga oliş va qurilmalarni yiğişni taşkil etiş böyiça özaro anglaşuv va hamkorlik memorandumi;

Bazalt toşini qayta işlaş zavodini işlab çiqariş böyiça memorandum;

Özbekiston kompaniyalari mahsulotlarini Qirğiziston Respublikasida sotiş böyiça hamkorlik töğrisidagi bitim;

Qirğizistondan Özbekistonga qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetkazib beriş böyiça şartnoma.

Umumiy qiymati 1,6 mlrd dollar bölgan jami 50 dan ortiq hujjat imzolandi, jumladan: 300,3 mln dollarlik investitsiya şartnomalari; 1 155,6 mln dollarlik eksport şartnomalari va 223,0 mln dollarlik import şartnomalari.