Ukrainada uruşning 337-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:
- 26 yanvarga ötar keçasi va erta tongda Rossiya Ukraina şaharlarini yoppasiga öqqa tutdi. Ukraina qurolli kuçlariga köra, Rossiya armiyasi 55 ta raketa uçirgan, şundan 47 tasi urib tuşirilgan. Favqulodda vaziyatlar böyiça davlat xizmatiga köra, hujumlar oqibatida Ukrainaning turli hududlarida 11 kişi halok bölib, yana 11 kişi yaralangan.
- AQŞ «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasini transmilliy jinoiy taşkilot deb e’lon qildi, şuningdek XHK va uning rahbari Yevgeniy Prigojin bilan aloqador şaxslarga yangi sanksiyalar joriy etdi.
- Yozuvçi Zaxar Prilepin «Rosgvardiya» bilan şartnoma tuzdi, u Ukrainaga jang qiliş uçun jönab ketgan. Prilepinning vakillari aniqlik kiritişiça, u muqaddam OMONda xizmat qilgani (2016 yildan buyon «Rosgvardiya» tarkibida) uçun aynan şu idorani tanlagan.
- Xalqaro atom energetikasi agentligi inspektorlari Zaporijjya AES atrofida sakkiz marta kuçli portlaş röy berganini aytib berişdi. Inspektorlar sönggi haftalarda deyarli har kuni şunday holatlar haqida xabar qilişmoqda. «Rosenergoatom» boş direktori maslahatçisi Renat Karçaaning ma’lum qilişiça, portlaşlar atom stansiyasi hududida bölmagan: «Artilleriya işlamoqda, ammo ança nariroqda».
- Fransiya taşqi işlar vaziri Katrin Kolonna Odessaga taşrif buyurdi va yadro obektlari xavfsizligi uçun zarur bölgan resurslar yetkazib berilişini ma’lum qildi.
Ukraina şaharlari öqqa tutilişi
26 yanvar kuni Rossiya yana bir bor Ukraina böylab yoppasiga raketa zarbalari yölladi. Butun mamlakat böylab havo trevogasi e’lon qilingan. Ukraina naşrlari Kiyev, Dnipropetrovsk, Odessa, Mikolayiv, Jitomir va Vinnitsa oblastlaridagi portlaşlar haqida xabar bergan. Ayrim regionlarda — xususan, Kiyev şahri, Kriviy Rih, Kiyev, Odessa, Kirovograd va Dnipropetrovsk oblastlarida — elektr energiyasi oldindan öçirilgan.
Ukraina Favqulodda vaziyatlar böyiça davlat xizmatiga köra, raketa zarbalari oqibatida 11 kişi halok bölgan va yana şunça kişi yaralangan.

Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA

Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA

Daniel Cole / AP / Scanpix / LETA

Sergey Dolzhenko / EPA / Scanpix / LETA

Roman Hrytsyna / AP / Scanpix / LETA

Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Front yaqinidagi Liman şahri hayoti
Liman — Donetsk oblastida Ukraina nazoratidagi Kramatorsk şahridan 40 kilometr masofada joylaşgan şahar bölib, mintaqada strategik muhim temiryöl tuguni hisoblanadi — şahar 2022 yil mayida Rossiya qöşinlari tomonidan egallab olingandi. Oktyabr oyida ukrain harbiylarining qarşi hujumi davomida ozod etildi. Janglar va okkupatsiya vaqtida şahar jiddiy jabrlangan — legitim mer Oleksandr Juravlyovga köra, şahardagi binolarning 80–90 foizi vayron bölgan yoki şikastlangan. Liman markazi orqali ötgan temiryöllar hamon tiklanmagan.
Ukraina qurolli kuçlari Boş ştabining 25 yanvar kungi svodkasida Rossiya qöşini Liman yönalişida yuriş boşlagani, ammo Ukraina armiyasi hujumlarni muvaffaqiyat bilan qaytarayotgani aytilgan.
BBC naşrining 23 yanvar kuni e’lon qilingan reportajida şaharda 13 ming atrofida tinç aholi vakillari qolgani ma’lum qilingan.

Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA

Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA

Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA

Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA

Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA












