Qirğiziston oliy öquv yurtlarida 37 mingdan ortiq Özbekiston fuqarosi ta’lim olmoqda. Bu haqda Qirğiziston Ta’lim va fan vazirligiga tayanib 24.kg xabar berdi.
Qayd qilinişiça, eng köp özbekistonlik talabalar Öş davlat universiteti (12 ming 280 kişi), M.Adişev nomidagi Öş texnologiya universiteti (10 ming 136), Qirğiz-Özbek universiteti (6 ming 229) va Botken davlat universitetida (3 ming 326 nafar) ta’lim olmoqda.
Boşqarmaning qöşimça qilişiça, Özbekiston hududida istiqomat qiluvçi qirğizlar uçun har yili Qirğiziston oliy öquv yurtlarida budjet örinlari ajratiladi.
«2022-2023 öquv yili uçun kiriş imtihonlari natijalariga köra 25 nafar qirğiz millatiga mansub Özbekiston fuqarosi Qirğiziston Respublikasidagi oliy öquv yurtlariga öqişga kiriş uçun tavsiya etildi», deb qöşimça qildi vazirlik.












