Rossiyada 1 fevral, çorşanba kuni «döst bölmagan» mamlakatlarga neft yetkazib berişni taqiqlaş kuçga kirdi, bu Rossiya neft mahsulotlariga narx çegarasini joriy qilgan davlatlarga tegişli. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 27 dekabr kuni imzolangan farmoniga köra, agar şartnomalarda «töğridan töğri yoki bilvosita narxlarni çeklaş mexanizmidan foydalaniş nazarda tutilgan bölsa», Rossiya nefti va neft mahsulotlarini xorijiy fuqarolar va kompaniyalarga yetkazib beriş taqiqlanadi.
Çeklangan narxda neft eksportiga faqat prezident ruxsati bilan yöl qöyiladi. Taqiq 1 fevraldan 1 iyulgaça amal qiladi. Neft mahsulotlarini yetkazib berişni taqiqlaş muddati hukumat tomonidan belgilanadi.
Rossiyaning Ukrainaga qarşi tajovuzkorligiga javoban joriy etilgan sakkizinçi sanksiyalar paketi doirasida 5 dekabrdan boşlab dengiz orqali eksport qilinadigan Rossiya nefti narxiga bir barrel uçun 60 dollar darajasida çeklov amal qilmoqda.
Ğarb davlatlari Rossiyaga Ukrainaga qarşi uruşni moliyalaştirişni qiyinlaştiriş uçun narxlarning yuqori çegaralarini belgilab, şu bilan birga neft yetkazib berişning töxtab qolişiga va jahonda neft narxining keskin oşib ketişiga yöl qöymayapti. Narxlarning yuqori çegarasi "Katta yettilik" mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi Rossiya neft mahsulotlari bilan boğliq suğurta hamda moliyaviy xizmatlarni faqat çeklangan narxda yoki undan past narxda sotib olingan taqdirda taqdim etişini anglatadi.
Narxlar çegarasi joriy etilgandan söng, Rossiya neft bozori juda noaniq bölib qoldi. Rasmiy ma’lumotlarga köra, Rossiya neftni bir barrel uçun 47 dollardan sotişga majbur, ammo uning haqiqiy narxi, ekspertlarning fikriga köra, bir barrel uçun 70-75 dollar bölişi kerak.













