Ukraina hali ham keng kölamli harbiy yordamga muhtoj, dedi Çexiyaning yangi prezidenti Petr Pavel 2 fevral, payşanba kuni DW mediakompaniyasiga bergan intervyusida. Uşbu suhbat davomida 28 yanvarda bölib ötgan prezidentlik saylovlarida ğalaba qozongan Pavel Kiyevga jangovar samolyotlar yetkazib berilişini istisno etmadi. «Biz Ukrainaga ğalaba qozoniş, suverenitet va hududiy yaxlitlikni tiklaş imkonini beradigan har qanday yordamni körsatişimiz kerak», — dedi u. Agar Ğarb «Ukrainaga harbiy yordam, harbiy texnika yetkazib berişni kamaytirsa, Rossiya uruşda ğalaba qozonişi ehtimoli katta va bu bizning mağlubiyatimizni anglatadi», - deya ogohlantirdi Çexiya davlati rahbari.

Samolyotlarni yetkazib beriş masalasida Petr Pavel, birinçi navbatda texnik xizmat körsatiş, şuningdek, uçuvçilarni tayyorlaş muddatlari bilan boğliq jiddiy tösiqlar mavjudligini tan oldi: «Siyosiy iroda mavjud bölsa ham, amalda Ukrainani reaktiv samolyotlar bilan ta’minlaş uçun kamida olti oy kerak bölardi». Şuning uçun Ukraina armiyasining qurollanişi haqida gapirganda, qabul qilingan qarorlarning «pragmatizmi va samaradorligi» haqida öylaş kerak, deydi NATO sobiq generali Pavel.

Petr Pavel NATO Harbiy qömitasining sobiq raisi va Çexiya Qurolli kuçlari Boş ştabining boşliği bölgan. «Ukrainaga harbiy yordam körsatişni faol qöllab-quvvatlagan bölarmidingiz?» degan savolga Pavel şunday javob berdi: «Ukrainaga bölgan qaraş vaqt ötişi bilan özgarmadi. Men harbiy xizmatda bölganimda ham şunday deb öylaganman, endi esa - baxtli pensioner va yangi saylangan prezident sifatida. Ukrainani qöllab-quvvatlaş kerak, çunki bu bizning manfaatlarimizga mos keladi», dedi DW suhbatdoşi.

Çexiyada pozitsiyalari kuçli bölgan populistlarga qarşi qanday siyosat yuritiş kerak, degan savolga Petr Pavel asosiy e’tiborni faktlarga qaratiş, jamoatçilikni nafaqat yoqimli argumentlar, balki salbiy jihatlar haqida xabardor qiliş zarurligini ta’kidladi. «Bu degani: har bir işda halol böliş, asl vaziyatni körsatişga harakat qiliş va muammolarni yaşirmaslik», dedi u. Prezidentning sözlariga köra, bu «yondaşuvni Çexiya aholisining aksariyati juda kutgan edi».