Muzokaralarda Özbekistonda ASCER bilan hamkorlikda kaolindan tayyor mahsulotlar işlab çiqariş böyiça klaster taşkil etiş loyihasini hayotga tatbiq etiş masalasi muhokama qilindi. Ispaniya sopol plitkalar işlab çiqaruvçi kompaniyalari va Özbekiston işlab çiqaruvçilari örtasidagi hamkorlik aloqalarini yölga qöyiş böyiça fikr almaşildi.  

Mamlakat delegatsiyasining joriy yil fevral oyida Ispaniyaga rejalaştirilayotgan amaliy safari dasturi körib çildi. Özbekiston vakillari safar çoğida Azteca, Porselanosa, Grespana SA kabi kompaniyalar rahbarlari  bilan muzokaralar ötkazişi nazarda tutilmoqda.

ASCER 1977 yilda taşkil etilgan, boş qarorgohi Kastellon de la Plana şahrida (Valensiya) joylaşgan. Uyuşma sohaning 100 dan korxonalarini birlaştirgan. Tuzilma tarkibidagi kompaniyalar Ispaniyaning uşbu yönalişdagi işlab çiqariş quvvatining taxminan 95 foizini qamrab olgan.