3 fevraldan boşlab Twitter ijtimoiy tarmoği öz foydalanuvçilari bilan reklamadan tuşgan daromadni baham köra boşladi. Bu haqda Ilon Mask ma’lum qildi.
«Bugundan boşlab Twitter foydalanuvçilar bilan reklamadan tuşgan daromadni baham köra boşladi. Buning uçun ularning lentasida reklama namoyiş etilişi kerak», dedi Twitter rahbari.
Şuningdek, u mukofotlaş dasturida qatnaşiş uçun faqat bitta talabni bajariş kerakligini ta’kidladi – Twitter Blue obunaçisi böliş, uning narxi tölov usuliga qarab 8 yoki 11 dollarga teng.
Mukofot dasturi qaysi mamlakatlarda işlaydi, tölovlar obuna narxidan oşadimi va foydalanuvçilar uçun boşqa çeklovlar bormi, Mask bularga aniqlik kiritmadi.
2022 yil aprel oyida Ilon Mask Twitter platformasini 44 milliard dollarga sotib oliş istagini bildirdi, biroq iyul oyida xariddan voz keçdi. Sud muhokamasidan qoçiş uçun milliarder 2022 yil 26 oktyabrda kelişuvni tasdiqladi va Twitter rahbari bölib olgan edi.












