“Men ham örtoqlarim bilan vaqt ötkazişni xohlardim, lekin men qöygan maqsad xohişlarimdan kattaroq edi. Çunki bu olimpiadada qatnaşiş böyinga tuşdimi, yurtning şarafini munosib himoya qiliş kerak”, deydi 56-Mendeleyev olimpiadasida oltin, 54-Xalqaro kimyo olimpiadasida kumuş medalni qölga kiritgan Azimjon Jamolov.

Azimjon Özbekistondagi maktablarda qotib qolgan yodlaş usulidan voz keçib, öquvçilarning tuşuniş qobiliyatini rivojlantiriş kerakligini aytadi.

“Qanday medal olişingdan qat’i nazar, bizning bolamiz bölib qolaverasan”

— Ibn Sino maktabiga kirişdan oldin 9-sinfgaça 51-maktabda öqiganman. Onam uy bekasi, dadam bozorda tadbirkor. Oilamizda heç kim kimyo yönalişiga boğliq emas, men birinçi böldim, desam ham böladi. Ota-onam mening öqişim uçun hamma şaroitni har doim yaratib berişga harakat qilgan. Qança qiyin bölmasin, öqişimiz uçun sarmoya kiritişdan boş tortmagan.

Hayotda dadamga öxşaşga intilaman, ularni etalon sifatida köraman. Aynan kimyo olimpiadalari sohasida öqituvçim Behzod Boltayevga havas qilaman. Olimpiadaga qatnaşayotganda, uydagilarimga qanday medal olişim muhimmas edi. Olimpiadaga çiqqanimning özi ular uçun ham, özim uçun ham katta narsa edi. Har doim menga: “Qanday medal oliş yoki olmasligingning biz uçun ahamiyati yöq, har doim bizning bolamiz bölib qolasan”, deyişgan.

“Qiyin bölsa ham maqsadga halol yöl bilan yetiş kerak”

— Qiyinçilik har doim bölgan, maqsadga erişiş kerak, eng keraklisi halol yöl bilan maqsadga erişiş kerak. Tayyorlanişlar jarayonida çarçadim degan vaziyat bölgan, lekin töxtayman degan vaziyat bölmagan.

Men ham örtoqlarim bilan vaqt ötkazişni xohlardim. Lekin men qöygan maqsad xohişlarimdan kattaroq edi. Çunki bu olimpiadada qatnaşiş böyinga tuşdimi, yurtning şarafini qattiq himoya qiliş kerak.

Olimpiadadagi iştiroki

— 56-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi Toşkent şahrida, 54-Xalqaro kimyo olimpiadasi esa Xitoyda masofaviy tarzda böldi.

Onlayn olimpiadalarda hissiyotlar kamroq böladi. Xuddi har doim har kuni qilgan işingizga öxşab qoladi. Oflaynda esa hayajon köproq böladi. Olimpiada sinovlari 3ta turda böladi: 2ta turi nazariy va 3-turi amaliy laboratoriya işi. Nazariy turlar javobi oldinroq aytiladi, laboratoriya turi natijasi noma’lum böladi. Bundagi örnim uçun hukumat tomonidan 93 million söm berildi. Pulni olişdan oldin ham olgandan keyin ham, nimaga işlatiş xaqida öylab körmaganman. Olgandan keyin öşa yerning özida ota-onamga berganman. Ular, bu pulni maşinaga qöşişdi.

56-Mendeleyev olimpiadasida ham şunday böldi. Ismimni aytmagunlariça, oltin olaman deb öylamayotgandim. Lekin umid bor edi. Laboratoriya turida terma jamoada umumiy hisob böyiça 3-örinda böldim. Va aynan şu laboratoriya turi meni kumuşdan oltinga sakratdi. Eng köp hayajonlanganim kumuş medal e’lon qilinganda böldi. Çunki undan keyin oltin olişim aniq bölib qolgandi.

“Yodlaş tarafdori emasman”

— Xalqaro olimpiadalarda katta urğu mantiqiy fikrlaşga beriladi. Öquvçi u olimpiadada qatnaşib, masalalarini yeça olişi uçun juda köp narsani bilişi şartmas.

Yodlaş tarafdori emasman, tuşunib eslab qolganini afzal köraman. Ya’ni u narsani tuşunsa, öziga qandaydir algoritm yaratib olsa, esidan çiqib qolgan vaqt, öşa informatsiyani qayta eslab olsa böladi.

Olimpiadalarda sovğaning ahamiyati haqida

— Mendeleyev olimpiadasi mintaqaviy olimpiada hisoblanadi. Ğoliblar aynan pul bilan rağbatlantirilmaydi. Qimmatbaho sovğalar: kompyuter, televizor, planşet – şunga öxşaş narsalar beriladi. Men sovğa uçun olimpiadaga qatnaşmayman. Rağbatlantiriş ham bitta motivatsiya, heç narsa berişmasa ham xafa bölmayman. Eng keragi – natija.

Men olimpiadada medal yoki noutbuk oliş uçun qatnaşmayapman. Maqsadim özimga dunyodagi boşqa bolalardan qolişmasligimni isbotlaş bölgan.

“Kimyoni tibbiyot emas, muhandislik yönalişida davom ettirmoqçiman”

— Medallarim Özbekistondagi deyarli barça davlat oliygohlariga imtihonsiz kiriş imkonini beradi. Men Yangi Özbekiston universitetida öqimoqçiman. Kimyoni tibbiyot emas, muhandislik yönalişida davom ettirmoqçiman. Yangi Özbekiston universitetida öqitiş tizimi mahalliy oliygohlarnikiga öxşamaydi. Ularda öqitiş tizimi ança eskirib qolgan. Va bu bizni orqaga tortyapti. Ta’lim tizimini özgartiriş uçun menimça yangi kadrlar kerak. Çet el tajribasini örganib kelgan öqituvçilar bu işni qila oladi, deb öylayman.

Öqişni bitirganimdan keyin magistraturani xorijda öqimoqçiman. Albatta, qaytib keliş şarti bilan.

Zuhra Abduhalimova suhbatlaşdi.

Tavsirçi va montaj ustasi – Abdusalim Abduvohidov.