Ularning kaşfiyotlari dori vositalarini işlab çiqariş uçun reaksiyalarni loyihalaydigan kimyogarlar uçun hal qiluvçi ahamiyat kasb etgan.
Mukofot 12 mln şved kronasi miqdorida bölib, ikki laureat örtasida teng taqsimlanadi.
Nobel qömitasi öz bayonotida Kagan va Soaining ilm-fanga qöşgan hissasini quyidagiça tasvirlaydi:
Hayot kimyosi kimyogarlar “gomoxiral” deb ataydigan xususiyatga ega. Bu atama yunon tilidagi “bir xil” va “qöl” sözlaridan kelib çiqqan. Qöllar singari, barça aminokislotalarning bir-birini közguda aks ettiruvçi ikki xil şakli mavjud, ammo hujayralarimizdagi oqsillar tarkibida ulardan faqat bittasi uçraydi. Ikkinçi şakl tabiatda juda kam uçraydi.
Köp yillar davomida kimyogarlar gomoxirallik qanday paydo bölişi mumkinligi haqida boş qotirdilar. Ular ikki xil közgu şaklidagi molekulani hosil qilişi mumkin bölgan kimyoviy reaksiyalar bilan tajriba ötkaza boşlaganlarida, probirkalarda doimo har ikki şakl teng miqdorda hosil bölar edi. Biroq kimyogarlar bu ikki közgu şaklidan faqat bittasini olişga intilişdi. Çunki tirik organizmlar bilan taʼsirlaşadigan molekulalar, masalan, dori vositalari yaratilişida, közgu şakllaridan faqat bittasi kerakli taʼsirni körsatadi.
2026-yilgi kimyo böyiça Nobel mukofoti kimyogarlarga gomoxirallikka olib keladigan kimyoviy reaksiyalarni boşqariş imkonini bergan kaşfiyotlarni eʼtirof etadi.
“Anri Kagan va Kenso Soai bir asrdan ortiq vaqtdan beri mavjud bölgan kimyoviy sirga – gomoxirallik qanday qilib öz-özidan paydo bölişi mumkinligiga yeçim topişdi. Ular işlab çiqqan kimyoviy reaksiyalar kişini hayratga soladi”, – deydi Kimyo böyiça Nobel qömitasi raisi Xayner Linke.
Anri Kagan 1986-yilda kimyoviy reaksiyalarni boşqarişning yangi usulini kaşf etganida birinçi hal qiluvçi qadamni taşladi. Bu unga ilgari mumkin deb hisoblanganidan ham köproq miqdorda közgu şakllaridan birining hosil bölişiga erişiş imkonini berdi.
Kenso Soai esa keyingi qadamni taşladi. 1995-yilda çop etilgan muhim maqolada u ilk bor gomoxirallikka olib kelişi mumkin bölgan kimyoviy reaksiyani qanday işlab çiqqanini tasvirladi. 2003-yilda u nihoyat bu maqsadiga erişdi. Soai ikki ehtimoliy közgu şaklidan faqat bittasi hosil böladigan reaksiyani namoyiş qildi. Hayotning özi bundan mustasno, unga qadar heç kim bunday natijaga erişa olmagan edi.

















