7 fevral kuni Özbekiston Fanlar akademiyasi qoşidagi Seysmologiya institutida dunyo böyiça seysmik faollik ekstremal darajaga kötarilişi mavzusida mutaxassis va OAV vakillari uçraşuvi bölib ötdi. Unda Özbekiston fuqarolarining zilzilaga qançalik tayyorligi masalasi kötarildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring markazi boşliği Qahramon Qöçqorovning ma’lumot berişiça, Özbekistonda zilzila kölamidan kelib çiqib, FVV vazirlik va idoralar örtasida favqulodda vaziyatlarda harakat qiliş tizimini işlab çiqqan. Bundan taşqari, har bitta viloyat özini favqulodda vaziyatlarga tayyorlaş böyiça reja ham işlab çiqadi.
“Deylik, Farğona 8 balli zilzila hududida bölsa, şunday vaziyatda qança qutqaruvçi, texnika va qutqaruv vositalari kerak – şular rejada belgilanadi. Umuman, bölişi mumkin bölgan har qanday favqulodda vaziyatlar uçun 5 yillik reja işlab çiqiladi. Çunki 5 yil içida holatda özgariş bölişi mumkin”, – dedi vazirlik vakili.
Vazirlar Mahkamasi Seysmologiya, inşootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlaş sohasini muvofiqlaştiriş şu’ba mudiri Diyorbek Bekmirzayevning qöşimça qilişiça, zilzilaga tayyorgarlik böyiça vazirlik va idoralar kesimidagina alohida nizom bor. Oddiy fuqarolarning zilzila vaqtida qanday harakat qilişiga oid nizom yöq. Şu’ba mudiri yaqinda şunday muddatli nizom işlab çiqilgani va tez orada Özbekistonda fuqarolar ham zilzilaga tayyorlaniş jarayonida iştirok etişini aytib ötdi.
“U nizomda zilzila vaqtida qayerga boriladi, nima qilinadi, şular körsatiladi. Bu degani butun respublika aholisiga zilzilaga tayyorlaniş örgatib çiqiladi. Yaqinda Yaponiyaga borib, ularning tajribasini örgandik. U yerda har bir taşkilot maktab, boğça, oliygoh yoki işlab çiqariş muassasalari böladimi, hammasi yilda bir kunini ajratib, zilzilaga tayyorlov markaziga borib, zilzila vaqtida nima qilişni tajriba qilib köradi. Biz ham xuddi şunaqa narsa qilmoqçimiz. Har bir taşkilot Fuqaro muhofazasi institutiga borib, zilzila vaqtida nima qilişni örganib keladi”, – dedi şu’ba mudiri.
Eslatib ötamiz, Turkiya va Suriyadagi 6 fevral zilzilalari ortidan Özbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiy bayonot çiqarib, Özbekistonda magnitudasi 5 ballga teng yoki undan katta bölgan zilzila darakçilari aniqlanmaganini ma’lum qilgan, fuqarolardan ortiqça vahimaga tuşmasliklarini söragandi.












