2023 yilgi davlat dasturiga oid farmon loyihasining 8-bandi ta’lim sohasiga taalluqli.

Unga köra, 2023 yil 1 apreldan boşlab, professional ta’lim muassasasi pedagoglarining bazaviy tarif stavkalari mos ravişda umumiy örta ta’lim muassasasi pedagoglarining bazaviy tarif stavkalariga tenglaştiriladi.

Şu sanadan e’tiboran, professional ta’lim muassasasi birinçi va ikkinçi malaka toifasiga ega bölgan, malaka toifasiga ega bölmagan oliy ma’lumotli hamda oliy ma’lumotga ega bölmagan işlab çiqariş ta’limi ustalarining bazaviy tarif stavkalari tegişinça umumiy örta ta’lim muassasasi birinçi va ikkinçi malaka toifali öqituvçisi, oliy ma’lumotli öqituvçisi hamda örta maxsus ma’lumotli öqituvçisining bazaviy tarif stavkalariga tenglaştiriladi.

Professional ta’lim muassasasining yuqori natijalarga erişgan pedagog va işlab çiqariş ta’limi ustalarining bazaviy tarif stavkalariga direktor jamğarmasi hisobidan har oylik 50 foizgaça ustama tölaş amaliyotini joriy etiladi.

Uşbu maqsadlarga joriy yilda 139 mlrd söm yönaltiriladi.

  • Avvalroq Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi 2023 yilda boğçalardagi pedagoglarning maoşlari umumta’lim maktab öqituvçilarining lavozim maoşlariga tenglaştirilişini e’lon qilgandi. Lekin bu yangilik davlat dasturi loyihasiga kiritilmagan.

Şuningdek, 2023 yil 1 sentabrdan boşlab har bir tuman (şahar)ning bittadan umumiy örta ta’lim muassasasida öquvçilarni ikkita xorijiy til va bitta kasb-hunarga örgatiş amaliyoti bosqiçma-bosqiç yölga qöyiladi.

Natijada, 76 ta maktabda fransuz tili, 76 tasida nemis, 37 tasida ingliz, 10 tasida koreys, 6 tasida xitoy va 3 tasida yapon tillari ikkinçi xorijiy til sifatida öqitiladi. Şuningdek, öquvçilar 10-sinfdan boşlab 64 ta işçi kasb, 21 ta sohada tadbirkorlikka, 10 ta IT va “kreativ industriya” yönalişidagi kasblarga örgatiladi. Uşbu jarayonga yoşlar yetakçilari va hududdagi taniqli tadbirkorlar jalb qilinadi.

2023/2024 öquv yilidan boşlab bosqiçma-bosqiç umumiy örta ta’lim muassasalarida yangi öquv dasturlari amaliyotga kiritiladi. Bunda:

  • umumiy örta ta’lim muassasalarining 1–4 sinflarida öquvçilarni ilğor xorijiy tajriba asosida işlab çiqilgan darsliklar böyiça öqitiş;
  • 5–9-sinflarda öquvçilarga umumta’lim fanlaridan tayanç bilimlar beriş;
  • 10–11-sinf öquvçilarining qiziqiş va qobiliyatiga mos bölgan ixtisoslaşgan dasturlar asosida bilim beriş amaliyoti joriy qilinadi.

Bunda, boşlanğiç sinf öquvçilarini jamoa bölib işlaş, muloqot qiliş, kreativ va tanqidiy fikrlaş könikmalari asosida öquvçini mantiqiy fikrlaşga, öz fikrini ifoda eta olişiga va darslarda erkin muhitni şakllantirişga e’tibor beriladi.

10–11-sinflarda 14 ta majburiy fanlardan haftalik yuklama 31 soatni taşkil etadi. Takomillaştirilgan öquv reja asosida 8 ta majburiy fan va 2 ta tanlov fan (kimyo-biologiya, matematika fizika, tarix-huquq, ona tili va adabiyot-çet tili) tanlaş imkoniyati yaratiladi.

2023/2024 öquv yilidan boşlab respublikaning barça viloyatlari va Toşkent şahrida boşlanğiç sinf öquvçilarini bepul ovqat bilan ta’minlaş yölga qöyiladi.

Joriy yilda bepul ovqat beriş tizimi bilan 2,5 mln nafar öquvçi qamrab olinadi. Buning uçun 2,7 trln sömga yaqin mablağ ajratiladi. 2022 yilda Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatlarida uşbu tizim bilan 273 ming nafar öquvçi qamrab olingan.

Maktabgaça ta’lim qamrovini kengaytiriş maqsadida, 2023 yil 1 apreldan boşlab:

  • yangi davlat maktabgaça ta’lim taşkilotlari faoliyatini köp kvartirali uylarning noturar qavatlarida yoki yakka tartibda qurilgan uy-joylarni sotib oliş va keyinçalik ularni rekonstruksiya qiliş, ta’mirlaş hamda jihozlaş orqali taşkil etişga ruxsat etiladi;
  • davlat-xususiy şeriklik loyihasi doirasida ijaraga berilgan yer uçastkasida nodavlat maktabgaça ta’lim taşkiloti binosini qurgan xususiy şerikka uşbu binoni mazkur loyiha uçun bank kreditlari böyiça garovga qöyişga oid çeklovlar bekor qilinadi.

2023/2024 öquv yilidan boşlab davlat grantlari kollej va texnikumlarning dual ta’lim şakli böyiça ham ajratiladi. Joriy yilda dual ta’lim şakli böyiça davlat granti asosida kamida 5,7 ming nafar öquvçi qabul qilinadi.

Dual ta’lim şaklida öquvçi professional ta’lim muassasasida nazariy bilimlarni oladi va bir vaqtning özida işlab çiqariş korxonasida mehnat faoliyatini amalga oşirib, amaliy könikmalarini mustahkamlaydi (Germaniya, Şveytsariya, Avstriya tajribasi).

2023 yil 1 sentabrga qadar Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida malakali xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda Yevropa kasbiy ta’lim va kasbga öqitiş sifatini ta’minlaş tizimi talablariga töliq javob beradigan 1 tadan namunaviy professional ta’lim muassasalari faoliyati yölga qöyilişi mumkin.

Namunaviy profta’lim muassasalari Yevropa Ittifoqi Komissiyasi, Germaniyaning Xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ), KFV banki, Şveytsariyaning Özbekistondagi elçixonasini, Koreyaning “YeDsF” fondi bilan birgalikda taşkil etiladi.

Uşbu muassasalar faoliyatiga zamonaviy standartlarni joriy qiliş uçun ularga öquv reja va dasturlarni, ta’lim şakli va muddatini mustaqil belgilaşga ruxsat etiladi. Şuningdek, har bitta muassasaga 4 nafardan xorijiy ekspert jalb etiladi.

    Nodavlat ta’lim taşkilotlari tarmoğini kengaytiriş, sohada litsenziyalaş va ruxsat beriş tartib-taomillarini soddalaştiriş maqsadida 2023 yil 1 avgustga qadar:

    • nodavlat ta’lim taşkilotlari faoliyatini taşkil qilişda ularning elektron kutubxonasi, axborot-resurs markazlari, öqituvçilarning toifalari, bir sinfda ta’lim oluvçilarning maksimal soniga qöyilgan talablar yengillaştiriladi;
    • nodavlat ta’lim taşkilotlariga sport zali va talabalar dam oliş joylarini ularga ijara va bepul foydalaniş huquqi asosida tegişli bölgan binolarda ham taşkil etişga ruxsat beriladi.

    Natijada, ortiqça va asossiz çeklovlar bekor qilinişiga erişiladi va xususiy maktablar soni hozirgi 334 tadan (umumiy uluşning 3 foizidan) sezilarli oşiriladi.

    Masalan, hozirgi talablar böyiça litsenziya talablariga muvofiq xususiy maktablarni taşkil qiliş uçun:

    • bitta sinfdagi ta’lim oluvçilarning maksimal soni 1–4-sinflarda – 20 nafardan, 5–9-sinflarda – 24 nafardan, 10–11-sinflarda – 20 nafardan oşmasligi lozim. Davlat maktablari uçun bu talab 30 nafarni taşkil qiladi;
    • kamida 30 ta kompyuter texnikasi bilan jihozlangan elektron kutubxonasi, kamida 5 ta kompyuter texnikasi, skaner va nusxa köçiriş apparati bilan jihozlangan axborot-resurs markazi, öz stadioni (öyin maydoni) va dam oliş joylari bölişi kerak;
    • öqituvçilarning 30 foizi – mutaxassislar, 30 foizi – ikkinçi, 30 foizi – birinçi va 20 foizi – oliy malaka toifali bölişi lozim.