Kasbiy taʼlim agentligi maʼlumotiga köra, yangi imkoniyat texnikumlarning örta va örta maxsus kasbiy taʼlim dasturlarida tahsil olayotgan öquvçilarga taalluqli.
Dastur doirasida Yevropa Ittifoqi davlatlari, Janubiy Koreya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, AQŞ, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiyada işlaş va sayohat qiliş nazarda tutilgan.
Safar bilan boğliq xarajatlarni qoplaş uçun ssuda - qaytariş şarti bilan beriladigan qarz mablaği ajratiş tartibi yölga qöyiladi.
Şuningdek, «Kasbiy taʼlim jarayonlarini boşqariş - EMIS RT» axborot tizimida texnikumning nomi, manzili va kodi, öquvçining kasb va mutaxassislik yönalişi, taʼlim bosqiçi va şakli, maqomi hamda baholari haqidagi maʼlumotlar aks ettiriladi.
Migratsiya agentligi har yili 1-martga qadar dastur doirasida xorijiy iş beruvçilar bilan hamkorlik şartnomalarini imzolaş çoralarini köradi.











