Fransiyaning Parij, Nitssea, Marsel, Tuluza, Nant va boşqa şaharlarida 960 mingdan ortiq odam prezident Emmanuel Makronning pensiya tizimini isloh qiliş rejalariga qarşi norozilik namoyişiga çiqdi. Bunday raqamlar 11 fevral, şanba kuni Fransiya Içki işlar vazirligi tomonidan keltirildi.
Poytaxtda rasmiylar 93 000 ga yaqin iştirokçini sanadi, bu yanvar oyida boşlangan norozilik namoyişlaridagi beri eng köp raqam. Namoyişlarga iş kunlarida ötkazilganda namoyişçilarni qöllab-quvvatlay olmagan talabalar va aholining boşqa guruhlari ham qöşildi.
«Biz xavotirlaniş uçun juda yoş ekanligimizni tez-tez eşityapmiz, lekin inflatsiya va elektr narxining ösişi şaroitida bu islohot bizning oilalarimizga ta’sir qiladi», - deydi 18 yoşli namoyişçi Eliza Haddod.
Aksiyalar aviadispetçerlarning e’lon qilinmagan iş taşlaşi bilan birga böldi, bu esa Fransiya poytaxtidagi ikkinçi yirik aeroport - Parij-Orli havo bandargohidan parvozlarning yarmi bekor qilinişiga olib keldi.
Namoyişlar tartibsizliklarning avj olişi bilan keçdi. Parijning markaziy xiyobonlaridan birida bitta maşina va bir neçta çiqindi qutilari yoqib yuborildi. Politsiya namoyişçilarni közdan yoş oqizuvçi gaz bilan tarqatdi va sakkiz kişini noqonuniy öqotar qurol saqlaşdan tortib vandalizmgaça bölgan jinoyatlarda ayblab hibsga olganini aytdi.
Navbatdagi aksiya 16 fevralga belgilangan.
Pensiya tizimini isloh qiliş Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning saylovoldi kampaniyasidagi asosiy va’dalaridan biridir. Islohotning asosiy bandlari Fransiya boş vaziri Elizabet Born tomonidan sanab ötilgan. Pensiya yoşini 62 yoşdan 64 yoşga, xodimlarning pensiya jamğarmasiga tölov tölaşining eng kam muddatini 43 yilga oşiriş rejalaştirilgan. Şu bilan birga, eng kam pensiya miqdori oyiga 1200 yevrogaça oşadi, deya işontirmoqda hukumat.
Bornning sözlariga köra, islohotdan maqsad 2030 yilga borib 20 milliard yevroga yetişi mumkin bölgan Fransiya pensiya jamğarmasi taqçilligining oldini olişdir. Kasaba uyuşmalari, öng qanot populistik Milliy miting partiyasi va söl siyosatçilar hukumat rejalarini keraksiz deb hisoblayapti. Kasaba uyuşmalari rahbarlari islohot barça fransuzlarni, ayniqsa, erta iş boşlagan va umr köriş davomiyligi mamlakatdagi örtaça körsatkiçdan past bölganlarni qamrab olişini bildirmoqda.
Agar pensiya islohoti parlamentda köpçilik ovozga ega bölmasa, boş vazir konstitutsiyaning 49.3-bandidan foydalanişi mumkin, bu esa qonunni ovoz berişsiz qabul qiliş imkonini beradi - agar hukumatga işonçsizlik votumi qabul qilinmasa.












