Özbek tilidagi qator Telegram-kanallarda Toşkentda qizlar yöqola boşlagani haqida xabarlar tarqalmoqda. Kun.uz masalaga oydinlik kiritiş uçun IIV axborot xizmati bilan boğlandi.
Içki işlar vazirining matbuot kotibi Şoxruh Ğiyosovga köra, Telegram messenjerida tarqalgan qizlarning ğoyib bölayotgani haqidagi xabarlar göyoki bu voqealar bir-biri bilan uzviy boğliqdek tasavvur uyğotsa-da, haqiqatga töğri kelmaydi. Buni qizlarning turli kunlarda, turli joylarda ğoyib bölgani ham tasdiqlaydi.
“Baloğat yoşiga qadam qöyayotgan ösmirlarda uydagilari bilan çiqişmay qoliş yoki oilasidagilarga jahl qilib buva-buvisinikiga, dugonasinikiga yoki boşqa qarindoşlarinikiga ketib qoliş tez-tez kuzatilib turadi. Bu bilan bunday xabarlarga loqaydmiz demoqçi emasman. Bu kabi xabarlar tarqalişi bilan nazoratga olinadi va tegişli xizmatlar yordamida suriştiruvlar ötkaziladi. Hozirça qizlarning yöqolgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarning birortasi tasdiğini topgani yöq. Çunki ularning hammasi yöqolgani haqida 102 ga ariza kelib tuşgan kuni yo ertasiga tezkor xodimlar tomonidan topilgan”, deydi Şoxruh Ğiyosov.
Vazirning matbuot kotibi kimlardir turli vaqtlarda yöqolgan qizlar haqidagi xabarlarni turli joylardan olib umumlaştirgan va voqelikka vahimali tus berişga, bu orqali aholi orasida sarosima tarqatişga uringan.
IIV mulozimi uşbu xabarlar ortidan 102 qisqa raqamiga murojaatlar köpayib ketganini ta’kidlarkan, Telegram-kanallari ma’murlaridan har bir axborotni tekşirib, söng e’lon qilişni, tekşirilmagan va haqiqatga töğri kelmaydigan axborotni tarqatganlik uçun javobgarlik borligini eslatib ötdi.












