Boş prokuratura huzuridagi Departament va elektr ta’minoti korxonalari bilan hamkorlikda ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvlarda elektr energiyasi tarmoqlariga özboşimçalik bilan ulaniş holatlari foş etilgan.
Jumladan, Zangiota tumanida «T.-B», «T.A» korxonalari va Örtaovul mahallasida yaşovçi Yu.B. elektr ta’minoti korxonasi bilan şartnoma tuzmasdan, tarmoqqa özboşimçalik bilan ulanib, jami 476,6 ming kVt-s elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Qarşida «K.g» korxonasi rahbari issiqxonani elektr tarmoğiga özboşimçalik bilan ulab, 348,1 ming kVt-s elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Narpay tumanida «N.b» fermer xöjaligi rahbari A.T. va boşqalar xöjalik transformatorini heç qanday hujjatsiz yuqori kuçlanişli elektr tarmoğiga özboşimçalik bilan ulab, 212,9 ming kVt-s elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Urganç tumanida «Z.Q.» va «J.N.» korxonasi rahbarlari umumiy ovqatlaniş hamda quriliş obektini elektr tarmoğiga hisoblagiçdan taşqari özboşimçalik bilan ulab, 122,3 ming kVt-s elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Xonobod şahrida «N.O» oilaviy korxonasi rahbari elektr tarmoğiga hisoblagiçdan taşqari özboşimçalik bilan ulanib, 120 ming kVt-s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.
Uşbu qonunbuziliş holatlari oqibatida, davlat va jamiyat manfaatlariga 618 mln söm zarar yetkazilgan.
Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalaniş qoidalarini buziş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.











