Kanada hukumati öz fuqarolarini «mahalliy qonunlarning özboşimçalik bilan qöllanişi» va Rossiyaning Ukrainadagi uruşi xavfi tufayli Belarusga sayohat qilişdan boş tortişga çaqirdi. Tavsiyalar Kanada hukumati veb-saytida joylaştirilgan. 13 fevral, duşanba kuni xuddi şunday ogohlantiriş Fransiya taşqi işlar vazirligi tomonidan e’lon qilindi. Belarusdagi kanadaliklarga imkon qadar tezroq ketiş va undan oldin ehtiyot çoralarini köriş tavsiya qilindi.
Kanadaning Polşadagi elçixonasining Belarusda konsullik xizmatlarini körsatiş imkoniyatlari juda çeklangan, deya ogohlantirdi vazirlar mahkamasi. «Kanada hukumati mamlakatni tark etişda yordam berişiga umid qilmasligingiz kerak», deya qöşimça qilinadi hukumat bayonotida.
Belarusda qolişni tanlaganlarga yangiliklardan xabardor böliş, naqd pul, zaruriy narsalar va dori-darmonlarga ega böliş, agar kerak bölsa, boşpana izlaşga hamda transport va asosiy xizmatlarda yuzaga kelişi mumkin bölgan uzilişlarga tayyor böliş tavsiya etildi.
Bundan oldin xuddi şunday çaqiriq Fransiya TIV tomonidan ham yangragan edi. «Rossiya tomonidan Ukrainaga qarşi boşlangan qurolli hujum va Belarus havo hududining yopilişi fonida Belarusga har qanday sayohat rasman tavsiya etilmaydi», — deyiladi vazirlik xabarida. Fransiya fuqarolariga Litva, Polşa yoki Latviya bilan çegara ötiş punktlari orqali darhol Belarusdan avtomobil orqali çiqib ketiş taklif qilindi.
13 fevral kuni Amerikaning Moskvadagi elçixonasi AQŞ fuqarolariga «Rossiya qurolli kuçlarining Ukrainaga asossiz keng kölamli bostirib kirişining oldindan aytib bölmaydigan oqibatlari» tufayli Rossiyani tark etişni tavsiya qildi, şuningdek, Rossiyaga borişdan boş tortişga çaqirdi.
AQŞ fuqarolari noqonuniy hibsga oliş xavfi haqida ogohlantirildi. Diplomatik missiya, şuningdek, AQŞ va Rossiyaning ikki fuqaroligiga ega bölgan şaxslar safarbar qilinişi mumkinligini ta’kidladi.
Avvalroq, 17 yanvar kuni Belarus muxolifati yetakçilaridan biri Svetlana Tixanovskaya DW naşriga bergan intervyusida Belarus hududida 12 ming rossiyalik harbiy bölişi mumkinligini aytgan edi. «Biz doimiy ravişda harbiy maşğulotlar haqida, harbiy texnika va rus askarlari bölgan poyezdlar yetib kelişini kuzatayotgan köngillilar tarmoğimizdan ma’lumotlarni olamiz», — dedi Tixanovskaya. «Bizning vazifamiz Belarus qurolli kuçlarining uşbu uruşga aralaşişining oldini olişdir», deya qöşimça qildi u.












