AQŞ harbiylari urib tuşirilgan Xitoy havo şari yönalişini u uçirilganidan beri kuzatib borgan, deb yozadi The Washington Post (WP) 15 fevral, çorşanba kuni özini taniştirmaslikni söragan bir neça AQŞ rasmiylariga tayanib. Naşr suhbatdoşlariga köra, havo şari yanvar oyi oxirida AQŞ havo hududiga kirişidan oldin taxminan bir hafta davomida kuzatilgan. Havo şari Xitoy janubidagi Xaynan orolidagi bazadan havoga kötarilgan.

Manbalarning ta’kidlaşiça, dastlab obekt AQŞning bir neça harbiy bazalari joylaşgan Guam oroliga qarab ketayotgandek bölgan, ammo keyin birdan şimolga qarab harakatlangan. Keyinroq u Aleut orollari ustidan uçib ötib, Kanada ustidan parvoz qilgan hamda u yerdan kuçli şamol ta’sirida AQŞ havo hududiga kirib qolgan. WP naşriga köra, tahlilçilar Xitoy özining «razvedka apparati» bilan AQŞ qit’a hududiga ataylab tasodifan kirib qolgan bölişi mumkinligini istisno qilmayapti.

AQŞ harbiy samolyoti 4 fevral kuni Janubiy Karolina qirğoqlarida Xitoy havo şarini urib tuşirdi. Xitoy AQŞning josuslik haqidagi ayblovlarini rad etib, «tadqiqot şari fors-major holatlari tufayli yönalişidan çetga çiqib ketgan», deb bayonot berdi. Havo şari bilan boğliq hodisa AQŞ va Xitoy örtasidagi keskinlaşgan munosabatlarni yanada kuçaytirdi.