Rossiyaning Donbassda 2023 yildagi ilk yurişi körsatdiki, RF qurolli kuçlari öz taktik muammolarini baribir hal qila olmagan. Rossiya armiyasi hamon sifat darajasidan bir xilda emas: Ukraina qöşini Baxmut atrofida «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi jangçilari hujumlarini töxtata olmayapti, Kreminna atrofida havo desant qöşinlarining saralangan qismlariga qarşi turişda muammolarga uçramoqda, ammo Vuhledar va Mariyinka atrofida umumqöşin birlaşmalarining hujumlarini muvaffaqiyat bilan qaytarmoqda. Natijada Rossiyaning yurişi yagona operativ reja bilan boğlanmagan lokal janglarga aylanib qoldi. Va bu janglarning bari ham rus kuçlari uçun muvaffaqiyatli emas: xususan, Vuhledar atrofida Tinç okeani floti dengiz piyodalari önlab texnikalaridan ayrilgan. Bunday metodlar bilan erişiş mumkin bölgan maksimum natija esa — Ukraina qurolli kuçlarini bahorgi qarşi hujum uçun kuç töplaşdan çalğitiş böladi.
Ukraina qömondonligi öz navbatida öz strategiyasida sobit — Ğarbdan yangi qurol-yaroğlar kutilayotgan vaqtda ular Rossiya qöşinlarini holdan toydirişga harakat qilmoqda. Maqsad — bahorda yangi kuçlar bilan katta hujum boşlaş. Ammo hozirda barçasi şunga olib bormoqdaki, ayni vaqtda Rossiya tomonidagi eng samarali birlaşma bölib turgan, katta korpusga (bir neça ön ming yollanma jangçilar, oğir texnikalar, artilleriya va aviatsiya) ega bölgan «Vagner» otryadlari hujum qilayotgan Baxmutni topşirişga töğri keladi.
Baxmut
- Baxmut atrofida yuriş qilayotgan «Vagner» XHK şaharni şimol va janubdan örab olmoqda. Şimolda Krasnaya Gora posyolkasi egallangan, bu esa Paraskoviyevkadagi ukrain qöşini va Baxmut — Slovyansk trassasini xavf ostida qoldiradi.
- Janubda esa yollanma otryadlar Baxmut — Konstantinovka trassasi va Ivanovskoye (Krasnoye) posyolkasiga hujum qilmoqda. Trassada Şimoliy Don — Donbass kanali ustidan ötgan köprik portlatilgan, şunday ekan, endilikda bu yöl orqali Baxmut ta’minotini amalga oşirib bölmaydi.
- Baxmutni Ukrainaning «katta yeri» bilan işonçli tarzda boğlovçi yagona trassa Çasiv Yardan Xromovo orqali kelgan yöl bölib qolmoqda. Yana bir qança tuproqli yöllar bor, lekin ular orqali ğildirakli texnikalar harakatlanişi oson bölmaydi.
- Vagnerçilar Baxmut atrofida va uning içkarisidagi (şahar şimolidagi Stupki stansiyasi hududida) asosiy yöllarga çiqişgaç, Ukraina qurolli kuçlari mudofaasi alohida öçoqlarga ajralib ketdi, bu esa zaxira kuçlari hamda öq-dorilarni yetkazib berişni qiyinlaştirgan.
- Ammo yuriş sur’atlari Ukraina qurolli kuçlarining yirik kuçlarini qurşab oliş imkonini bermaydi: yollanma jangçilar taktikasi mexanizatsiyalaşgan qismlarning yorib kirişini nazarda tutmaydi, ular asosan köp sonli kiçik şturmçi guruhlar orqali «piyoda» bölib jang qiladi. Yaqin haftalar içida qurşovga tuşib qolişning real xavfi yuzaga kelsa, Ukraina qöşini katta ehtimol bilan Baxmutni tark etadi. Ukraina qömondonligi Mariupoldagi kabi qurşovda jang qilişni davom ettirib, bir neça brigadadan ayrilişni istamasligi tayin.
- Xususiy harbiy kompaniya samaradorligi yöqotişlarga yuqori darajadagi tolerantligi bilan asoslanadi. Internetda yollanma jangçilarning şturmçi guruhlari Ukraina artilleriyasi zarbalari ostida töliq tarkibda halok bölib, yana şunday guruhlar bilan yuriş qilişda davom etilgani aks etgan önlab videolar mavjud. Bunday taktikani RF qurolli kuçlari miqyosida qöllab bölmaydi: muntazam qismlar hamon şaxsiy tarkibdagi yöqotişlarga öta sezgir.
Vuhledar
- Yanvar oyi oxirida RF Şarqiy harbiy okrugi harbiylari Vuhledarga yangi yuriş boşladi — bu uruşga qadar 14 ming kişi istiqomat qilgan kiçik konçilar şaharçasi bölib, Donetskdan ğarbda joylaşgan. Ötgan yil bahorida Rossiya qöşini uni egallab olgan, ammo keyin taşlab çiqişga majbur bölgandi; şundan keyin Ukraina qurolli kuçlari bu yerni mustahkam qal’aga aylantirdi.
- Köp qavatli uylar (markazda), hovlilar (şarqda) va konlardan (şimolda) iborat bölgan şahar tepalikda joylaşgan va harbiy nuqtayi nazardan bu yerdan turib atrofdagi tekisliklarni nazorat qiliş mumkin. Bu tekisliklar böylab Donetskni Mariupol va Zaporijjya bilan boğlovçi yagona temiryöl ham ötadi; yöl Ukraina artilleriyasi zarbalari yetib borar masofada, şu tufayli foydalanilmaydi.
- Vuhledar egallangan taqdirda Rossiya qöşini nazariy jihatdan janubdan Donbass böylab içkarilaş imkoniyatiga ega böladi — Ukraina qurolli kuçlarining Pokrovskdagi asosiy transport habi yönalişida.
- Agar bu yurişni Mariyinka (Donetskdan ğarbda köp oylardan buyon köça janglari ketayotgan hudud) va Baxmut atrofidagi yutuqlar bilan sinxronlaştiriş mumkin bölganida, bu Kremlga nazariy jihatdan qariyb butun Donetsk oblastini egallaş imkoniyatini berardi.
- Ammo Vuhledarga hujum muvaffaqiyatsizlikka uçradi: Tinç okeani floti dengiz piyodalari Vuhledardan şarqdagi hovlilarga yetib kelişdi, ammo bu hujum qöşnilar — Şarqiy harbiy okrug motoöqçi brigadalari va Tataristondan bölgan köngillilar tomonidan qöllab-quvvatlanmadi. Ukraina qurolli kuçlari dronlarida olingan videolarga köra, motoöqçilar kolonnasi Ukraina artilleriyasi tomonidan masofadan turib örnatilgan minalar maydoniga tuşib qolgan. Natijada önlab texnikalar, jumladan tanklar boy berilgan.
- Dengiz piyodalari Vuhledar şarqidagi hovlilar atrofidagi pozitsiyalarida qolişda davom etmoqda, ammo ularga yordam yetkazib beriş qiyin. Ukraina qurolli kuçlari Vuhledarga qöşimça kuçlar, jumladan artilleriya jönatgan va endi Tinç okeani floti dengiz piyodalari yorib kirişi oqibatlarini bartaraf etişga harakat qilmoqda.
Kreminna
- Ukraina qurolli kuçlarining Luhansk oblastidagi Kreminna şahriga kuzgi yurişi yanvar oyi boşiga kelib töxtab qolgandi. Ukraina qöşinlari Kreminna janubidagi keng örmonzorlarning katta qismini egalladi, ammo şaharning öziga yetib bora olmadi. Natijada Lisiçansk va Severodonetskkaça yorib kiriş — Luhansk oblastini ozod etiş rejasining ajralmas qismi — kamida bahorgaça qoldirildi.
- Rossiya qömondonligi uşbu hududga yorib kirgan ukrainlarni ortga qaytarişga qaror qilgan. Kreminnaga avval Xerson oblastida, Dniproning öng sohilida nisbatan muvaffaqiyat bilan jang qilgan desant bölinmalari taşlangan. Bu kuçlar Liman yönalişida nisbatan muvaffaqiyatli qarşi hujum uyuştirdi. 2023 yilning dastlabki haftasida desantçilar Ukraina qurolli kuçlarini Kreminnadan bir neça kilometr ortga çekintirdi. Agar ular Torskoye va Tern hududida Jyerebets ustidan ötgan keçuvni egallay olişsa, ukrain qöşini, katta ehtimol bilan Kreminna örmonlaridagi platsdarmni taşlab çekinişiga töğri keladi.
Kupyansk
- Rossiya qöşini kuzda va qişning boşlarida Luhansk oblastidagi yirik transport tuguni hisoblangan Svatovoga kirişga uringan Ukraina guruhi qanotiga hujum qilmoqda. RF qurolli kuçlari sönggi haftalarda Şimoliy Don daryosi böyida, Ukraina qurolli kuçlari uçun muhim keçuvda joylaşgan Kupyansk şahri tomon bir neça kilometr ilgariladi.
- RF qurolli kuçlarining tezligi bu yönalişda ham boşqalarida bölgani kabi yuqori emas. Katta ehtimol bilan, haftasiga bir neça kilometrga oldinga siljiş — Rossiya qöşini hozirgi holatida qodir bölgan maksimum natija. Aviatsiyadan faol foydalanmasdan yuriş sur’atini oşiriş deyarli imkonsiz, samolyotlardan esa Ukraina havo hujumi mudofaa tizimlaridan keladigan xavf tufayli jang maydonida (Baxmut istisno) foydalanilmayapti.













