Ukrainani uruşdan keyingi tiklanişini moliyalaştiriş uçun rossiyaliklarning qonuniy yöl bilan qölga kiritgan xususiy mulklarini musodara qiliş Şveytsariya qonunçiligiga ziddir. Bunday bayonotni 15 fevral, çorşanba kuni Şveytsariya hukumati uşbu mavzu böyiça Federal Adliya vazirligi rahbarligida faoliyat yuritayotgan içki işçi guruhining tahliliy hisobotini örganib çiqib, ma’lum qildi.
Ukrainaga bostirib kiriş bilan Rossiya xalqaro huquqni buzdi va u yetkazgan zararni qoplaşga majbur. Biroq xususiy aktivlarning kompensatsiyasiz ekspropriatsiya qilinişi Şveytsariya konstitutsiyasi, uning amaldagi qonunçiligi, şuningdek, mamlakatning xalqaro majburiyatlarini buzadi, deyiladi hukumatning Berndagi bayonotida. Unda yana şunday konstitutsiyaviy huquq va kafolatlar boşqa davlatlarda ham mavjudligi qayd etilgan.
«Xalqaro miqyosda Rossiya Markaziy bankining valuta zaxiralarini, şuningdek, Rossiyaning boşqa davlat mulkini musodara qiliş imkoniyati muhokama qilinmoqda. Bundan taşqari, sanksiyalar ostidagi şaxslar tomonidan sanksiyalarni buzganlik uçun jazo çoralarini kuçaytiriş imkoniyati ham körib çiqilyapti. Şveytsariya uşbu muhokamalarni kuzatib boradi va öz pozitsiyasini bildiriş uçun uşbu muhokamalarda qatnaşadi», deyiladi press-relizda.
Bern uruş boşlanganidan keyin Şveytsariyada muzlatib qöyilgan Rossiya aktivlari taqdiri muhokamasidan qat’i nazar, xalqaro vaziyat rivojini kuzatişda va Ukrainani qöllab-quvvatlaşda davom etişini ta’kidladi.
Şu kuni, 15 fevralda Şveytsariya hukumati Rossiya hujumiga uçragan mamlakatga yordam beriş maqsadida Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukoviç şeriklarining mol-mulkini musodara qiliş jarayoni boşlanganini e’lon qildi.













