Ukrainada uruşning 358-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Volodimir Zelenskiy RF armiyasining Ukrainadagi bahorda boşlanişi kutilgan katta yurişi allaqaçon boşlanib ketganini aytdi. «Rossiya hujumlari allaqaçon bir neça yönalişda amalga oşirilmoqda», — dedi Ukraina prezidenti.
- Rossiya qöşini Ukrainaga raketa va dronlar bilan hujum uyuştirdi. Bu hujumlardan keyin Moldovada raketa qoldiqlari topildi — bu uruş boşidan buyon törtinçi şunday holat.
- Rossiya va Ukraina asirlar almaşinuvi amalga oşirdi: Rossiyaga 101 nafar harbiy xizmatçi, Ukrainaga — 100 nafar harbiy va tinç aholi vakillaridan bir kişi qaytdi.
- Slovakiya parlamenti Rossiyani «terrorizmni qöllovçi davlat» deb tan oldi. Bunday qarorlar avvalroq Yevroparlamentda va YeIning köplab mamlakatlarida ham qabul qilingandi.
- Ukrainada beşinçi kundirki elektr energiyasi yoppasiga uzilmayapti. Rasmiylarning aytişiça, energiya tizimida quvvat zaxiralari paydo bölgan.
- Rossiyalik harbiylar Ukrainada aviatsiyadan yoppasiga foydalanişga qaror qilgan, bu haqda «Vajnyye istorii» RF mudofaa vazirligiga yaqin manbasiga tayanib xabar berdi. Buyuk Britaniya harbiy razvedkasi baholariga köra, Rossiya Ukrainada uruş boşidan buyon 130 ta harbiy samolyotini yöqotgan, lekin hamon 1500 ga yaqin samolyotga ega.
- Yevroittifoq davlatlari elçilari hozirça Rossiyaga qarşi sanksiyalarning yangi paketi böyiça kelişa olmadi. Politico manbalariga köra, kauçuk eksportini taqiqlaş borasida kelişmovçilik bor.
Kun kadri. Baxmutdagi vayrongarçiliklar
Rossiya qöşini Donetsk oblastining Baxmut şahrini 2022 yil yozi örtalaridan buyon qamal qilmoqda. Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi kotibi Oleksiy Danilov Rossiya bosqinçi qöşinlari keng kölamli bosqin boşlanganiga bir yil töladigan 24 fevralga qadar şaharni egallaşga harakat qilmoqda. Ammo Amerikadagi Uruşlarni örganiş instituti tahlilçilariga köra, bu maqsad amalga oşişi dargumon, çunki ularning kuzatuvlariga köra, RF qöşini yuriş sur’atlarini oşirmayapti — Ukraina qömondonligi ham buni tasdiqlagan, aniqlik kiritişiça, duşmanning şturm harakatlari borgan sari kamaymoqda.
Rossiya mudofaa vazirligi ham har kungi brifingida Baxmutdagi yutuqlarni tilga olmagan, «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojin esa uning Baxmut yönalişida harakatlanayotgan yollanma kuçlariga jangçilar yetişmayotgani va Rossiyadagi «dahşatli harbiy byurokratiya» tufayli XHK saflarini töldirişda muammo yuzaga kelganini aytmoqda.
Baxmut atrofida janglar davom etarkan, şaharda olti mingga yaqin tinç aholi vakili qolişda davom etmoqda (uruşga qadar şaharda 71 ming kişi yaşagan). Ukraina vitse-premeri Irina Vereşçuk aholini zudlik bilan evakuatsiya qilişga çaqirdi va Baxmutda sönggi bir kunning özida beş kişi halok bölib, yana töqqiz kişi yaralanganini qöşimça qildi.
Baxmut şahri harbiy ma’muriyati rahbari Oleksiy Reva Baxmutdagi janglar va zarbalar vaqtida vayron bölgan binolarning faqat 20 foizini ta’mirlaş mumkinligi — qolganlarini buzib taşlab, qaytadan quriş talab etilişini ma’lum qildi. Quyida şaharning yuqoridan körinişi aks etgan surat.

Baxmut uçun jang

Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA

Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA


Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA

Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA

Gian Marco Benedetto / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Xerson oblastidagi janglar va otişmalar oqibatlari
2022 yil oktyabr va noyabr oylaridagi qarşi hujum çoğida Ukraina qurolli kuçlari Xerson oblastining bir qismini ozod etgandi, Rossiya qöşini bu hududlarni keng kölamli bosqinning ilk davridayoq egallab olgan, 2022 yil sentabr oyida esa soxta «referendum» natijasida bu hudud annexia qilingandi. Rossiya 2022 yil kuzigaça oblast hududining 95 foizini nazorat qilayotgandi, endi esa — 80 foizdan ortiqroq qismini saqlab qolgan. Dnipro daryosining öng sohilidagi hududlar Ukraina nazoratiga qaytarilgaç, RF armiyasi Xerson va daryoning narigi tomonida joylaşgan boşqa aholi yaşaş manzillarini muntazam ravişda öqqa tutib kelmoqda.

Vladyslav Kupreev / Suspilne Ukraine / JSC «UA:PBC» / Global Images Ukraine / Getty Images

Oleksandr Gimanov / AFP / Scanpix / LETA

Oleksandr Gimanov / AFP / Scanpix / LETA

Gian Marco Benedetto / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Xarkiv ustida raketalar

Vadim Belikov / AP / Scanpix / LETA












