«Menga diplomatik taşabbuslar orqali tinçlikka erişmoqçi bölganlar yoqadi, çunki men özim diplomatman. Lekin bunday taşabbus qanday amalga oşişi mumkin? Tinçlik bahosi Rossiyaning bosib olingan hududlarda qolişi bölişi kerakmi?» - dedi Kuleba Funke media-guruhi naşrlari va Fransiyaning Ouest-France gazetasiga bergan intervyusida.
«Rossiya bilan har qanday muzokaralar boşida quyidagilar bölişi kerak: Ukrainaning hududiy yaxlitligi töliq tiklanişi. Buni muhokama qilib bölmaydi», - dedi u.
Kulebaning sözlariga köra, tinçlik va diplomatiya tarafdorlarining köpçiligi «aslida faqat Ukraina Rossiyadan mağlub bölişini xohlaydi».












