Uning ma’lum qilişiça, bir şaxs yoki bir guruh emas, butun mamlakat hayoti bilan boğliq ma’lumot tarqatişdan oldin uning oqibati qanday bölişini inobatga olgan holda, har tomonlama asosli faktlarga tayanilişi kerak.
"Töğrisini aytaman, “Ozodlik”ning Özbekiston neft va gaz konlari böyiça suriştiruvini körganimda ança ta’sirlandim. Nahotki, şu ma’lumotlar rost bölsa, degan savol öylantirdi.
Lekin Özbekiston rasmiylari, sohaga mas’ul taşkilotlar nima derkin, deb kutdim. Agar rasmiylar bu masalada jimlik saqlasa demak bu ma’lumotlar rost, degan fikrga borardim.
Ammo kuni keça Energetika vazirligi, “Özbekneftgaz” kompaniyasi tomonidan berilgan munosabatlar, jurnalist va blogerlarning fikri qolaversa, mas’ul taşkilotlar tomonidan körsatilgan dalillardan şuni bildimki, nazarimda “Ozodlik” ikkita jiddiy xatolikka yöl qöygan", deydi sobiq deputat.
Unga köra, birinçisi - Özbekistonning butun gaz va neft konlarini barça huquqlar bilan 35 yilga bitta kompaniyaga berişi va 35 mlrd AQŞ dollari bir şaxsga tegişli korxonaga (ERIELL, ENTER Engineering) işlatilgan degan iddao notöğri bölib çiqqan.
"Uşbu ayblovlarni ilgari surgan “Ozodlik” ijodkorlarida agar Özbekiston rasmiylari körsatgan dalillardan kuçli dalillar bölsa buni körsatişi kerak. Agar bunday dalil bölmasa, xatoga yöl qöyilgani tan olinişi kerak. Bu ham ommaviy axborot vositalarining munosib pozitsiyasi böladi", deb yozadi R.Kuşerbayev.
Qayd etilişiça, ikkinçi xato - Özbekiston rasmiylari bildirgan normativ hujjatlar qandaydir korxonalarning buxgalterlik hujjatlaridan köra işonarli çiqdi. Barça kelişuvlar röy-rost aytildi. Suriştiruvdan avval mana şu ehtimoliy argumentlar inobatga olinişi kerak edi.
"Ozodlik"ning suriştiruvi çuqur asoslanmagan iddaolar bilan ommaga axborot tarqatişga bölgan urinişga öxşab tuyulmoqda. Bu işdan maqsad nima ekanligi tuşunarsizligiça qoldi.
Nima bölganda ham bir şaxs yoki bir guruh emas, butun mamlakat hayoti bilan boğliq ma’lumot tarqatişdan oldin uning oqibati qanday bölişini inobatga olgan holda, har tomonlama asosli faktlarga tayanilişi kerak.
Ayni örinda uşbu material tom ma’noda Özbekiston xalqini junbişga keltirişi mumkin. Asoslanmagan va işonçsiz ma’lumotlarni xalqaro omma ixtiyoriga havola etiş esa odamlarni manipulyatsiya qiliş, deya baholanadi", deydi vazir maslahatçisi.
Avvalroq “Özbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati ERIELL va Enter Engineering kompaniyalariga berilgan neft va gaz sohasidagi yirik buyurtmalar yuzasidan izoh bergandi.
“Ozodlik” radiosi e’lon qilgan suriştiruvda bu ikki kompaniyaga 5 yil içida 35 mlrd söm “tutqazilgani” ta’kidlangan edi. Rasmiylarga köra, “bu summaning teng yarmi havodagi, tagi yöq mablağ”.
Şuningdek, bu loyihalarga “budjetdan bir dollar ham ketmagani” ma’lum qilindi.











