Yevrosiyo barqarorlaştiriş va taraqqiyot jamğarmasi (YeBTJ) «Yevrosiyo mintaqasi» mamlakatlariga xalqaro taşkilotlar va rivojlaniş agentliklari tomonidan berilgan moliyaviy yordam miqdorini tahlil qildi. Bu haqda «Kommersant’» yozdi.
Ma’lumotlar bazasi barqarorlaştiriş yoki investitsiya kreditlari, grantlar va texnik kömak böyiça operatsiyalar körinişidagi suveren moliyalaştiriş operatsiyalarini hisobga oladi. Ularning miqdori 90 mlrd dollarga yetgan.
Qayd qilinişiça, Özbekiston sönggi 15 yil içida eng köp qöllab-quvvatlangan – 20,9 mlrd dollar.
YeBTJ ma’lumotlar bazasida 16 ta «donor» bor: önta xalqaro moliya taşkiloti (jumladan, Xalqaro valuta jamğarmasi, Jahon banki (JB), Osiyo taraqqiyot banki (OTB), Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki, Yevropa Tiklaniş va taraqqiyot banki va boşqalar. Şuningdek, oltita suveren rivojlaniş agentligi (USAID, GIZ, TIKA, JICA, AFD va SDC)
2008 yildan buyon umumiy qiymati qariyb 90 mlrd dollarga teng bölgan 3900 ta suveren moliyalaştiriş operatsiyalari aniqlangan bölib, ulardan 54,2 mlrd dollari investitsiya kreditlari, 31,2 mlrd dollari barqarorlaştiriş kreditlari va 4,4 mlrd dollari grantlardir.
Mablağlarning katta qismi inqirozli 2009, 2015 va 2020 yillarda ajratilgan.
Tasdiqlangan mablağlar böyiça Jahon banki, OTB, XVF va YeBTJ yetakçi hisoblanadi – ular tasdiqlangan qöllab-quvvatlaş hajmining deyarli 80 foizini taşkil qiladi.
Umumiy hisobda Özbekiston eng köp qöllab-quvvatlangan (20,9 mlrd dollar, şundan 15,4 mlrd dollar investitsiya kreditlari, şuningdek, mamlakatda eng köp tranzaksiyalar amalga oşirilgan – 541 ta). Keyingi örinlarda Qozoğiston (14,2 mlrd dollar), Gruziya (11,3 mlrd dollar), Belarus (10,9 mlrd dollar), Ozarboyjon ($6,2 mlrd), Möğuliston ($5,2 mlrd), Armaniston ($5,2 mlrd), Qirğiziston ($5 mlrd), Tojikiston ($4,7 mlrd), Rossiya ($3,9 mlrd) va Turkmaniston ($1,9 mlrd).












