Ukrainada öq-dorilarning keskin taqçilligi tufayli YeI yangi moliyalaştiriş dasturini işlab çiqmoqda, bu esa YeIga öz işlab çiqarişini köpaytiriş va zarur bölgan narsani Kiyevga ötkaziş imkonini beradi, dedi Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel 19 fevral, yakşanba kuni Myunxen xalqaro xavfsizlik konferensiyasida.

«Biz uruş holatidamiz, tezkorlik bilan munosabat bildirişimiz kerak. Yevropa Ittifoqi - Ukraina armiyasi, çunki bu mojaro Yevropa xavfsizligiga ekzistensial tahdiddir», - dedi u.

Borrelning sözlariga köra, Ukraina hozirda öq-dorilar va harbiy texnika bilan boğliq oğir ahvolda, şuning uçun yangi yetkazib beriş imkon qadar tezroq – yaqin haftalar içida amalga oşirilişi kerak. U Yevropa davlatlarining Ukrainaga tank va boşqa qurollar yetkazib beriş masalalarini hal etişdagi sustligini tanqid qildi va sözdan amalga ötişni maslahat berdi. Ğarb davlatlari «Zelenskiyni kamroq olqişlaşlari va unga köproq snaryadlar berişlari kerak», dedi Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari.

Borrel Yevropa Ittifoqini Ukrainaga yordam beriş uçun öz harbiy sanoatining işlab çiqariş quvvatini oşirişga çaqirdi. Estoniya boş vaziri Kaya Kallas Yevropa Ittifoqi COVID-19 pandemiyasi davrida vaksinalarni tezda olişga imkon yaratgan protseduraga öxşaş protsedurani boşlaşni rejalaştirayotganini aytdi - Yevropa Ittifoqi davlatlari mudofaa sanoatining yirik şartnomalari böyiça kelişilgan holda mablağ ajratadi. Bu sanoatga işlab çiqarişni köpaytiriş uçun zarur bölgan investitsiyalarni jalb qiliş imkonini beradi.

Rossiya harbiy sanoati hozirda uç smenada işlayotganiga e’tibor qaratgan Kallas: «Rossiya har kuni Yevropa bir oyda işlab çiqaradigan artilleriya snaryadlarini işlatmoqda» dedi. Yevropa Ittifoqi tezda öz işlab çiqarişini oşirişi kerak, öq-dorisiz Ukraina uruşda ğalaba qozona olmaydi, deya ta’kidlab ötdi Estoniya boş vaziri.