Oq uy mulozimlari Jo Baydenning harbiy harakatlar hududidagi va muntazam ravişda öqqa tutib turiladigan şahar bölmiş Kiyevga kutilmagan taşrifini «zamonaviy davrdagi misli körilmagan» safar sifatida ta’riflaydi.
Ular AQŞ prezidentlarining Iroq va Afğonistonga qilgan avvalgi safarlari şu mamlakatlarda joylaştirilgan köplab amerikalik harbiy xizmatçilar qöllab-quvvatlovi bilan amalga oşirilganini (Ukrainada amerikalik harbiylar yöq) yodga olişadi.
Jurnalistlar Bayden Ukrainaga ham kelişi mumkinligini faol muhokama qilgan bölişsa-da, bu voqea barça uçun mutlaqo kutilmagan holatda röy berdi.
Kiyevda havo hujumidan ogohlantiruvçi sirenalar yangrayotgan mahalda u Kiyev markazida prezident Volodimir Zelenskiy bilan birga paydo bölişi – Polşada turib aytişi mumkin bölgan har qanday sözdan kuçliroq taassurot uyğotadigan amal edi.
«Bu xavfli harakat edi va Jo Bayden uçun qat’iyat juda jiddiy tuşunça ekaniga heç kimda şubha bölmasligi kerak», dedi Oq uy rasmiysi Keyt Bedingfild.
Telefonlarsiz
Rejaga köra, Bayden duşanba kuni ikki kunlik taşrif uçun AQŞdan Varşavaga uçişi kerak edi.
Ammo safar uçun e’lon qilingan taqvimda şubhali tarzda katta böşliqlar bor edi va bu köpçilikda bu vaqtdan aynan Ukrainaga taşrif uçun foydalaniş mumkinligi borasida taxminlar uyğotdi.
Oq uydagi har kungi brifinglarni yoritib boruvçi reportyorlar muntazam ravişda bunday taşrif ehtimoli haqida söraşdi. Ammo ularga Zelenskiy va Baydenning uçraşuvi rejalaştirilmagani va «ayni vaqtda» taqvimda AQŞ prezidentining Varşavadan taşqarida töxtaşi belgilanmaganini aytişdi.

Kiyevga safar qiliş böyiça yakuniy qaror faqat juma kuni qabul qilingan – lekin bunday taşrif AQŞ prezidenti ma’muriyatining yuqori martabali xodimlari tomonidan oylar davomida muhokama qilib kelingan.
Yakşanba kuni ham Baydenning taşrifi böyiça rasmiy taqvimda u yakşanba kuni keçqurun mahalliy vaqt bilan soat 19:00 da Varşava yönalişida parvoz qilişi körsatilgandi. Ammo amalda prezident samolyot yakşanba kuni ertalab soat 04:15 da havoga kötarilgan.
Bortda eng asosiy xodimlar, tibbiyot xodimlari guruhi va xavfsizlik xizmati xodimlaridan iborat kiçik delegatsiya joylaşgan.
Faqat ikki jurnalistga prezident bilan uçişga ruxsat berilgan. Ulardan Bayden Kiyevga yetib borguniga qadar sukut saqlaş talab etilgan. Ular bortga yozib oluvçi qurilmalar olib kirişi taqiqlangan.
AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik masalalari böyiça maslahatçisi Jyeyk Sallivanning aytişiça, parvozdan bir neça soat oldin Rossiya tomoni Baydenning taşrifi töğrisida xabardor etilgan. Uning aytişiça, bu «mojaro kelib çiqişining oldini oliş» uçun qilingan. «Men ular qanday javob qaytarişgani yoki bizning xabarimiz aynan qanday bölganini aytmoqçi emasman, ammo tasdiqlaşim mumkinki, biz şunday ogohlantiriş yubordik», deya qayd etgan Sallivan.
Amerika jamoatçiligi uçun kuçli signal
Jo Bayden Kiyevga boriş uçun poyezdda 10 soat yurgan. U Ukraina hududidagi boriş osonroq bölgan boşqa nuqtalardan birini tanlaşi ham mumkin edi, ammo ramziy ahamiyati uçun aynan Kiyev foydasiga tanlov qilgan.
BBC muxbiri Sara Smitning fikriça, Baydenning safari Moskvaga Oq uy Kiyevga oxirigaça yordam beriş borasida qat’iyali ekanini körsatişga qaratilgan – ammo bu Amerikadagi saylovçilar uçun ham kuçli signal bölib xizmat qiladi.
Ötgan haftada Baydenning matbuot kotibi Karin Jan-Perdan amerikaliklar orasida Ukrainani qöllab-quvvatlaş darajasi pasayganini körsatuvçi sörovnomalar haqida söralgandi.
U AQŞ prezidentining çiqişi butun dunyodagi odamlarga bölgani kabi Amerika xalqiga ham qaratilişini aytib javob berdi.
«Öz taşrifi bilan Bayden AQŞ yana qança vaqt Ukrainaga yordam körsatişi haqida savol berayotgan respublikaçilar uçun aniq javob beradi», deydi muxbir.













