Ukraina harbiy razvedkasi rahbari Kirill Budanov Forbes naşriga katta intervyu berdi.
Uning sözlariga köra, şarqiy frontda Rossiyaning katta hujumi allaqaçon davom etmoqda. Ammo hamma ham uning qanday sifatdagi hujum ekanini körmayapti. Rossiya armiyasi oldida strategik vazifa turibdi – 31 martgaça Donetsk va Luhansk oblastlarining ma’muriy çegaralariga yetib boriş.
«Bu ular orzu qilgan maqsad, lekin buni amalga oşira olmaydilar. Rossiyada yangi safarbarlik tölqini boşlandi, u yaşirin. Birinçi tölqinda safarbar etilganlarning 90 foizidan ortiği frontga tayyorgarliksiz jönatilgan», deydi u.
Budanovning ta’kidlaşiça, Ukraina ittifoqçilari Baxmutni saqlab qoliş uçun kuç sarflamaslikni maslahat berişmoqda.
«Bu xuddi Fransiya prezidentiga Marselni yoki AQŞ rahbariga Nyu-Yorkni vaqtinça topşirişni taklif qilişga öxşaydi. Men uçun vatanparvar sifatida, Ukraina hududining bir millimetrini ham duşmanga topşiriş falokatdir.
Harbiy nuqtayi nazardan, Baxmutda biz ruslarni holdan toydirmoqdamiz. Ikki oy davomida rus qismlari imkon qadar artilleriya öq-dorilarini tejaşga harakat qilmoqda. Bizda ham tanqislik bor. Baxmutda rus qöşinlari boşqa taktikaga ötişdi: piyodalar tölqini ketma-ket keladi, artilleriya faqat ularni qöllab-quvvatlaydi», dedi u.
Budanovning sözlariga köra, Rossiyada harbiy sanoat bilan boğliq vaziyat oğir.
«Rossiya harbiy sanoati raketa yetkazib berişga ulgurmayapti. Şu sababli, ommaviy öqqa tutişlar miqdori va intensivligi pasaymoqda. Rossiya çangyutgiçlar va kir yuviş maşinalarini bölaklab, raketa uçun mikroçiplarni olmoqda. Bu şarmandalik.
Rossiyadagi yonğinlar va portlaşlar tasodifiy emas. Muntazam ravişda nimadir yonyapti va bu bejiz emas. Ukrainaga Rossiyada nafaqat ukrainlar yordam bermoqda: pul möjiza yaratyapti», dedi u.
U Ukraina va Rossiya uruşida «hisob» hozirça tengligini aytib ötdi.
«Bahorda hal qiluvçi janglar böladi. Bu buriliş nuqtasi. Endi futbolga taqqoslasak, hisob 1:1, öyinning 70-daqiqasi ketyapti. Ukrainaning uçta asosiy mağlubiyati: Severodonetsk, bosqin boşida Volnovaxa hududida mudofaaning yorib ötilişi, 2014 yilda Donbass va Qrimning bosib olinişi. Uçta yirik ğalaba: duşmanning Kiyev yönalişidan ortga qaytarilişi, Xarkivda qarşi hujum, Xersonni ozod qiliş.
Bosib olingan hududlar ozod etilgandan söng çegara yaqinida quroldan xoli hudud taşkil etiş zarur. Uruşni tugatiş uçun bir şartimiz bor – 1991 yil çegaralariga yetib boriş, qolganini keyinroq hal qilamiz», dedi u.













