AQŞ Içki xavfsizlik vazirligi va Adliya vazirligi mamlakatda boşpana izlovçilar uçun çeklovlar joriy etişni taklif qildi, deb xabar berdi Reuters. 

21 fevral kuni yangi qoidalar 30 kunlik muhokamaga qöyildi. Unga köra, migrantlar şunçaki çegara punktiga yetib kelib, AQŞ çegarasini kesib ötgan taqdirda boşpana oliş huquqidan mahrum böladi. 

Yangi taklif boşpana izlovçilardan CBP One ilovasi orqali çegarada AQŞ rasmiysi bilan uçraşiş uçun navbatga yozilişni talab qiladi. Uşbu mobil ilova AQŞ bojxona va çegara xizmati tomonidan çiqarilgan. 

Bundan taşqari, agar ariza beruvçilar Amerika çegarasiga töğridan-töğri emas, balki boşqa davlat hududi orqali kelgan bölsa, ular birinçi navbatda uşbu mamlakatdan boşpana söraşi kerak. Agar bu mamlakat ularga rad javobini bersa, şunda ular Amerika rasmiylariga murojaat qilişi mumkin. 

Uşbu çeklovlar kattalar hamrohligisiz çegaraga kelgan voyaga yetmaganlarga emas, balki boşpana izlovçi oilalardagi katta yoşlilarga nisbatan qöllanişi taklif etilmoqda. 

Bunday qoidalar allaqaçon Ukraina, Venesuela, Kuba, Nikaragua va Gaitidan kelgan migrantlarga nisbatan qöllanmoqda: ular CBP One ilovasi orqali onlayn ariza topşirişi va immigratsiya organlari bilan uçraşuvga oldindan yozilişi şart. 

AQŞ ma’muriyati bayonotida aytilişiça, yangi qoidalar Meksika bilan çegarada «migrantlar oqimining jiddiy ortişi kutilayotgani» sababli taklif etilgan. Çunki, 2023 yil 11 may kuni sobiq prezident Donald Tramp davrida qabul qilingan va migrantlarni Meksikaga qaytarib yuborişga ruxsat beruvçi qonun muddati tugaydi. Jo Bayden ma’muriyati esa çegarada tartibsizliklar yuz berişiga yöl qöymoqçi emas. 

BBC News taklif qilingan rejani prezident Jo Bayden ma’muriyatining «migrantlarga nisbatan eng qattiq çeklovi» deb atadi. U lavozimga kirişganida, özidan oldingi prezident Donald Trampga qaraganda migratsiyaga nisbatan insoniyroq yondaşişni va’da qilgan edi.  

Taklif etilayotgan çeklovlar har oy Meksika-AQŞ çegarasini kesib ötişga urinayotgan 200 ming kişining hayotini qiyinlaştirişi mumkin. Ular asosan Markaziy va Janubiy Amerikadan kelgan, vatanida qaşşoqlik va zöravonlikdan qoçgan odamlardir. 

Migrantlar huquqlari himoyaçilari yangi qoidalarga sud orqali e’tiroz bildirişga va’da berişmoqda. Amerika fuqarolik erkinliklari ittifoqi (ACLU) Bayden ma’muriyatining rejasini Trampning konstitutsiyaga zid harakatlari bilan taqqosladi. «Biz sudda Trampning tranzit taqiqiga qarşi çiqdik va muvaffaqiyat qozondik. Agar Bayden ma’muriyati bu rejani amalga oşirsa, unga qarşi kuraşamiz», dedi ACLU vakili Li Gelernt. 

Qayd qiliş joizki, Meksika va AQŞ çegarasidan ötib, Qöşma Ştatlardan boşpana sörovçilar orasida özbekistonliklar ham bor. Avvalroq, AQŞ elçixonasi Meksika orqali Amerikaga noqonuniy kirmoqçi bölgan özbekistonliklarni ogohlantirdi. Elçixona bunday holatlarda odam savdosi hamda moliyaviy firibgarlik qurboniga aylaniş xavfi borligini bildirib, AQŞga kirişning qonuniy yöllarini izlab topişga çaqirgan edi.