Mineral resurslar ilmiy tadqiqot instituti bilan hamkorlikda Rux zavodi texnologik eritmalaridan laboratoriya şaroitida işlab çiqilgan yangi texnologiya asosida indiy metalli ajratib olişga erişildi. Hozirgi kunda sanoat tajribalari olib borilmoqda. Mazkur ixtiroga Özbekiston Respublikasining “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari töğrisida”gi qonuniga köra, Adliya vazirligi tomonidan foydali model patenti berildi.

Indiy metalli zargarlik buyumlarida, elektronikada, tibbiyotda, kosmik uskunalar va yarim ötkazgiçlarda qöllanadi. Şuningdek, indiy korroziyaga qarşi qoplamalar tarkibiga qöşiladi hamda smartfon, planşet ekran qavatini va avtomobil faralarni işlab çiqarişda işlatiladi. Uşbu metallning 1 kilogrammi hozirgi kunda jahon bozorida 230 dollarni taşkil etadi.

Bugungi kunda indiy Rossiya, Xitoy, Avstraliya, Hindiston, Boliviya, Qozoğiston, Kanada, Peru kabi davlatlarda işlab çiqariladi.

Indiy metallini işlab çiqariş böyiça sanoat tajribalari yakunlanganidan söng, joriy yilning 2-çoragidan boşlab kombinatda mahsulot olinişi rejalaştirilgan.

Ma’lumot örnida: bugungi kunda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati jami bölib 14ta foydali model patentiga ega.

 Misol uçun, ulardan ikkitasi 2022 yilda olindi. Bu «Oltin affinaji eritmalaridan platinani ajratib oliş usuli» nomli IAP 07032 xalqaro ixtiro patenti hamda «Affinajlangan palladiyni kukun holida oliş usuli» nomli FAP 45383 foydali model patentlardir.

OKMK Axborot xizmati

 Reklama