Rossiya bosqini boşlanişida Ukraina mudofaasidagi eng katta muvaffaqiyatsizliklardan biri şubhasiz Xerson oblastida kuzatilgandi. Çongar böğozi va Qrim yarimorolini mamlakatning materikdagi qismi bilan boğlovçi tor böyin mudofaa mohirlik bilan taşkil etilgan holatda ötib bölmas tösiqlar hisoblanardi. Butun oblast böylab çözilgan suğoriş kanallari esa harbiy texnikalar harakati uçun tabiiy tösiqqa aylangandi.

Rossiya qöşini Çongar hududida Qrim bilan ma’muriy çegarani kesib ötmoqda.
Foto: Ukraina çegara xizmati

Harbiylar va ekspertlar hisoblaşiça, Ukraina mamlakat janubidagi muhim şaharlar mudofaasini raqib bu yerlarga yetib kelişidan oldin tayyorlaşga ulguradi.

Ammo Çongar va kanallar orqali ötgan köpriklar portlatilmaydi. Va 24 fevral tongida Rossiya qöşinlari alohida qarşilikka uçramasdan, Qrim ma’muriy çegaralarini xotirjamlik bilan kesib ötadi va avtomobil trassalari böylab yaşin tezligida oldinga taşlanadi. Rossiya bölinmalari amalda bir neça soat içida 100 kilometrdan ortiq masofani bosib ötadi va Nova Kaxovkani öz nazoratiga oladi. Kun yarmida ular Antonov köprigi va Xersonga kiriş joyiga yetib kelişgandi. Janubda harakatlangan guruh bir neça kun içida Şveytsariya maydonidan kattaroq hududlarni egallaydi.

Rossiya qöşini qanday qilib Qrim bilan çegaradan amalda heç qanday tösqinlikka uçramasdan ötgandi? Ular qanday qilib sanoqli soatlar içida Xerson oblastining ulkan hududlarini egallab olişgandi? Va Ukraina nimaning hisobiga yakunda janubdagi blitskrig rejasini barbod eta oldi?

BBC muxbirlari bu savollarga javob topişga urinib va Rossiyaning Ukraina janubidagi keng kölamli bosqinining dastlabki kunlarida röy bergan voqealarni tuşuniş uçun Ukraina qurolli kuçlari harbiylari, hududiy mudofaa qismlari jangçilari, siyosatçilar va faollar bilan suhbatlaşdi.

Bosqin 22 fevral kuni kutilgandi

2022 yil 22 fevral kuni soat 19:15 da Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi kotibi Oleksiy Danilovga maxfiy ma’lumotlar solingan qizil papkani keltirişadi. Unda prezident Volodimir Zelenskiyning hayoti xavf ostida ekani aytilgandi. Protokolga binoan, u bu haqda prezidentni, boş vazirni va kuçişlatar tuzilmalar rahbarlarini xabardor qiladi.

Ammo hatto öşanda ham Ukraina rahbariyati harbiy holat e’lon qilmaydi va umummilliy safarbarlik boşlamaydi. 2021 yil oxirida Ğarb davlatlari yetakçilari Rossiya Ukraina bilan çegarada qöşin töplayotgani va keng kölamli bosqinga tayyorgarlik körayotgani haqida bong urganida, mamlakat hukumati «manipulyatsiyaga berilmaslik» va xotirjamlik saqlaşga çaqiradi.

Ammo Oleksiy Danilov BBC uçun intervyusida aytişiça, mamlakat oliy rahbariyati bosqin bölişi haqida va hatto u qaçon boşlanişi töğrisida bilardi.

Danilov (öngda) BBC muxbiri Abdujalil Abdurasulovga qömondonlik bosqin haqida oldindan xabardor bölganini aytadi.

«Biz bosqin 22 fevral kuni boşlanişini kutgandik va bizda bosqin şu kunga möljallangani böyiça yuridik tasdiq bor», deya izohlaydi Danilov va Kiyev atrofida Pskov desantçilari ştab boşliğidan tortib olingan xaritani yoyib.

Unda «Maxfiylik» belgisi ostida «20.02.2022» sanasi körsatilgan. Danilovning sözlariga köra, xaritalar amaliyot boşlanişiga ikki kun qolganida tarqatilgan. Ammo keyin, uning aytişiça, bosqin sanasi 24 fevralga köçirilgan. Şundan keyin xaritadagi avvalgi sana ustidan çizib taşlangan va yonidan yangi sana qöyilgan - «22.02.2022».

Danilovning tasdiqlaşiça, mamlakat rahbariyati bu rejalar haqida oldindan xabardor edi.

«Öşa vaqtda axborot maydonini yopiq tutiş juda muhim edi. Agar biz Gostomelga hujum bölişi va boşqa barçasi qanday bölişini tuşunib turganimizni körsatib qöyganimizda, ular «B» rejani işga tuşirgan bölişardi, biz esa ularning «B» rejasidan voqif emasdik», deydi Danilov.

«Bizning oldimizda har qanday holatda ham mamlakat içida vahima uyğonişiga yöl qöymaslik vazifasi turardi. Tasavvur qiling, prezident çiqadi va ikki haftadan keyin bizda uruş bölişini aytadi. U holda heç kim nazorat qila olmaydigan tartibsizlik jarayoni boşlanib ketgan bölardi. Va Rossiya Federatsiyasi şuni kutgandi», deb hisoblaydi Danilov.

Sanalar körsatilgan xarita Kiyev atrofida pskovlik desantçilar ştabi boşliğidan tortib olingandi

Ammo agar hukumat Kremlning rejalaridan batafsil xabardor bölgan bölsa, Xerson oblasti nega bunday qisqa fursat içida bosib olindi? Nima uçun öşanda Çongar va Xerson oblastidagi boşqa köpriklar portlatilib, duşman yöli tösilmagandi?

Danilov bu voqealar böyiça tergov işlari davom ettirilayotgani, bu savollarga albatta javob topilişini aytgan. «Va biz [muvaffaqiyatsizlikni] yaşirmaymiz, biz uni yopiq quti içiga solib qöymaymiz».

Ukraina xavfsizlik xizmati va Davlat suriştiruv byurosi (GBR) BBC’ning bosqinning dastlabki davrida Xerson oblastida röy bergan voqealar tergovi haqidagi söroviga javob qaytarmadi.

Bosqin boşlanganidan keyin Ukraina qurolli kuçlari Boş ştabi bergan bayonotda Çongar köprigi minalaştirilgan bölgani, ammo kuçlar nisbati 15:1 körinişida ekani aytilgandi. Ammo kuçlar nisbati aynan şunday bölgani uçun ham köpriklarni portlatiş zarur edi. Anneksiya qilingan Qrimda qöşin töplanayotgani töğrisida esa har kuni ma’lumot kelib turgandi. Hatto öşa kunlarda Qrimga borgan oddiy odamlar ham çegara atrofida harbiy texnikalar turganini körganini aytib bergan.

Keçikkan tayyorgarlik

Şunga qaramay, rasmiylar hududiy mudofaani yölga qöyişni boşlamaydi. Ammo Donbassda jang qilgan va zaxiraga ötkazilganlar «nimadir bölişi»ni tuşunib turişgan, öz vaqtida Aleşki şahrida hududiy mudofaa kuçlari vzvodi komandiri bölgan Vasiliy şu haqda aytib berdi.

«15 fevral kuni meni harbiy komissariatga çaqirişdi va [hukumat heç narsa qilmayotgan ekan], imi-jimida özimiz taşkillaştirişimiz zarurligini aytişdi. Bu heç bölmaganda, nimadir röy berganda qança odam qurol kötarişga yaroqli ekani haqida tuşunça hosil qiliş uçun edi. Bu harbiy komissarimiz taşabbusi edi va heç kimga heç qanday majburiyat yuklamasdi, bu safarbarlik emasdi», deydi u.

Aleşkovskiy komendantlik rotasiga 60 kişi yiğiladi. Ularda qurollar ham, zirhli nimçalar ham, aloqa vositalari va transport ham bölmagan. Va heç kim ular Rossiya armiyasi diviziyalari şturmiga qanday qarşilik körsatişi mumkinligi töğrisida tuşunçaga ega bölmagan.

Ammo Ukraina qurolli kuçlari ham tayyorgarlik körayotgandi. Fevral oyida «Aleşkovskiy qumlari» milliy parki atrofidagi poligonda doimiy joylaşuv manzili Vinnitsada bölgan 59-motoöqçilar brigadasi qismi köçirib keltiriladi. Ularga zarur qurol-yaroğlar va texnikalar uçun yonilği beriladi, şu bilan birga, tankçilarning hikoyalariga köra, maşinalar harbiy harakatlar uçun zarur bölgan miqdorning faqat yarmiga töldirilgandi.

Bosqinga bir neça kun qolganida 59-brigada tank rotalaridan biri piyodalar bilan birga Qrimga yaqinroq pozitsiyaga olib kelinadi.

Bu vaqtda Lvivdagi 80-desant-şturm brigadasi harbiylari Mikolayiv oblastida öquv maşğulotlari ötkazişadi. Yakunda şu ikki brigada Rossiya qöşinlarining 24 fevral kungi bosqinini qaytariş uçun yuboriladi.

Roman Kostenko, Oliy Rada deputati va parlamentning milliy xavfsizlik va mudofaa böyiça qömitasi kotibi Mikolayiv mudofaasi vaqtida maxsus topşiriqli guruhga rahbarlik qiladi.

Ammo bu brigadalar zarur vositalar bilan töldirilmagandi. Qolaversa, bölinmalarda odamlar yetişmasdi. Oliy rada deputati va parlamentning milliy xavfsizlik va mudofaa masalalari böyiça qömitasi kotibi Roman Kostenko bu tayyorgarlik jarayonidagi xatolar tufayli bölganini tan oladi.

«Biz birinçi navbatda zaxiradagilarni çaqirmadik, oldinroq harbiy holat e’lon qilmadik, harbiy qismlarni töliq joylaştirmadik. Agar aholi bosqin kunida emas, oldinroq safarbar qilinganida keyin frontga yaxşi tayyorlanmagan odamlarni yuborişga töğri kelmasdi. Ularni tayyorlaşga ulgurgan bölardik», deydi Kostenko.

Ukraina armiyasining çekinişi

24 fevral tongida Rossiya Ukrainaning harbiy bazalari, omborlari va aeroportlari böylab raketa zarbalari yöllay boşlaydi. Aviatsiya «Aleşkovskiy qumlari»dagi 59-brigada tank batalonini öqqa tutadi. Rota komandiri - katta leytenant Yevgeniy Palçenko Nova Kaxovka yaqinidagi Sergeyivka qişloği tomon harakatlanişga va olti tank bilan kanal orqali ötgan köprikni himoya qilişga buyruq beradi.

«Biz Sergiyivkaga ketayotganimizda qarama-qarşi yönalişda kolonna kelayotgandi. Bizning barça qurolli kuçlarimiz çekinayotgan va Antonov köprigi tomon harakatlanayotgandi. Biz esa ikkinçi tomonga yurayotgandik, heç kim nima bölayotganini tuşunmasdi», deya eslaydi u.

«Sergiyivkaga keldik, mening navodkaçim (nişonga oluvçi) menga aytdi: «Raqib texnikasini köryapman». Men unga dedim: «Bu çindan ham raqibnikimi yoki bizniki?» U şunday javob berdi: «Bilmayman, ammo unda Z harfi bor». Men aytdim: «Bu aniq bizniki emas» va barça olti tankka öt oçişga buyruq berdim. Biz tankni, BMPni (piyodalar jangovar maşinasi) aniq nişonga oldik. Biz texnikalarni yöq qildik, köprikni tösib qöydik va duşman çekindi. Şu vaqtda menga ştab boşliği qönğiroq qildi va zudlik bilan Aleşki tomon harakatlanişga buyruq berdi, çunki ularni qurşab olişayotgandi».

«Endi Sergiyivka atrofidagi köprikni mudofaa qilişdan ma’no qolmagandi. Raqib allaqaçon Nova Kaxovkaga yetib borgan va Dniproning öng sohiliga desant tuşirgandi», deya izohlaydi Palçenko.

Aleşkida esa Palçenko yangi topşiriq oladi - allaqaçon rossiyalik harbiylar nazorat qilayotgan Antonov köprigi böylab yorib ötiş. Bu vaqtda Ukraina qurolli kuçlari şoşilinçda çekinayotgandi va agar köprik tösib turilmasa, ular qurşovda qolişi mumkin edi.

«Biz köprik yaqinidagi politsiya postidan ötişimiz bilan öng tomondan raqib ham paydo böldi - tankka qarşi barça vositalari bilan. Men ularga pulemyotdan oçdim. Qoçişga tuşganlarga ikkita tankim ortdan zarba berdi. 50 metr yurganimizdan söng çap tomondan ham köp sonli duşman kuçlari çiqib keldi. Darhol öngda BMPni körib qoldim va navodkaçimga baqirdim: «Şeva, uyoqda BMP!» U javob qaytardi: «Köryapman». Bitta oskolkali snaryad bilan uni yakson etdik. Portlaş va maşina yonib ketdi. Duşman qoça boşladi».

Palçenko batalon komandiriga köprik egallangani haqida xabar berişi bilan harbiylar Dniproning öng sohiliga ötişni boşlagan. «Roppa-rosa ikki soat davomida texnika ötdi. Yaradorlar juda köp edi, KAMAZlar, pastdan ham, tepadan ham odamlar piyoda ötib kelardi. Halok bölganlar ham köp edi. Odamlarni şunçaki olib ötişardi. Bu kolonnada oddiy aholi vakillari ham bor edi».

Köprikdan ötişning özi ikki soat vaqt olgan bölsa, demak Ukraina Xerson oblastida katta kuç joylaştirgandi. Ammo ma’lum böladiki, Kiyev Qrim tomondan bu qadar katta tezlik bilan yorib ötilişiga tayyor bölmagan. Yakunda Ukraina qöşini bosqinning ilk soatlaridayoq çekinişga majbur bölgan.

«Havo hujumidan mudofaa tizimlari yöq holda raqibni qanday töxtatib turiş mumkin? deya savol qöyadi Palçenko. - Ularning aviatsiyasi şunçaki uçib kelar va köplab aviatsiya bombalarini taşlar va hammayoq şunçaki portlardi. Şu tariqa, katta miqdordagi jonli kuçlar va texnikalar yöq qilingan».

Aftidan, Rossiya qöşini ular tezlik bilan harakatlanişiga işonişgan. Tezlik katta ahamiyatga ega edi, şuning uçun ularning taktikasi katta şaharlarni aylanib ötiş, ularni örab oliş va yana oldinga harakatlanişga qaratilgandi.

2022 yil avgustida BBC naşriga bergan intervyusida Mikolayiv mudofaasini boşqargan general-mayor Rossiya rejasida Mikolayivni örab oliş uçun ikki kun, Odessa uçun uç kun ajratilgan bölganini aytib ötgandi. Bu ma’lumotni ular paraşyut-desant polki ştab boşliğidan olib qöyilgan xarita bilan izohlaşgan.

«Ular avval boşdan şaharga kirişni reja qilmagandi. Ular Baştanka orqali Voznesankka ötib, katta halqa hosil qiliş, keyin uni şaharning ğarbiy çegaralarigaça toraytirişni közlaşgandi. Ular biz Varvarovskiy köprigini portlatişimizni tuşunib turardi va şu tufayli uçta parom keçuvi örnatişga tayyorlanişgandi. Odessagaça yetib boriş va desant tuşirilişini ta’minlaş uçun bu keçuvlar orqali ikkitadan batalon-taktik guruhlari ötişi kerak bölgan», deydi Marçenko.

Ğarb Ukrainaga işonmagandi

Rossiya qöşini raketa zarbalari berişga va Ukraina çegarasini kesib ötişga kirişgaç, Ğarb davlatlari yetakçilari orasida Zelenskiyga birinçi bölib qönğiroq qilgan odam Buyuk Britaniyaning öşa vaqtdagi boş vaziri Boris Jonson böladi. Bu vaqtda Londonda ertalab soat 4 edi.

«Ğarb davlatlari Ukraina bardoş berişiga umuman işonişmagandi. Ular biz uç-beş kun kuraşişimiz va taslim bölişimiz haqida öylaşgan. Aynan şuning uçun AQŞ va boşqa mamlakatlar oğir qurollar berişni istaşmadi. Ular toliblar Afğonistonni qanday qaytarib olganini unutişmagandi va ularning qurollari rossiyalik harbiylar qölida paydo bölişidan xavfsirardi», deydi Danilov.

«Bosqin boşlanganidan keyin Ğarb davlatlari nima qilişni maslahat berişdi?» deya söraydi muxbir.

«Ular bizga partizanlik uruşini taklif etişdi», deya javob qaytaradi Danilov.

24 fevral tongida Rossiya desanti Antonov köprigi yaqiniga taşlanganida harbiy komissar ham Aleşkidagi hududiy mudofaa guruhiga aynan şuni taklif qiladi - bu vaqtda ular amalda Ukrainaning asosiy kuçlaridan uzilib qolgandi.

Vasiliy va uning guruhi bu öz joniga qasd qiliş bilan barobar ekanini tuşunib turardi. Rossiyaliklarda Donbassda xizmat qilganlarning barçasining röyxati bölgan. «Ular bizni şunçaki otib taşlardi», dedi u.

Vasiliyning sözlariga köra, Ukraina xavfsizlik xizmatining Aleşkidagi ofisi yopiq, uning xodimlari esa şahar qurşovga tuşişidan oldin ketib ulgurgandi. «Politsiya bölimidagi qurollar ham olib ketilgandi», deydi Vasiliy.

Yakunda ular qayiq orqali Dniproning öng sohiliga suzib ötişga qaror qilişadi.

Xersondagi vaziyat ham sarosimali edi. Politsiya bölimlari yopilgandi. Harbiy komissariat xodimlari fuqarolik formasini kiyib olişgandi. Heç kim izçil mudofaani yölga qöyiş haqida öylamasdi.

Xersonlik faol, istilo vaqtida bir neça oy şaharda qolgan Konstantin Rijyenkoning hikoya qilişiça, mahalliy rasmiylar va aholi örtasida heç qanday kommunikatsiya bölmagan. «Odamlar nimaga tayyorgarlik körişi kerakligini tuşunişi uçun şahar ayni vaqtda qanday holatda ekani, heç bölmaganda mudofaa kuçlari qanday holatda ekani haqida heç qanday ma’lumot yöq edi», deydi u.

Şu tufayli odamlar avvaliga nima qilişni bilmay qolişdi, keyin esa bu odamlar özini özi mudofaa qilişiga töğri keldi. Ayrimlar mas’uliyatni zimmasiga olişdi va mahalliy hududiy mudofaa otryadlarini şakllantirişdi.

1 mart kuni tongda ular avtomat va Molotov kokteyllari bilan şaharni mudofaa qiliş uçun çiqişdi. Ular Siren parkiga yiğilganida ular tomon duşmanning zirhli texnikasi yurib bordi va himoyaçilarning deyarli barçasi halok böldi.

Mudofaa rejasi bölmagan

Mikolayivda Xersonning qismati takrorlanişi mumkin edi. Ammo möjiza röy beradi va mahalliy aholi vakillarining köpçiligi aytişiça, bu möjizaning nomi - general Marçenko edi.

General-mayor Dmitro Marçenko Mikolayiv aholisini şahar mudofaasi uçun uyuştirişga muvaffaq böldi va bu Rossiyaning Ukraina janubidagi bosqinida buriliş yasadi. Foto: Dmitro Marçenko

«25 fevral kuni ertalab soat 04:00 da Mikolayivga bordim, va, yumşoq qilib aytganda, hang-mang bölib qoldim. Birorta blokpost, birorta patrul, birorta harbiy, birorta politsiyaçi yöq edi. Şahar böşab yotgandi, böm-böş. Soat 04:00 - kel va egalla», deydi Marçenko.

«Harbiy qismlarni aylandim. Özimning qadrdon 79-brigadamga bordim. 36-brigadaga. Söradim: «Sizning vazifangiz qanaqa?» Ular aytişdi: «Harbiy qismni hartomonlama himoya qiliş». Men aytdim: «Siz tuşunmaysizmi, agar tanklar şaharga kirsa, sizning hartomonlama himoyangiz [qulaşini]?»

«26 fevral holatiga şahar mudofaasi rejasi yöq edi, holbuki bu 23-sanadayoq bölişi lozim edi. U şunçaki yöq bölgan. U qayerdaligini söraganimda, şunday deyişgan: «Biz hali xaritani yopiştirmadik». Men aytdim: «Sizlar normal odammi? Xersonni egallaşdi, siz esa hali xaritani tayyorlamadingizmi?»

Va baribir Mikolayivda Xersonda bölmagan narsa bor edi - vaqt. 59- va 80-brigada qismlari duşman bilan noteng janglarga kirişib, Mikolayiv mudofaasini tayyorlaş uçun bir neça kun bölsa ham vaqtdan yutib berişadi.

Antonov köprigi uçun jang

Ukraina qurolli kuçlarining asosiy guruhi Antonov köprigi orqali ötgaç va Mikolayiv tomonga çekingaç, katta leytenant Yevgeniy Palçenko mansub bölgan batalon köprikni tösib, Rossiya qöşinlarini töxtatib turiş uçun qoladi.

«Yarim tunda şunday «vaqtiçoğlik» boşlanadi: bizga minomyotlardan öq yoğdirişadi, behisob K-52 vertolyotlari va qiruvçilar yopiriladi, barçasi ustma-ust. Artilleriya, otişmalar, öngdan ham, çapdan ham diversiya-razvedka guruhlari keladi», deya eslaydi Palçenko.

Bundan oldin esa Yevgeniy Palçenko tanklarni joylaştirib çiqadi va ularga vazifalar belgilab beradi, çunki aloqa butunlay öçirib qöyilgandi. «Men öz tankimdan taxminan 150 metr masofada turgandim, şu payt «FAB-500» aviatsiya bombasi portladi. Uçinçi rotaning vzvod komandiri halok böldi».

«Men bir lahza ham öylamasdan avtomatni yelkamga taşladim va bor kuçim bilan tank tomon yugurdim. Menda şunday hissiyot bölgandiki, uç soniya içida uning içida edim. Şunçaki şokka tuşiruvçi vaziyat, nima bölayotganini tuşunmaysan. Tankka sakrab tuşdim, lyukni yopdim - va batalon komandiri baqirib qoldi: «Çap qanotga öt oç! Meni öqqa tutişmoqda».

23 yoşli Yevgeniy Palçenko Rossiya bosqinining ilk kunlarida Antonov köprigi mudofaasiga rahbarlik qiladi va keyinroq Ukraina Qahramoni sifatida taqdirlanadi.

«Bizga ham zarba kelib tekkan, tizim işlamasdi. Biz barçasini qölda bajardik, xuddi avvallari T-34 tankida bölganidek. Men navodkaçimga baqirdim: «Teskari peredaça (harakatni maşinaning bir qismidan boşqasiga ötkazuvçi mexanizm)ni yoq!» Mexanik orqaga yurdi, öng riçagni tortdi - tank aylandi, minorasi ham. Va Şeva kombatga öt oçilayotgan binoni körib qoldi. Men darhol qiçqirdim: «Şeva, öt oç!» U öşa yerga avval bir snaryad uçirdi, keyin ikkinçisini. Men yana baqirdim: «Yana bitta!» Va bu bizning batalon komandiriga öqlar ostidan çiqib ketişga yordam berdi».

Jang bir soatga yaqin davom etadi va tankçilar katta yöqotişlarga uçrab, öqlar yomğiri ostida Molodejnoye qişloği tomon çekinişga majbur böladi. Katta leytenant Palçenkoning sözlariga köra, öşanda batalondan bitta rota qolgandi.

Ammo tez orada ular Antonov köprigiga qaytişga buyruq oladi, çunki bu vaqtga kelib bu yerga 80-brigada desantçilari olib kelingan va ular Rossiya kuçlarini köprik atrofidan çekintirgandi. Yölga çiqqan yetti tankdan törttasi yölda öçib qoladi - yonilği tugagandi. Palçenko özining nosoz tankida va yana ikki maşina köprik tomon harakatlanişda davom etadi. Uning tankini granatomyotlardan otilgan snaryadlar çaqini ta’qib etadi, ammo har safar möjiza röy berib u tutun pardasi orasidan beşikast çiqib kelaveradi.

Batalon komandiri tankini urişganidan keyin, Yevgeniy Palçenko Antonov köprigi mudofaasidagi eng katta ofitser bölib qoladi. Öşa tunda u yana bir neça bor ortga çekinadi va desantçilarni qöllab-quvvatlaş uçun köprikka qaytadi. Öşanda u 23 yoşda edi - va keyinroq Ukraina qahramoni unvoni bilan taqdirlanadi.

Hujum töxtatib turilişi

Ukrainaning Xerson mudofaasidagi muvaffaqiyatsizligi köplab javobsiz savollarni qoldirgan. Ammo Ukraina qöşini Xersonni jangsiz topşirgan deyiş töğri emas. Qurolli kuçlar muşkul vaziyatda duşman yurişini imkon qadar uzoq vaqtgaça töxtatib turiş uçun çoralar köradi.

25 fevral kuni tuşga yaqin Rossiya desantçilari va oğir texnikalari Antonov köprigidan öta boşlaydi. Öng sohilda ular darhol Palçenkoning tank guruhi va köprik mudofaasi uçun taşlangan boşqa bölinmalar bilan jangga kirişadi. Ammo kuçlar teng emasdi. Aviatsiya ukrain bölinmalari ustidan bombalar taşlaydi, tez orada Rossiya artilleriyasi ham yetib kelib butun hududni öqqa tuta boşlaydi.

Palçenko va boşqa tankçilarda esa snaryadlar tugab qoladi. Unga Mikolayivga çekinişga buyruq beriladi. Ammo şaharga yaqinlaşganda uning guruhi yana ortga buriladi va Antonov köprigiga qaytiş böyiça buyruq oladi. Bu vaqtga kelib u yerga ukrain artilleriyasi yetib borgan va çap sohildagi Rossiya texnikalarini öqqa tuta boşlagandi.

Keyingi kuni, 26 fevralda, Ukraina qöşini Çernobayivkaga çekinadi, bu joy keyinroq Rossiya kuçlariga eng köp zarba berilgan joy sifatida maşhur bölib ketgandi.

Şu kuni duşman kutilmaganda Xerson tomondan çiqib keladi, holbuki bu vaqtda şahar Rossiya qöşini tomonidan egallanmagandi. Şu vaqtda piyodalar pozitsiyalarini taşlab, maşinalarda Mikolayiv tomon yölga tuşadi. «Komandirga qönğiroq qildim va söradim: «Piyodalar qayoqqa yöl oldi?» U aytadi: «Sen haliyam öşa yerdamisan? Sen haqda unutibman. U yerdan ket, u yerda biznikilar qolmadi». Va bunday holat ikki kun içida beş yoki olti marta sodir böldi - meni şunçaki pozitsiyada unutib qoldirişardi», deydi Palçenko.

«Men göşakni qöyişim bilan öng tomondan biz tomon kuçaytirilgan rota kelayotganini kördim. Özimiznikilarning barçasiga raqib öng tomonda ekanini aytdim. Va şu payt mening tankimga snaryad uçib keldi. Minoraga tegdi. Quloqlarni tom bitdi. Burundan qon oqdi. Men öz ekipajimga baqirdim: «Çiqinglar, biz yonyapmiz!» Şunda yana bir snaryad keladi - portlaş böladi, hammayoq gumburlaydi».

Yonayotgan tankdan çiqib olgan Palçenko jamoaga çekinişni buyuradi. U kontuziya holatida omon qolgan uçta tankdan biriga çiqadi va ular Mikolayiv tomon çekinadi.

Mikolayivdagi safarbarlik

Mikolayiv mudofaasi tarix darsliklariga kiradi, çunki bu uruşda buriliş pallasi edi. Rossiya qöşinlarining yaşin tezligida yuz bergan hujumi aynan şu yerda töxtab qoladi. Bu yerda ular qattiq qarşilikka uçraydi va keyin uloqtirib taşlanadi.

Şaharga kelgan general Marçenko tezlik bilan odamlarni safarbar qila boşlaydi va barça xohlovçilarni mudofaaga qöşilişga çaqiradi.79-brigadaning asosiy bölinmalari Donbassda edi, 36-brigada esa Mariupoldagi şiddatli janglarda qatnaşayotgandi. 79-brigada harbiy qismida 120 kişi qolgandi, ammo ikki kun içida ukrain harbiylari safiga yana bir yarim ming kişi qöşiladi.

«Biz ularni kiyintirdik, poligonga olib bordik, otiş maşqlarini bajartirdik. Bu yerga 2014 yilda jang qilganlardan ham köpçilik keldi. Ya’ni harbiy tayyorgarlik bölgan», deya hikoya qiladi general Marçenko.

General Marçenko barçani - politsiyaçilar, milliy gvardiyaçilar, hududiy mudofaa a’zolarini birlaştiriş va mudofaaga qöşişga muvaffaq böladi. Mikolayiv tört qismga ajratiladi, mas’ullar tayinlanadi. Har bir bölinmada tankka qarşi zaxira kuçlari taşkil etiladi - granatomyotlar bilan ta’minlangan bu guruhlar agar şaharga tanklar kirsa, oldinga çiqarilişi kerak edi.

Muammo kommunikatsiyada edi. Bunday holatda Rossiya qöşini şaharga qaysi tomondan kirişini qanday biliş mumkin edi?

Şunda Mikolayiv oblasti gubernatori Vitaliy Kim yordamga keladi. U odamlarni yiğib, ularga vazifalar bölib beradi - ular şaharga kirişdagi çorrahalarda joylaşib, signal postlari taşkil etişi kerak edi. Bu rejaga köra şaharga tanklar kela boşlaganida şinalar yoqilişi va bu tankka qarşi guruhlar uçun möljal oliş imkonini berişi kerak edi.

Oddiy odamlar

Fuqarolik va harbiy tuzilmalarning özaro muvofiqlikda harakatlanişi muvaffaqiyatning asosiy omillaridan biri böladi.

«Vitaliy Kimning odamlar bilan aloqasi juda zör edi - va bizda barçasi juda tez va yaxşi taşkillaştirildi. U aytardi: «Nima kerak?» «Ekskavatorlar» deyman. Ekskavatorlar tezda yetib keladi va yerni qaziy boşlaydi. U yana söraydi: «Nima kerak?» Men deyman: «Beton bloklar va tankka qarşi tösiqlar tayyorlang». Yarim kun ötib bloklar va tösiqlar paydo böladi».

Mahalliy aholi muntazam ravişda ma’muriyatga qönğiroq qiladi va duşmanning harakati böyiça ma’lumotlarni yetkazib turadi. Bu ma’lumotlarning barçasi xaritada qayd etiladi, koordinatalar artilleriyaçilarga yuboriladi.

Xersondagidan farqli ölaroq, Mikolayiv oblastida  suğoriş kanallari orqali ötgan uçta köprikdan ikkitasi 2014 yilda Donetsk aeroporti uçun jangda qatnaşgan, Oliy rada deputati bölgan Roman Kostenko boşçiligida şoşilinç tarzda tuzilgan maxsus topşiriqli kuçlar guruhi tomonidan portlatiladi.

Uçinçi köprik minalaştiriladi va unga artilleriya töğrilanadi. Rossiyaliklarning Mikolayivga yuriş qilgan barça texnikasi şu köprik tomon oqib kela boşlaydi. Birinçi tank kanaldan öta boşlaganida köprik portlatib yuboriladi, artilleriya esa uşbu keçuv atrofida turganlarning barçasini öqqa tuta boşlaydi.

Rossiyaliklarning Mikolayiv ostonasida yakson etilgan tanki. Foto: Dmitro Marçenko

Rossiyaliklarning ilğor guruhi Voznesenskka yorib kirganida, general Marçenko barça kuçni ularni asosiy guruhidan uzib qöyiş uçun yönaltiradi.

«Artilleriyaçilar u yerdagi barça narsani sindirişdi, - deya eslaydi u. - Mening ixtiyorimdagi spetsnaz, 3-polk, 7-polk - bu odamlarning bari ğayrat bilan jöşib borardi. Biz telefon rejimida edik. Ular aytişardi: «Vazifa qanday?» «Kolonna turgan joyga boring va zarba bering». Ular sakrab tuşib, avval birinçi maşinaga, keyin oxirgisiga va örtadagisiga zarba berişadi va ketişadi. [Rossiyaliklar] soçilib ketadi, yöldan çetga çiqadi. Biz ularning jangovar tartibini buzgandik va amalda bu bizni qutqardi».

Voznesensk orqali harakat Mertvovod daryosi ustidagi şahar köprigi portlatilgani tufayli töxtab qoladi. Uç kunlik janglardan keyin rossiyaliklarning ilğor guruhi 80-brigada desantçilari bosimi ostida çekinişga majbur böladi. Ularni esa Mikolayivdan çiqqanlar qarşi olişadi va yakson etişadi.

«Biz ularni daf etganimizda, - deya eslaydi general Marçenko, - bizda şunday buriliş pallasi röy berdi, biz özimizga işona boşladik, jangçilar qarşilik körsatişayotganini, [rossiyaliklar] qörqib, qoça boşlaganini tuşunişdi. Biz ularni asir ola boşladik, ularning texnikalarini ölja qilişni boşladik. Va men şunday iştiyoq bilan barçaga ularni uloqtirib taşlaş kerakligini aytdim. Biz ularni şahardan Xerson bilan ma’muriy çegaraga qadar çekintirdik».

Rossiyaliklarning Mikolayiv ostonasida yakson etilgan «Tigr» harbiy maşinasi. Foto: Dmitro Marçenko

«Agar butun xalq mudofaaga çiqmaganida, buning barçasiga erişib bölmasdi», - deydi general Marçenko. «Şunçaki oddiy odamlar askarlar bilan birga okop qazişdi. Miltiqli ovçilar blokpostlarda turişdi. Birgina Baştankadagilarni olaylik - ular haqida film işlaş mumkin. Ular kuniga 30 nafargaça asir olişar, duşman texnikasini öqqa tutişar va tortib olişardi».

Mikolayivning muvaffaqiyatli mudofaasi evaziga Rossiya baribir Odessaga desant tuşira olmaydi. Bu uçastkadagi muvaffaqiyat Xersonning kelgusida ozod etilişi uçun platsdarm ham taqdim etadi.

Ammo Mikolayiv bilan boğliq tarix şuni körsatadiki, Xerson halokatli qulaşining oldini oliş mumkin edi. Buning uçun köpriklarni portlatiş, ertaroq safarbarlik ötkaziş, qöşinlarni öz vaqtida çegara yaqiniga joylaştiriş, samarali kommunikatsiya va şaharlar mudofaasini rejalaştiriş - bu işlar amalga oşirilganida, Rossiyaning Ukraina janubidagi yurişi mutlaqo boşqaça yakunga ega bölardi.