BMT Boş assambleyasining maxsus sessiyasi iştirokçilarining aksariyati 23 fevral, payşanba kuni keçqurun «Ukrainada keng qamrovli, adolatli va mustahkam tinçlik örnatiş» va Rossiya qöşinlarini mamlakatdan töliq olib çiqişga çaqiruvçi rezolyutsiya uçun ovoz berdi. Hujjatni 193 davlatdan 141 tasi yoqladi, 7 ta davlat – Belarus, Mali, Nikaragua, Rossiya, Suriya, Şimoliy Koreya va Eritreya vakillari qarşi ovoz bergan, 32 davlat, jumladan, Hindiston va Xitoy betaraf qolgan.

Şu paytgaça BMTning Ukrainadagi uruş böyiça rezolyutsiyasi eng köp ovozni ötgan yilning oktyabr oyida töplagan, öşanda 143 davlat Rossiyaning Ukrainaning Luhansk, Donetsk, Xerson va Zaporijjya viloyatlarini annexia qilganini qoralagan edi.

Xalqaro huquqqa köra, BMT Boş assambleyasi rezolyutsiyalari majburiy emas.