2023 yil 1 apreldan 2024 yil 1 mayga qadar eksperiment tariqasida respublika budjetidan paxta va (yoki) ğalla yetiştirişga ixtisoslaşgan fermer xöjaliklariga ularning işçilarining mehnatga haq tölaş tarzidagi daromadlari böyiça tölangan jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliğini bir vaqtning özida quyidagi şartlarga rioya qilinganda qaytarib beriş tartibi joriy etiladi:
- qişloq xöjaligiga möljallangan har bir gektar yer uçun oyiga kamida bir nafar işçining bandligi ta’minlanganda;
- har bir nafar işçi uçun oyiga mehnatga haq tölaş tarzidagi daromad mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorining bir baravaridan kam bölmagan miqdorda belgilanganda;
- paxta va (yoki) ğalla yetiştirişga ixtisoslaşgan fermer xöjaligi ötgan yil yakuni böyiça Soliq kodeksining 57-moddasi talablariga javob berganda.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qömitasi bir oy muddatda respublika budjetidan paxta va (yoki) ğalla yetiştirişga ixtisoslaşgan fermer xöjaliklarining hisobraqamlariga ularning işçilarining mehnatga haq tölaş tarzidagi daromadlari böyiça tölangan jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliğini hisobot oyidan keyingi oyning 25 sanasidan keyin töliq miqdorda qaytarişning avtomatlaştirilgan tizimini işlab çiqadi.
2023 yil 1 apreldan boşlab tadbirkorlik sub’yektlari yangi qurilgan köp qavatli işlab çiqariş binolari, şu jumladan, 2023 yil 1 yanvardan keyin foydalanişga topşirilgan binolar yuzasidan (respublikaning şaharlari, şuningdek, Toşkent viloyatining Zangiota, Qibray va Toşkent tumanlarida joylaşgan binolar bundan mustasno) yuridik şaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq böyiça hisoblangan summani uç qavatli binoga – 0,9, tört qavatli binoga – 0,8, beş qavatli binoga – 0,7, olti qavatli binoga – 0,6, yetti va undan yuqori qavatli binoga – 0,5 pasaytiruvçi koeffitsiyentni qöllagan holda, bino foydalanişga topşirilgan oydan boşlab 3 yildan ortiq bölmagan muddatga tölaydi. Bunda, uşbu bandda belgilangan pasaytiruvçi koeffitsiyent:
- mahsulot işlab çiqariş böyiça faoliyatni amalga oşiriş uçun zarur bölgan yordamçi xonalar bilan (ofis uçun xonalar va özi işlab çiqargan mahsulotlarni sotiş uçun, kasbni egallaş maqsadida taşkil etilgan öquv-işlab çiqariş xonalari va h.k.) birga, agar ularning maydoni yangi qurilgan köp qavatli işlab çiqariş binosi umumiy maydonining 20 foizidan oşmagan bölsa;
- işlab çiqariş maqsadlarida bino bir neçta xöjalik yurituvçi sub’yektlar tomonidan birgalikda foydalanilayotgan bölsa, bunday binoning har bir mulkdori tomonidan qöllanadi.












