
2022 yil 24 fevrali tongi köpçilik ukrainlar uçun hayotidagi eng oğir iztiroblar boşlanişi bölgandi. Rossiya bosqinidan omon qoliş uçun millionlab kişilar bir soat içida öz uylarini taşlab çiqdi, yaqinlari bilan vidolaşdi va şu vaqtgaça faqat kinolarda körilgan keçinmalarni boşdan ötkazdi. Xarkiv, Zaporijjya va Mariupoldan bölgan tört ukrainalik ayol bir yil ötib uruş ular uçun qanday boşlanganini xotirladi.
Oksana. Xarkiv
«24 fevralga qadar men özimni dunyodagi eng baxtli ayol deb bilardim. Ba’zida özimga ham hasad qilganman».
33 yoşli Oksananing – uni yaqinlari Ksyuşa deb ataşadi – mehribon oilasi, muvaffaqiyatli biznesi, tez-tez sayohat qiliş imkoniyati, öz uyi, yangi maşinasi bor edi. 2021 yil dekabrida Oksana sevimli insoniga turmuşga çiqadi, 2022 yilning 23 fevral kuni esa yangi qurilgan uylardan sotib olgan kvartirasi kalitlarini oladi.
Şu kuni u şaharni uzoq aylanadi – ta’mirlaş işlari uçun kerakli materiallar tanlaydi, mebel buyurtma qiladi. Keç kirganida, avtomobilini garajga olib kirayotganida, Oksana benzin juda kam qolganini payqab qoladi. «Ertaga quyib olaman», deya xayol qiladi u.

Ertalab Oksana soat beşga yaqinlaşganida uyğonadi – uning Xarkiv atrofidagi kvartirasining derazalari titrardi, deraza ortidagi avtomobillarning signalizatsiyalari çinqirardi. Ilk soniyada u buni momaqaldiroq va çaqmoq bölsa kerak deb öylaydi.
Oksana derazaga yaqinlaşadi va olov içida qolgan yonilği quyiş şoxobçasidan köz uzolmay qoladi. U bu portlaş ovozlari ekanini anglaydi – ovozlar şu atrofdagi harbiy qism tomondan kelardi. Atrofda hamma narsa yonardi. Endi Oksanada aslida nimalar röy berayotganiga şubha qolmaydi.
Rossiya armiyasi 24 fevral kuni, uruşning ilk kunidayoq şaharga hujum qilgandi. Rossiyadan Xarkivga eltuvçi yöllarda, oğir texnikalar va artilleriya iştirokida janglar ketayotgandi. Rus tanklari şaharning şimoliy-ğarbiy çekkasiga yaqinlaşib keladi. Ukraina tankka qarşi majmualari bilan qarşi çiqadi.
Oksana erini uyğotadi. Ular tezda kiyinişadi, ustlariga puxovik taşlaşadi. Ksyuşaning kiçik ryukzagiga pasport, telefon va pauerbank (quvvatlagiç) joylanadi. Sovuq taşqariga otilib çiqişadi. Atrofda vahimaga tuşgan odamlar yugurişardi.
Uyga ukrain tanklari yaqinlaşib kelib, köça böylab tiziladi. «Otişma böladi», – deya öyladi Oksana. – Hozir biz tomonga otişadi, tanklar javob qaytaradi».
Butun oila şahar çekkasida yaşardi – bu eng xavfli joy bölib çiqdi. Şahar markazidagi yertölaga ega xususiy uyi bor tanişlarnikiga borişga qaror qilinadi – u yerda portlaş ovozlari bu qadar qörqinçli eşitilmasdi. Ketayotib Oksana ular keçgaça, barçasi ötib ketgunça yertölada ötirişlari haqida xayol qiladi.
U şundan keyin öz uyini boşqa körmaydi.

Ikkinçi kun Oksananing eri dökonga çiqadi – oziq-ovqat tugagandi. Yarim soat ötib u buxanka non va çipslar bilan qaytadi – bular supermarketda topilgan bor narsalar edi. Ona qolgan mahsulotlardan şörva qaynatadi, buxankani teng bölişadi.
Kunlar birin-ketin öta boşlaydi. Har tongda Oksana öylaydi: «Hozir biroz şu yerda ötiramiz, keçqurun uyga ketamiz». Ammo keçasi otişmalar davom etadi.
Uçinçi kun Oksana va eri kvartira sotib olgan yangi uyga rossiyaliklar snaryadi kelib tuşadi. Şu kuni oila Ksyuşaning ota-onasining uyi ham vayron bölganidan xabar topadi.

«Eng qörqinçlisi – bu tun. Sen yotasan, uy ustidan dronlar uçib öta boşlaydi. Ular şu qadar pastlab va şovqin solib uçadiki, hozir tomga urilib ketadi deb öylaysan. Qörquv içida yotasan, titraysan va qaltiraysan. Polga yiqilasan, qöllaring bilan boşingni yopasan va tuşunasan: bu şunçaki özni saqlaş instinkti, bu yordam bermaydi».
Oksana har yarim soatda sakrab turmasdan, normal uxlaşni, duş qabul qilişni, normal ovqat yeyişni orzu qilardi.
Bir haftadan keyin yana boşpanaga qaytib tuşişga ortiq toqat qolmaydi. Ksyuşa karavotda yotar va öylardi: nima bölsa bölsin. Raketa tuşadimi – tuşsin. Yaşirinişga ortiq kuç qolmadi. Sevimli işingga şunça e’tibor va mehnat ajratasan. Haftasiga yetti kun, 24 soatdan işlaysan. Barçasidan bir soatda mahrum etişadi.
Keyingi kuni snaryad Oksananing yana bir uyiga, köçişdan oldin yaşagan uyga tuşadi. Kvartira omon qolmaydi.
Oilada janjallar çiqa boşlaydi – heç qanday sababsiz. Odamlar jazavaga tuşadi, asablar doş bermaydi, tajovuzkor va jahldor böla boradi. Oksana eri bilan şunday qattiq janjallaşadiki, ikkisi ham qizişib, ajraşiş haqida baqira boşlaşadi. Keyin divanga çökişadi: «Uruş, bizga qiyin, kel, uruşmaymiz».

Yertölada keçgan ikki haftadan keyin şahardan ketişga qaror qilişadi. Otişma va bombardimonlar ostida Ksyuşa va turmuş örtoği garajga yetib oladi. Maşina butun turgandi – ammo benzin qariyb yöq edi.
Yaqindagi şoxobçada uç soat navbatda turişadi – benzin yetmaydi. Keyingisida yana uç soat navbat – va yana samarasiz.
Uçinçi zapravkada Oksana navbatda oxirgi edi, ammo undan oldinda – faqat olti maşina bor edi. Şu vaqt xodim çiqadi va ovoz kuçaytirgiç orqali e’lon qiladi: «Bizda atigi 150 litr qoldi». Yana unga yetmaydi.
Oksana közda yoş bilan yugurib çiqadi va navbatda turganlarga ötina boşlaydi: «Iltimos, kelinglar bölişaylik. Hammaga yetişi uçun har bir maşinaga 20 litrdan bölsa ham!»
Oksanaga 20 litr quyib berişadi – bu zapravkada qolgan oxirgi benzin edi.
Şaharni otişmalar ostida tark etişadi. Aniqroği, Dnipro tomon yölning dastlabki 50 kilometri Xarkivdan jönab qolişga uringanlar çiqqan son-sanoqsiz maşinalar tirbandligi bilan bosib ötiladi.

Dniprogaça masofa – jami 220 kilometr uç soatlik yöl hisoblanadi. Oksana esa eri bilan kun davomida yöl bosadi. Yöl tinç emasdi. Şu kunlarda qor yoğgan, maşinalar muzlagan yölda sirpanar va aylanib ketar, bir-biri bilan töqnaşardi.
Şaharga yaqin qolganida kapot ostidan qora tutun çiqa boşlaydi. Maşina zirillab ketadi. Adoqsiz tirbandlik örtasida turib, maşina köp yura olmasligini tuşungan Ksyuşa qarama-qarşi yönalişga çiqib, harakatlana boşlaydi, yöl-yölakay tirbandlikda turganlardan uzr sörab boradi.
Baribir yetib borişga ulgurmaydi – avtomobil töxtab qoladi. Yaqin şoxobçagaça uni itarib borişga töğri kelardi – dvigatel yonib ketgandi.
Oksana avtomobilga – öz puliga sotib olgan ilk maşinasiga, baxtli hayotining bir bölagiga qaraydi. U uruş öçoğidan olib çiqa olgan yagona qimmatli narsasi endi – bir uyum metallolomga aylangandi.
Qaltirayotgan qöllari bilan Oksana Xarkivda qolgan otasining raqamini teradi va undan kelişni söraydi. Sovuq va böşab qolgan şoxobçada soatlab kutib turadi.
Ota oilani Dniproga eltib qöyadi. Bu yerdagi odamlar köçalar böylab erkin yurar, oziq-ovqat sotib olar, yonilği quyiş şoxobçalarida haydovçilar stakanlarda qahva höplardi. «Biz esa kimsasiz oroldan qoçib kelgan yovvoyilar kabi edik».

Keyingi kuni Oksana otasi bilan şaharni kezib evakuator qidiradi – ular yölda taşlab kelingan maşinani olib kelib, tuzatmoqçi edi. Evakuator topiladi, ammo keyingi ikki haftada Oksana maşinani Dniprodagi barça ustaxonalar böylab sudrab yuradi: uruş tufayli heç kim tuzatib bera olmasdi – ehtiyot qismlar yöq edi.
15 mart kuni Rossiya Dniprodagi aeroportga zarba beradi. Raketalar uçiş-qöniş polosasini vayron qiladi va terminalga ham şikast yetkazadi.
Keyingi kuni Oksanaga qönğiroq böladi. Şikastlangan aeroport oldidagi ustaxonadagilar maşinani tuzatişga va’da berişadi – ular tört ming dollar evaziga işlatilgan dvigatelni Odessadan olib kelib örnatib berişga tayyor edi.
«Qörqmasang, olib kel», deyişadi ustaxonadagilar.
«Men uni şunçaki bir uyum temir-tersakdek taşlab yuborgandan köra, tuzatib, uç kopeykaga bölsa ham sotişga qaror qildim. Özimning sönggi jamğarmamni maşina uçun sarfladim». Avtomobil tuzatiladi va sotiladi.
Oksana eri va ota-onasi bilan tanişlarining Dnipro yaqinidagi hovlisiga joylaşadi. Bu xilvatdagi kiçik uyça edi: bir tomoni – örmon, boşqa tomonida – daryo irmoği. Eng yaqin dökon – beş kilometr masofada. Yaqindagi uylardan biridan xonadon tuxumi va kartoşka sotib oliş mumkin edi. Bu yerda Oksana ilk marta toza kiyimlarini kiyib oladi.
Bu yerni öqqa tutişmasdi.
«Bu ham miyaga bosim ötkazadi. Ötirasan va öylaysan: barçasi vayron bölgan, qaytadigan joyning özi yöq, oldinda nima kutayotgani – tuşunarsiz. Çiroyli hayot bor edi va bir lahzada gadoga aylandim. Pul yöq, uy yöq – heç narsa yöq. Muvaffaqiyatli hayot va bularning bari örtasi – bir kun, 24 fevral. Hayot esa davom etmoqda. Men tuşundim: ortga qaytib bölmas ekan, oldinga yuriş kerak».
Aprel oyi boşida eri Oksanani Dnipro atrofidagi qişloqdan Ukraina ğarbiga, Ruminiya bilan çegaraga olib boradi. Ammo uning özi buyoğiga unga hamrohlik qila olmaydi.
Oksana çegaradan yolğiz ötadi. U tomonda duç kelgan köngillining oldiga boradi. Uni baptistlar çerkovi tomonidan oçilgan qoçqinlar uçun markazga joylaştirişadi. Maydoni uç metrga uç metr bölgan xonada sakkizta örin bor edi, erkaklar va ayollar birgalikda yaşardi. Ammo har kuni uç marta ovqatlantirişar, almaştiriş uçun kiyim berişardi.

Uruş boşidan buyon Oksananing Avstraliyadagi tanişi uni öz oldiga çaqirardi. Internetda Oksana Avstraliya ukrainaliklar uçun maxsus viza bera boşlaganidan xabar topadi. Bir neça kun ötib u Avstriyaga yetib boradi, bu yerdan esa – Germaniyadagi aeroportga ötadi va Melburnga reysga ötiradi.
Melburnga kelganining uçinçi kunida Oksana quriliş kompaniyasi xöjayinining personal assistenti sifatida iş boşlaydi. Ikki oy ötib alohida yaşaş uçun joy topadi va bu yerda hozirga qadar yaşab kelmoqda.
Uning oilasi Ukrainada qolişga qaror qilgan. Ular Dnipro yaqinidagi qişloq uyida yaşaşda davom etmoqda, ammo ota-ona qadrdon Xarkivga talpinadi. Ular bir neça bor jonajon uylarini köriş uçun borib kelişgan. Binoning bir qismi yonib ketgan, zinalar proleti birinçi qavatdan töqqizinçi qavatgaça qulagan. Ularning kvartirasi beşinçi qavatda osilib turadi. Ular kran yollaşadi va «Sikstin Madonnasi»ni oliş uçun kötarilişadi. Ular eşikni oçişadi va böşliq qarşisidan çiqişadi.

Oksana Rossiyadan bölgan qarindoşlari bilan muloqot qilişni töxtatgan. Ular unga «ukrainlar özlari özinikilarni otişayotgani», «yertöladagi hayot – bu uydirma ekani»ni yozişadi. Soçidagi qarindoşi unga şunday yozadi: «Internetdan olingan feyklarni tarqatişni bas qil». Ksyuşa javob beradi: «Bu men özim olgan fotosurat».
«Qaysidir pallada men öylab qolaman: men ulardan nafratlanaman, nafratlanaman, ular mening butun hayotimni barbod qilişdi. Ammo keyin tanişim şunday deydi: iç-etingni yeb bitirmaslik uçun yuragingdagi butun nafrat va jahlni yöq qilişing kerak. Agar sen bu orklarga nafratingni özingda qoldirsang, sen doim bu haqda öylab yurasan va bu seni tamom qiladi. Hayot şunday. Biz buning baridan ötamiz. Va hozir men öylayman: demak, bularning barçasi şunçaki emasdi. Men bu xalqqa nafrat saqlamaslikka harakat qilaman».
Anna. Zaporijjya
45 yoşli Anna 23 fevral kuni stol tuzaydi. Ukrainada bu bayram kuni hisoblanmaydi, ammo u turmuş örtoğini «eskiçasiga» tabriklamoqçi edi.
Keçki ovqatdan keyin 12 yoşli qizi Yevani uxlaşga yotqizgaç, Anna eri yoniga yotadi va ertangi kun qilinadigan işlar röyxatini varaqlaydi: qizini maktabga, keyin – repetitorlarga olib boriş kerak, yana uy yumuşlari.

Soat törtlar atrofida Anna erining hayqiriğidan uyğonib ketadi: «Anya, uruş boşlandi!»
«Men çuqur uyqudan uyğonib ketdim. Ötirdim va heç narsani anglamayotganimni tuşundim. Televizorni yoqdim, unda – qörqinçli film bölayotgandi. Albatta, miş-mişlar bor edi. Ammo biz bunday bölişi mumkin emas deb öylagandik. Buni aqlimizga siğdira olmasdik, şuning uçun heç kim işonmasdi. Endi esa – şok. Nima qiliş kerak? Qayerga qoçiş kerak? Televizorda – bombalar uçmoqda, çinqiriqlar, ölimlar. Dahşat».
Rossiyalik harbiylar şu kuni Ukrainaga Rossiyadan, Belarusdan va annexia qilingan Qrimdan bostirib kirişadi. Rossiyaliklar Kiyevni, Çernihivni, Mariupolni, Xersonni, Xarkivni, Sumini va boşqa şahar hamda qişloqlarni öqqa tutişadi.
Zaporijjyada nisbatan tinçlik hukmron edi.
Annaning xususiy uyi – şahar taşqarisida, Moskva – Simferopol trassasi böyida joylaşgandi. Şahardagilar şunday joylaşuvi tufayli uy birinçi nişonga aylanişi mumkinligini aytişadi.
Şaharda mudofaaga tayyorgarlik köriş boşlanadi. Yöllarda tankka qarşi tösiqlar paydo böladi, qum töldirilgan qoplardan mudofaa istehkomlari barpo etiladi. Dökon egalari derazalarni faner bilan tösişadi, uylarda esa Molotov kokteyllari tayyorlaş boşlanadi.
Barça rejalar bekor böladi. Yeva maktabga bormaydi. Uyda barça narsa muzlagan, sukunat hukmron edi. «Qora kun. Xuddi motamdek, – deya tasvirlaydi öşa kunni Anna. – Eslayman, har safar 9 may kuni buvim harbiy filmlarni tomoşa qilar va kun böyi yum-yum yiğlardi. Men öşanda buni töliq tuşunmaganman…»
Oila filmlar örniga televizor tomoşa qiladi. Rossiya qöşini Mariupol va Xersonni qamal qilayotgan, Çernihivga yaqinlaşib kelgandi. Kiyev atrofida janglar ketayotgandi.

Anna oziq-ovqat oliş uçun uydan çiqadi. Mahalliy bozorda odamlar don va bötqa mahsulotlarini ğamlayotganiga guvoh bölib u şunday öylaydi: «Agar tepadan bomba tuşayotgan bölsa, endi kaşa kimga kerak?»
U şundan keyin uydan köp çiqmaslikka harakat qiladi.
Televizorda favqulodda vaziyatlar uçun çamadon haqida eslatişadi. Anna hujjatlar, pul va birinçi galda zarur böluvçi buyumlarni yiğadi.
Televizorda aviatsiya uçun oriyentir bermaslik uçun yoruğlikni öçirib qöyiş zarurligi haqida aytişadi. Anna birinçi qavat derazalarini yopadi va lampani öçiradi. Fevralda erta qoronği tuşardi.
Trevoga signali çalinadi va oila qöşni yertölaga çopadi. Anna matraslarda va polda yotgan bolalarga qarab çiqadi va öz qizi Yevani topadi. Jim turişadi. Tinçlantiruvçi dorilar içişadi.
«Anna, men ketaman, – Kiyevdagi dugonasi qönğiroq qiladi. – Bu yerda barça narsa tutun içida, sirenalar tinmayapti. Men bilan ketasanmi?»
«Yöq, men qayerga ham borardim. Bir-ikki haftadan keyin ular qandaydir til topişadi va barça tinçlanadi».
Mart oyi boşiga kelib tuşunarli böladi: vaziyat tinçimaydi. Oilaviy kengaşda Anya Yevani olib, xorijga ketişi va Belgiyadagi tanişinikida qolişi böyiça qaror qabul qilinadi.
Keyingi kun tongida temiryöl vokzaliga çiqişadi. Anna öz posyolkasiga kiriş joyida örnatilgan tösiqlarga, qumlar uyumidan qilingan mudofaa istehkomlariga, tambalab taşlangan derazalarga qarab yiğlab yuboradi. Yeva – esa yöq.
Ular özi bilan kiçikkina çamadon olişgandi. Içida - tiş çötkalari, ikkitadan jinsi, futbolkalar, krossovkalar, şampunlar.

Perronda olomon yiğilgandi. Poyezd böladimi? Agar bölsa, qaçon? U qayerga eltadi? Ular vagonga çiqa olişadimi?
Odamlar sökinişardi: kimdir platformaga ulkan va içi liq töla çamadon olib kiradi. «Bu sandiq örniga poyezdga tört kişi siğişi mumkin!» – deydi töplanib turganlardan biri.
Yaqinlaşib kelayotgan poyezd ovozini eşitib, odamlar jonlanib qolişadi. Elektriçka kirib keladi – odamlar baxtiga u böş edi.
Odamlar içkarini töldira boşlaydi. Hamrohlik qilib kelgan erkaklar öz rafiqalariga joy yetmay qolmasligidan xavotirlanib, ularni vagon içkarisiga kuç bilan itara boşlaydi.
Içkarida odatiy hayot tarzidagi qonunlar işlamasdi – heç kim katta yoşlilarga yoki yoş bolalarga joyini böşatib beriş haqida öylamasdi. Yoş bolalar oyoqlarini ostiga yiğiştirgan holda polga yotişadi. Qariyalar devorga tisarilib turişadi. Katta yoşlilar tik turişadi.
Hojatxonaga kiriş uçun ikki soatgaça kutiş kerak edi. Anna Yevani içkariga kiritadi va yana özi uçun navbatga turadi.

Deraza ortida tezda qoş qorayadi. Daraxtlar miltillab öta boşlaydi. Poyezd qayerga ketayotganini tuşuniş qiyin edi - barça yölkörsatkiçlar mato yoki fanerlar bilan örab yopib qöyilgandi. Odamlar telefon orqali xaritaga kirişga harakat qilişadi, ammo yölovçilardan telefonlarni öçiriş söraladi – evakuatsiya poyezdi harakati heç kimga körinmasligi kerak edi.
Lvivgaça hali uzoqmi? «Yana sakkiz soatlik yöl», – javob qaytaradi bort kuzatuvçisi.
Uç soat ötadi: «Yana qança qoldi?» – «Yetti soat».
Qöşni vagonda ayollardan birini tölğoq tutadi.
40 soat ötib elektriçka Lvivga yetib keladi. Vokzalda ularni köngillilar kutib oladi. Anya va Yevani qoçqinlarni qabul qiliş punktiga aylantirilgan sobiq internat binosiga olib boradi. Har bir kişiga matras berişadi, ovqatlantirişadi, çömilib oliş imkoni böladi.
Keyingi kun tongida Anna çegaragaça taksi çaqiradi.

«Polşa bizni bunday kulfatli kunda eng qadrdon kişidek, onadek kutib oldi. Ular lager qurişdi, bizni ovqatlantirişdi, suv berişdi, mehmonxonalardan tekin xona berişdi, transportdan yordam qilişdi».
Anna Polşadan Belgiyaga yetib oladi, bu yerda uni tanişi Olga uyiga qabul qilişga rozi böladi.
Olga ham asli Zaporijjyadan bölib, ançadan buyon Antverpenda yaşaydi, mahalliy kişiga turmuşga çiqqan. Anna Olga «putinparast» ekanini oldindan bilgani va unikida köp vaqtga qolişni rejalaştirmaganini aytadi.
Olganing turmuş örtoği Annaning fikrlarini qöllab-quvvatlaydi – gugl-tarjimon orqali. Olga siyosatga aralaşmasligini bildiradi.
Ammo bir hafta ötib keçki ovqat ustida bahs boşlanadi.
«U boşladi: «Sen sakkiz yil qayerda eding?» Olya xola, siz juda yaxşi bilasiz, bu odamlarning barçasiga jonim açiydi, ammo bu ikki vaziyatni soliştirmang. Hozir keng kölamli uruş ketyapti. Unga fotosuratlarni körsatdim. U yana aytadi: «Sen buni öz közing bilan kördingmi? Sening uyingni bombalaşdimi? Sen şaxsan şunaqasini kördingmi? Bularning bari sahnalaştirilgan».
Kiçik Yeva qöşni xonaga çiqib ketadi, ayol uning ortidan ergaşadi va eşikni içkaridan yopib oladi.
«Olga eşikni oçadi va deydi: '*** [yöqol] mening uyimdan. Men sizlarni körişni va bilişni istamayman. Siz sakkiz yil qayerda edingiz? Sakkiz yildan buyon bombardimon qilingan öşa odamlarga beparvo bölgan bölsangiz, uydan çiqib ketinğ».
Keç tuşgan, soat sakkizlar atrofida edi. Anna Yevropada boşqa heç kimni tanimasdi. Ular Yeva bilan bor narsalarini çamadonga joylaşadi va taşqariga yöl olişadi.
Olga esa öziga kelib, mehmonlarni taşqariga qöyib yuborişni istamaydi. Ular köçaga çiqib ketmasligi uçun u Annaning kurtkasini olib qöyadi. Anna kurtkasiz ketişga qaror qiladi.
U Yeva bilan bekatgaça borişadi. Ularda xarita yöq edi, internet – yaxşi işlamasdi, ikkisi ham mahalliy tilni bilişmasdi. Vokzalga borişga qaror qilişadi – bu yerda tekin internetdan foydalaniş mumkin bölgan kafe bor edi. Anna uyga qaytiş haqida öylaydi: «Adaşib qolgandan köra, öq ostida ötirgan yaxşidir».
Telefondan u ukrainlarga yordam uçun oçilgan guruhga yozadi. Bu yerda qandaydir erkak javob qaytarib, özi bilan ketişni taklif qiladi. Annaga bu taklifga rozi böliş qörqinçli edi. Yarim tun keladi.
Böşab qolgan kafedagi sukunatni begona ovoz buzadi: «Anya, bu sizmi? Men uxlaşga yotib bölgandim, keyin sizning xabaringizni öqib qoldim, taksi tutdim va siz vokzalda tunaşingizga yöl qöymaslik uçun oldingizga yöl oldim». Notaniş qiz Anya va Yevani uyiga olib ketadi.
Tongda – yana feysbuk, köngillilar çatlari, yordam guruhlari.
Vaqtinça – ikki haftaga – rossiyalik Zoya ona va qiziga boşpana berişga rozi böladi. Köngillilar bu vaqt içida unga doimiy yaşaş uçun uy topib berişni va’da qilişadi.
Ular ikkisi ham 60 yoşdan oşgan va farzandi 10 yoşdan oşgan ona va bolani qabul qilişga rozi bölgan juftlikni topişadi. Anyaga oilaning fotosuratini körsatişadi. Fotoda ikki itni körgan Yeva onasini taklifni qabul qilişga köndira boşlaydi - u Zaporijjyada qolgan öz itini juda soğingandi.

Yangi uyda ularga pastki qavatni (yertöla) berişadi. Uy egalari odatda bu yerda bilyard öynaşgan, trenajyorda sport bilan şuğullanişgan va televizor körişgan. Annaning kelişiga ular bu yerga karavot örnatişadi. Bu yerning derazalari yöq edi.
Uy egalari doimo bir gapni takrorlardi: «Nou stress, nou stress» (Tuşkunlikka berilma). Ular bilan muloqot qiliş qiyin edi - Anna barça gapga javob qaytarişga harakat qilardi: «Danke, veri gut» (Rahmat, barçasi yaxşi).
Bir neça kun ötib uy egasi Annaga tanbeh beradi: uni «juda köp sovun işlatiş» va duşdan keyin vannadagi suv oqib ketadigan joyni yaxşilab tozalamaslikda ayblaydi.
Bir haftadan keyin erkak keçki ovqatdan keyin undan söraydi: «Özingizni qanday his qilyapsiz?» - «Danke, veri gut». Erkak gugl-transleytga şunday yozadi: «Biz esa öz uyimizda özimizni yomon his qilyapmiz. Bilasizmi, örtamizda şu vaqtgaça heç qaçon bahs bölmagandi».
«Sizni tuşundim, - xörsinadi Anna. - Men özimga boşqa joy izlaşim kerak. Biz yana bir keça qolsak maylimi?» Uy egalari rozi bölişadi.
Butun keçani Anya köngillilar bilan çatlarda ötkazadi. Oxiri Anya va Yeva Bryusselga ketadigan böladi - u yerda nimadir topiş mumkin edi.
Tongda Anna oşxonaga kötariladi. U özi sotib olgan mahsulotlarning barçasi allaqaçon paketga joylab qöyilganini payqaydi. Vannadan esa uning barça soçiqlari olib qöyilgandi. Uning kurtkasi eşik oldidagi stulda yotardi. «Siz bugun ketişingiz kerakligini bilasiz-a?» - söraydi uy egasi bölgan ayol.
«Sizni vokzalga olib borib qöyaymi?» - deya qiziqadi uning eri. «Yöq, - deya uning sözini bölib qöyadi ayol. - Bekatgaça».
Yana - noma’lumlik. Yana - vaqtinça yaşaş joylari. Bryusselda ularni «muammo va mojarolarsiz, şunçaki oddiy oila» kutib oladi. Ular Anna va Yevaga erkinlik va böşliq berişadi, ammo vaqt bera olişmaydi, şu tufayli tegişli muddat içida özi ketişi kerak edi.
«Men yana köngilli qizga yozaman. Men barçasini töğri tuşunaman: u ijtimoiy xodim emas, u şunçaki oddiy odam, uning özining ham uyi yöq. Ammo men vokzallar va vaqtinça kvartiralar böylab kezişdan juda çarçadim. Menda kuç qolmadi. Menda şunday hissiyot bölgandiki, bizni xuddi çamadonlarni irğitgandek irğitişmoqda. Biz axir öyinçoq emasmiz…»
Belgiyadagi bir oila Anya va Yevaga boşpana berişga rozi böladi - bu juda kiçik xona, ammo ularning öziniki böladi. Bu yerda faqat ikki karavot va Yeva dars qilib, ovqatlanişi mumkin bölgan stol siğardi. Hatto şkaf yöq edi, lekin mitti oşxona bor edi. Buyumlarning asosiy qismini hamon çamadonda saqlaşga töğri keladi.
Belgiyaliklar Anna va qizi bu yerda yarim yil muddat tekinga yaşaşi mumkinligini aytişadi. Olti oy tugaganidan keyin Anna joy uçun pul tölay boşlaydi.

Keyingi oylarda Anna fransuzçani örgana boşlaydi, Yeva esa mahalliy maktabga qatnaydi.
Hozir Anya uruşning ilk oylaridagi kabi köp yiğlamaydi. Onasining sözlariga köra Yeva uning köz-yoşlariga e’tibor berişni bas qilgan - qizaloq uyi va sevimli itini soğinadi.
«Men unga aytaman: bu u yerda barçamizni öldirişlaridan yaxşiroq. Yoki nogiron, qölsiz, oyoqsiz qolişdan. Bu yerda, albatta, daydiysan, burçak izlaysan… ammo baribir. Biz bungaça ham kuçli edik, endi yanada kuçliroq böldik. Bu yerda çiqiş yölini topiş mumkin. Ukrainada esa bomba keladi - va barçasi tamom».
Anya eri Saşa bilan har kuni qönğiroqlaşadi. Fevral oyidagi suhbatlardan birida Saşa bir kunda 17 marta zarba kelganini aytdi.
Natalya*, Mariupol
Fevralda Ukraina armiyasi harbiy xizmatçisi Yevgeniyning* ahvoli yomonlaşadi. Uni şoşilinç operatsiya uçun Dniproga olib ketişadi, uning 52 yoşli turmuş örtoği Natalya Mariupolda yolğiz qoladi.
Natalya va Yevgeniyning farzandlari - ikki öğli - allaqaçon öz hayotini qurgan va boşqa şaharlarda yaşaşardi. Kiçigi 25 yoşga tölgan, 23 fevral kuni u onasini köriş uçun Mariupolga kelgan va öziga yangi pasport olgandi. «Uni Xudo yubordi», - deydi Natalya.

Keyingi kun ertalab soat tört atrofida Natalya akasining qönğiroğidan uyğonib ketadi. «Nataş, uruş boşlandi», deydi u göşakka.
U şokka tuşmaydi. Köp yillar Luhanskda yaşagan Natalya nima qilişni bilardi. U eng yaqin bankomatga boradi va naqd pul yeçib oladi - köp ötmay pul qolmasligi tayin edi. Keyin işga ketadi.
«Men maktabda işlayman. Men bormasligimning iloji yöq edi, u yerga bolalar kelişi mumkin edi. Soat yettilar atrofida, allaqaçon işda ekanimda «kelmanglar» buyruği berildi. Barçaga uyga qaytiş buyruği berildi.
Rossiya uruşning ilk kunidan Mariupolni öqqa tuta boşlagandi, ammo Natalyaning xotirlaşiça, 24 fevral uni u yaşaydigan şahar markazida ança tinçlik hukm surardi.
U narsalarni yiğiştirib, qayergadir qoçişga töğri kelişiga işonmagan. Keçasi Yevgeniy jonlantiriş xonasidan turib qönğiroq qiladi: «Agar olib ketişga borişsa, ketinglar». Öğil onasining oldiga keladi: «Ona, biz bir uyimizni taşlab keldik. Ikkinçisini taşlab ketişni istamayman».
Şahardan evakuatsiya poyezdlari çiqa boşlaydi, ammo, keyinroq şahar rasmiylari aytib berişiça, öşanda sostavlar yarmiga ham tölmagan.
«Biz odamlar bilan şaharni tark etiş imkoniyati haqida gaplaşdik, ammo köpçilik bundan foydalanişga mayl bildirmadi. Kelinglar, töğrisini aytamiz - faqat men emas, mariupolliklarning köpçiligi uruş 2014 yildagi kabi bölişini öylaşgan. Otişadi, otişadi va kelişiladi. Va barçasi tinçlanadi, bu holda nima uçun ketiş kerak? Bu butunlay boşqaça uruş ekani ma’lum bölganida esa - keç bölgandi. Duşman şaharni örab oldi», - deydi keyinroq şahar meri Vadim Boyçenko.

Uruşning ikkinçi kunida elektr ta’minotida uzilişlar boşlanadi. Isitiş tizimi öçadi. 28 fevral kuni Mariupol butkul toksiz qoladi - amalda uruşning keyingi töqqiz oyi davomida. Mart oyi boşida Rossiya armiyasi şaharni blokada qiladi. Ukraina bir neça bor aholi evakuatsiyasi uçun yaşil yölak oçiş böyiça kelişuvga erişişga urinadi, ammo samarasiz.
Turar joylar hovlilariga snaryadlar uçib kela boşlaydi. «Ahmoqligimiz tufayli ulardan unçalik qörqmasdik. Biz ular öldiradi deb öylamaganmiz şekilli. Qayergadir snaryad kelib tuşsa - köriş uçun borardik. Va öylardik: o xudoyim, bu yerda bitta maşina şikastlanibdi, mana oynalari tökilib yotibdi».
Natalya yaşagan uy derazalari hali butun edi, şuning uçun xonada issiqlik saqlanardi. Içkarida harorat - 16 daraja atrofida edi. Ammo kun ötgan sayin harorat bir-bir yarim darajaga pasayib, butun oynalar soni esa kamayib boradi.
Natalya mart oyi örtalarida, telefoniga tölqin izlab sakkizinçi qavatdagi uyi balkoniga çiqqanida birinçi bor qattiq qörqib ketadi. Balkonda turib u ilk bor Z belgisi aks etgan tankni köradi.
«Jyen, - deya u telefon orqali eridan söraydi. - Z harfi - sizlarniki emasmi?»
Bu 16 mart - bombalar Mariupoldagi yuzlab kişilar boşpana tutgan teatr bombardimon qilingan kun edi. Öşa kuni taşqi dunyo bilan aloqa butkul uziladi.

Natalya öğli bilan tamburga (bino tomining gumbaz qilib işlangan qismi) - derazalarsiz, bir tomoni lift şaxtasiga tutaşgan xonaga köçib ötadi. Polga penka va adyol töşaşadi.
Yanada kuçliroq öqqa tuta boşlaşadi - oskolkalar kvartiralar derazalariga uçib keladi. Bir safar tongda uyining mehmonxonasiga ötgan Natalya devorda teşik paydo bölganini köradi - bu u odatda ötirib televizor köradigan joy edi.
19 mart kuni Z harfi aks etgan tank Natalyaning uyiga zarba beradi. U va öğli polga yiqiladi. Omon qolişadi.
Natalya köçaga çopib çiqadi - qayerdir yonmayotganini qaraş uçun. Qöşni pod’yezdda yonğin çiqqandi. Natalya yertöladagilarga qarab baqiradi: «Yigitlar, sizning pod’yezd yonyapti, ketdik!» Bir ayol boşini kötarib qaraydi: «Xudoyim. Bu mening kvartiram. U yerda onam va muşugim qolgan».
Zarba töğri uyga kelib tuşgandi. Kvartira boşdan oyoq yonib ketadi.

Qöşnilar boşqa kvartiralarga ötib ketmasligi uçun yonğinni öçirişga harakat qilişadi, ammo olov yuqoriga qarab örlaydi. Uni töxtatiş uçun taşlab ketilgan boşqa kvartiralarning eşiklarini sindirişga töğri keladi. Tun böyi navbatçilik qilinadi.
«Biz panelli uy uç kun yonişini bilardik. Atrofni şunday uylar örab turardi. Bunday uylar asta-sekinlik bilan yonar, özgaruvçan şamol esa uni yanada alangalatardi. Biz uç kun qöşni uydagi qora tutunni kuzatdik. Hatto ufq ham qora tusda edi».
Natalyaning kvartirasi ham şikastlanadi. Bu yerda qolib bölmasdi va unga qöşni beş qavatli uyda boşpana berişadi.
Ular uydan çiqmaslikka harakat qilişadi - faqat pod’yezddan bir neça metr masofadagi qölbola plitada çoyga suv qaynatiş uçun çiqilardi. Çoynak yuqoriga olib çiqilgunça suv sovib qolardi. Suv tugaydi. Ba’zida ular yarim vayrona dökonlarga kirib çiqişadi.

Uy juda sovib ketadi - harorat nol daraja atrofida saqlanib turadi, tunda esa -4 darajagaça tuşadi. Qariyalar taom borligida ham yeyişdan boş tortişadi va yertölalarda jon berişadi. Natalya birinçi bölib vafot etgan keksa ayolni eslaydi. Uning jasadini taşqariga olib çiqiş juda qörqinçli edi - atrofda otişma tinmasdi. Qöşnilar birgalikda uni baribir yerga qöyişadi, ozgina qazişadi va ortga qoçişadi.
Jasadlar soni köpaya boradi. Yonib ketgan jasadlarni uydan uzoqroqqa, yöl böylariga olib borişga harakat qilişadi.
«Men ölim haqida öylamasdim. Nima bilandir şuğullanişga urinardim. Ustimdan kulişardi, ammo men har kuni pod’yezdni tozalaşni yoqtirardim. Havo sovuq edi, çoy içardik, ammo qilgani iş yöq edi. Men esa supurişga ketardim. Har kuni - yoki derazalar tökilar, yoki romlar uçib tuşar, yoki suvoq köçib tuşardi. Supuraman - ikki soatni öldiraman».
Otişma vaqtida bir qismi yonayotgan uy tebrana boşladi. Xuddi kuçli şamol vaqtida arqonli pillapoyani tutib turgandagidek hissiyot edi. Yomğir boşlanganida snaryadlardan biri tomni yorib ötib, töqqizinçi qavatni vayron qilgani ma’lum böladi.
Omon qolganlar tepaga kötariladi va endi heç qanday töqqizinçi qavat yöqligini körişadi. Şiftlar karavotda yotardi. Yuqorida esa - teşikdan osmon körinib turardi.

May oyi örtalarida Mariupol Rossiya nazoratiga ötdi. Har qadamda hujjatlarni tekşiriş işlari taşkil etildi, lekin heç bölmaganda köçaga çiqiş mumkin edi. Natalyaning öğlidan taşqari hamma - ona uni olib ketişlaridan xavfsirardi.
Natalya vayron bölgan şahar oralab sakkiz kilometr yurib suv uçun borardi - içimlik suvi Donetskdan sisternalarda olib kelingandi.
Şahardan çiqişda filtrlaş postlari örnatilgan. Natalya ketişni istaydi, ammo dastlabki vaqtlarda öğli uçun xavotir oladi. Avvaliga filtratsiyadan ötib, zarur «hujjatlar»ni olişga qaror qiladi.
«Filtrlaş markazlari bor edi, bu joylarda odamlar yeçintirilar, kamsitilar, töliq tekşirilardi. Şuningdek, Donetsk yaqinida qoçqinlarga yaxşiroq munosabat körsatiladigan punktlar ham bor edi. Haydovçi ming rubl evaziga bizni u yerga olib bordi. Bu yerda ortiqça savollarsiz filtratsiya hujjatlarini qölga kiritdik».

Şahardan çiqişning bitta yöli bor edi - Rossiya FVV avtobuslari odamlarni Rossiyaga eltib qöyardi. Yozda Natalya öğli bilan avtobusga ötiradi. «Hujjatlar va «filtratsiya» qoğozlarini körsatib, «DXR»dan osonlik bilan çiqib ketdik. Ular şunday deyişdi: «Ötinglar - körişgunça».
Rossiya bilan çegarada esa avtobus uzoq turib qoladi.
Natalyaning öğli muddati ötgan ukrain pasportini körsatadi - u yangi hujjatni olişga ulgurmagandi.
«Şunda qandaydir odamlar kelişdi va öğlimga baqirişdi».
Aytişdi: pasportingning muddati ötgan. «Men qanday qilib yangi pasport qila olardim? Tuğilgan kunim 25 fevral kuni bölsa».
Boşqa, amal qiluvçi hujjatlar bormi?
Yigit xorijga çiqiş pasportini körsatadi. Kutib turişadi. Çegaraçilar özaro nima haqdadir gaplaşişadi, qoğozlariga nimanidir yozişadi, ammo baribir kiriş ruxsatnomasi berişadi.

Barça erkaklarga avtobusdan tuşiş buyuriladi va FXX (FSB) xodimlari bilan suhbatga yuboriladi. Ayollar bir neça soat kutib turişadi.
FXXçilar erkaklar ötgan vaqt içida Mariupolda nima bilan maşğul bölişgani va nimalarni körişganiga qiziqişadi. Telefonlarni oçiş talab qilinadi, sinçkovlik bilan tekşiriladi. «Barça bu protseduralardan juda qörqardi. Heç qaçon qayerda kuyib qolişingni bilmaysan, ayniqsa agar telefonda Ukraina tarafdori ekaningni körsatadigan nimadir bölsa. Şu tufayli yölga çiqiş oldidan barça telefonlarini tozalagandi».
Ayolni öğli bilan çegaradan ötkazişadi.
Çegaradan ötilgaç, evakuatsiya avtobuslari haydovçilari öz biznesini yölga qöyib olişgan. Istaganlar safarni Taganrogdagi lagergaça davom ettirişi mumkin edi, ammo alohida tölov evaziga ikkinçi avtobusda Rostovgaça yetib oliş taklifi ham bor edi. Natalyaning puli unça köp emasdi, ammo u qolgan pulini Rostovga olib boradigan avtobus uçun tölaydi - bu yerda uning qarindoşlari yaşardi.
Rossiyada u öğli bilan ön kun ötkazadi. Natalya Rostov böylab yuradi va köradi: odamlar bungaça qanday yaşagan bölsa, şunday yaşaşda davom etmoqda, xotirjam işiga bormoqda, öz televizorini tomoşa qilmoqda. Avvaliga Natalya heç narsani his qilmaydi, endi esa, aytişiça, unga öşanda qiyin bölgan.
U köngillilar yordami bilan Rossiyani tark etadi va hozirda Fransiyada yaşamoqda. U Mariupoldan özi bilan bir neça oskolka olib çiqqan - «uni öldirişi mumkin bölgan temir parçalari».
Natalya hammasidan ham rossiyalik harbiylarga uning eri ukrain harbiy xizmatçisi bölganini aytmagan qöşnilaridan minnatdor.
— U hozir qayerda?
— Erim Ukraina örmonlarida yaşamoqda. U butun hayoti davomida maşğul bölgan işini qilişda davom etmoqda.
Diana, Xarkiv
24 fevral tongida Xarkiv meri şahar aholisiga uydan çiqmaslikni sörab murojaat qiladi. Ammo kvartirada ötirib, uruş ötişini kutib bölmasdi. Uzoqlardagi portlaşlardanoq devorlar silkinib ketardi.
Hali ham işlaşda davom etayotgan dökonlarda ulkan navbatlar yuzaga kelgan. Konservalar, suv, sigaret sotib olişardi. Dorixonada ham bir soatdan oşiq navbatda turiş kerak edi.
32 yoşli Diana eri va ikki bolasi - töqqiz yoşli qizi hamda tört oyli öğli bilan - Xarkiv markazidagi beş qavatli uyda yaşaşardi. Uyda qoliş xavfsiz emasdi.
Markazda yerosti boşpanalari köp emasdi. Eng yaqinigaça Diananing uyidan yetti daqiqalik yöl, bu Yuridik akademiya binosida edi. Yertöla ançagina issiq, bu yer qaçondir tir sifatida foydalanilgan. Birinçi tunni oila bu yerda yolğiz ötkazadi. Keyingi tunda esa bu yerda önlab kişilar tunab qolişadi - akademiya talabalari va mahalliy aholi vakillari yetib kelişadi.

Devor böylab örindiq joylaşgan. Bu yerda qornini pastga qilib Diananing katta qizi uxlaydi - junli işton, puşti paypoq va qölida telefonni mahkam tutib. Uning boşi ustida devorda köplab qurol tutgan erkaklar suratlari aks etgan - bular tirdan qolgan tasvirlar.
Taglik taqqan tört oylik çaqaloq Diana uydan olib kelgan körpada emaklaydi.
Atrofda notaniş kişilar maşğulot gilamlari va penkalar ustiga çözilgan. Ayrimlari özi bilan yostiq va hatto matraslar olib kelişgan.
Diana yertölada ötirgança eri bilan gaplaşadi: ketiş vaqti kelmadimi? Ammo yöllarda aql bovar qilmas tirbandliklar hosil bölgandi. Va taşqari juda qörqinçli edi. Yölda nima kutadi? Bilib bölmasdi. Ketiş yertölada yaşirinişdan köra qörqinçliroq körinardi.
Şu kuni ularning dösti uyidan ayriladi - unga snaryad uçib kelgandi. Diana ketiş vaqti kelganini anglaydi.

Oila uyga qaytadi, eng zarur narsalarni oladi va şahardan taşqariga, qişloqqa ketadi. Yölda Diana taşlab ketilgan avtomobillarni köradi, köpi - muzlama tufayli avariyaga uçrab şikastlangandi. Röparadan ukrain harbiy texnikalari harakatlanadi.
Diananing qarindoşlari yaşovçi qişloqda uning kiçik uyi bölib, bu yer tinç, sovutkiçda yeguliklar bor edi. Ammo oila qörqinç bilan uruş hali yakunlanmasligini anglaydi.
1 mart kuni Rossiya qöşini Xarkiv markazidagi Ozodlik maydoniga zarba beradi. Raketalardan biri oblast ma’muriyati binosiga kelib tuşadi.
«Menimça, xarkivliklarning köpçiligi aynan şundan keyin ğarbga ketişga qaror qildi». Diana - ham. Uzoq yölga, hali emizikli çaqaloq bilan çiqişga qaror qiliş oson emasdi.
Oila qandaydir oziq-ovqat mahsulotlarini töplaydi - qolgan blinçiklar, buterbrodlar va suv. Mart boşlangan bölsa-da, havo hali sovuq edi. Yöl böyi qor yoğar, maşinaning old oynasida ayozda naqşlar paydo bölardi.
Xarkivliklar yoppasiga öz şahrini tark etişga tuşgan va yöllarda adoqsiz tirbandliklar hosil bölgandi. Diananing eri öz maşinasida, qizi, yaqinlari va döstlari bilan harakatlanardi. Diana - özinikida, rulni boşqarar, maşinada qaynonasi va döstlari bor edi. Emizikli çaqaloği ham qölida edi.
Ba’zida kimdir qatordan çiqar va qarama-qarşi yönalişga yoki yöldan taşqariga çiqib, navbatda turgan maşinalarni quvib ötişga harakat qilardi. «Şunda ayrim odamlar bita kötarib çiqişdi. Çinakam töqnaşuv böldi. Barça uçun - teng şaroit talab qilindi».
Har yigirma kilometrda - blokpost. Şunda Diana uydan haydovçilik guvohnomasini ham, maşina texpasportini ham olib çiqmaganini bilib qoladi. Ammo bu vaqtda bu hujjatlar heç kimni qiziqtirmas, ukrain pasporti bölişi yetarli edi.
Yegulik tezda tugab qoladi. Sotib oliş imkoni ham yöq - yöl böylab hali oçiq turgan yonilği quyiş şoxobçalarida ham allaqaçon barça narsa tugagandi.
Tunaşga joy topiş uçun Diana instagramga yozadi - va odamlar e’tibor qaratadi va butun kompaniyani qabul qilişga tayyor bölganlar topiladi.

Yöldagi ikkinçi kunning keçasida navbatdagi blokpostda maşina faralarini öçiriş buyuriladi. Bu ma’lumot zanjir böylab tarqaladi - bir maşinadan boşqasiga. Şu vaqtda bu yerga zarba berilişi mumkin edi. Oldinda ham, orqada ham - avtomobillar tizilgan. Öngda va sölda - adoqsiz dalalar, yalanğoç tekislik, zulmat. «Bolalar bilan maşinada ötirasan va kutasan». Ularning omadi keladi.
Yuz kilometr yölni bosib ötiş uçun yetti soat ketadi. Diana rulni boşqara turib çaqaloğini emizadi.
Ğarbga yaqinlaşilgani sayin kolonna harakati tezlaşadi.
«Navbatda turmasdan, yölda harakatlanayotganingda tezroq yuriş kerak, töxtaş mumkin emas. Şu tufayli bolani yöl-yölakay emizişga töğri keladi. Biz juda kam uxladik. Kam yedik. Qörqçinçli edi. Biror narsa uçib kelmasligini ötinib sörardik».
Uç kun ötib oila Ternopilga yetib keladi.

«Biz bu yerda bir neça hafta bölamiz, keyin barçasi iziga tuşadi, deb öylagandik. Ammo heç narsa joyiga tuşmadi».
Ternopilda Diana nimadir özgaçaligini tuşuna boşlaydi - avvaliga gap stress tufayli deb öylaydi. Dorixonada u homiladorlikni aniqlovçi test sotib oladi. Ikki çiziq körinadi - şok.
«Qörqinçli. Uruş ketyapti, bunday mahalda uçinçi bola? Ammo men atrofga qaradim va hozir bu uruşda qança bolalar halok bölayotganini kördim. Mening boşqaça qaror qilişga ma’naviy haqqim yöq edi. Men öyladim: heçqisi yöq, katta qilib olamiz».
Ternoptilda ança tinç edi. Ba’zida trevoga sadolari yangraydi va bu vaqtda boşpanaga tuşiş kerak böladi. Dastlabki vaqtlarda keçalari «svetomaskirovka» amal qilardi - soat 21 dan keyin svetni yoqişga ruxsat yöq edi. Ammo oziq-ovqat dökonlari işlab turadi, qaysidir vaqtlarda hatto alkogol sotib olişga ruxsat berildi, kafelar oçildi. Diananing eri işlaşda davom etdi, uning özi esa bolalari bilan ikki oyga Angliyaga ketdi, bu yerda xolasi yaşardi.
«Bu biz uçun hamişa ikkinçi uy bölib kelgan. Va bizda qayerga boriş böyiça boşqa variant yöq edi. Ammo qadrdon uyingni taşlab ketiş juda oğir. Men özini xavfsizlikda his qilişni istagan, ammo öz şahrida, otişmalar ostida qolişga majbur bölgan odamlar haqida öylayman. Nega ular u yerda qolmoqda? Çunki nima qilib bölsa ham yaşaş kerak. Mamlakatimizda maoşlar u qadar yuqori emas, kvartira uçun tölaş kerak, oziq-ovqat sotib oliş kerak. Albatta, insonparvarlik yordamlari markazlari bor, bu yerlarda yegulik oliş mumkin, ammo bir umr konservalar bilan yaşab bölmaydi. Uruş tufayli juda köpçilik işsiz qoldi, odamlarga juda oğir böldi».
Londonda nafas rostlab olgaç, Diana avgustda Ternopilga, eri oldiga qaytadi.

U uruşning ilk kunlarida ğazab, hatto nafrat va umidsizlik his qilganini eslaydi. Ammo janglar qança uzoq davom etgani sari, çarçoq şunçalik kuçliroq edi.
«Men hamişa qandaydir maqsad, orzular bilan yaşaganman. Hozir esa kiçik vaqt oraliği uçun yaşaysan. Kuç kam. Ruhan ham, jismonan ham. Barçasi tezroq tugaşini xohlaysan. Va yaşaşni... yana noldan boşlaşni».
Dekabr oyida Ternopilda Diana qiz kördi. Unga Mayya deb ism qöyişdi.
* Qahramonning va uning turmuş örtoğining ismlari xavfsizlik nuqtayi nazaridan özgartirilgan.












