Pistorius ARD telekanalida sözlagan nutqida, boşqa tafsilotlarni aytmagan holda, maşğulotlar masalasi hozirda «körib çiqilmoqda», dedi. 

Ukraina bilan çegaradoş mamlakatdagi harbiy manevrlar NATO ittifoqçilariga, şuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putinga «juda aniq» signal beradi, dedi u. 

«NATO Putin uzoq vaqtdan beri öylagandek kuçsiz bölişdan yiroq», dedi Germaniya mudofaa vaziri. U alyans «ötgan, 2022 yil fevralida Rossiya qöşinlari Ukrainaga bostirib kirişidan avvalga qaraganda ança kuçliroq va birdamroq» bölganini ta’kidladi. 

Biroq, «Polşa, Boltiqböyi, Slovakiya va boşqa Şarqiy Yevropa davlatlari uçun ittifoqning Yevropadagi eng muhim a’zosi sifatida Germaniya va transatlantik şerik sifatida AQŞ öz mudofaa majburiyatlarini bajarayotganini köriş muhim», deb qöşimça qildi Pistorius.