«Eng dahşatli jinoyatlardan biri ukrainalik bolalarning Rossiya va Belarusga majburan deportatsiya qilinişidir. 2022 yilning may oyida Putin Donbass, Zaporijjya va Xersondan bölgan bolalar uçun Rossiya fuqaroligini olişning soddalaştirilgan tartibi töğrisidagi farmonni imzoladi», — dedi u.
Kostinning sözlariga köra, Ukraina rasmiylari hozirgaça bor-yöği 307 nafar bolani qaytarişga muvaffaq bölgan. Qolganlarini qaytariş uçun Kiyev xalqaro hamjamiyat yordamiga muhtojligini ta’kidladi.
«Rossiyani töxtatib, inson huquqlarining bu qöpol tarzda buzilişi uçun javobgarlikka tortiş kerak», dedi Ukraina Boş prokurori.
Yevrokomissiya Polşa va BMT bilan birgalikda ukrainalik bolalarning deportatsiyasiga oid dalillarni birgalikda yiğiş taşabbusini ilgari surmoqda, deb xabar berdi DW naşrining Bryusseldagi muxbiri.
Bosqin boşidan beri minglab ukrainalik bolalar Rossiya harbiylari tomonidan asrab oliş uçun Rossiyaga olib ketildi, dedi Yevropa komissiyasi rasmiy vakili Dana Spinant brifingda.
«Ukrainalik bolalarning öğirlanişi - katta ijtimoiy muammo, fojia va jinoyat», deya ta’kidlab ötdi u.
Qöşma taşabbusdan közlangan maqsad - majburan olib çiqib ketilgan bolalarni topiş va aybdorlarni javobgarlikka tortiş. Yaqin kunlarda Yevropa Komissiyasi taşabbus haqida batafsilroq ma’lumot berişi aytiladi.













