Ğarb sanksiyalari va narxlarning yuqori çegarasi joriy etilişi tufayli Rossiyaning 2023 yil yanvarida neft va gaz eksportidan daromadlari ötgan yilning yanvariga nisbatan qariyb 40 foizga qisqardi, deb yozadi Reuters 28 fevral, seşanba kuni Xalqaro energetika agentligi ma’lumotlariga tayanib.

Joriy yilning yanvar oyida Rossiyaning neft va gaz eksportidan tuşgan daromadi 18,5 milliard dollarni taşkil qildi, bu Moskvaning Ukrainaga bostirib kirişidan bir oy oldin olgan 30 milliard dollardan 38 foizga kam, deb yozadi Reuters.

Xalqaro energetika agentligi ijroçi direktori Fotih Birolning sözlariga köra, bunga Ğarbning Rossiya energiya eksportiga qarşi sanksiyalari sabab bölgan. «Biz neft va gaz daromadlaridagi bu pasayiş kelgusi oylarda keskinroq bölişini kutamiz. Texnologiya va investitsiyalardan foydalaniş imkoniyati yöqligi sababli örta muddatli istiqbolda yanada jiddiyroq böladi», dedi Birol Reuters agentligiga. U «Katta yettilik» (G7) narx çegarasini joriy qilgani tufayli Rossiyaning Urals nefti Brent neftiga nisbatan katta çegirma bilan sotilayotganini ta’kidladi.

Ötgan yili neft va gaz sotişdan qariyb 11,6 trillion rubl (146 milliard yevro) daromad olgan Kreml bu yil budjet taqçilligini qoplaş uçun xalqaro zaxiralarni sotişni boşlaşga majbur böldi, deya qayd etadi Reuters.

Yevropa Ittifoqining Rossiya neft mahsulotlarini dengizga yetkazib berişni taqiqlaşi 5 fevraldan kuçga kirdi. 2022 yil 5 dekabrdan boşlab Rossiyaning Yevropa Ittifoqiga neft yetkazib berişiga embargo amal qilyapti. Şu bilan birga, Yevropa Ittifoqi va «Katta yettilik» mamlakatlari uçinçi davlatlarga sotiladigan Rossiya neftining bir barreliga 60 dollar, Rossiya neft mahsulotlariga esa xomaşyo turiga qarab bir barrel uçun 45 va 100 dollar miqdorida narx çegarasini belgiladi.