Belarus rahbari Aleksandr Lukaşenko Xitoyning Ukrainadagi uruş haqidagi pozitsiyasini töliq qöllab-quvvatlaşini ma’lum qildi. Belarus «siz ilgari surgan xalqaro xavfsizlik taşabbusini töliq qöllab-quvvatlaydi», dedi u 1 mart, çorşanba kuni Pekinda Xitoy yetakçisi Si Jinping bilan uçraşuvda.

Lukaşenkoning Xitoyga uç kunlik davlat taşrifi «yangi, favqulodda yondaşuvlar va oqilona siyosiy qarorlarni talab qiluvçi oğir vaqtda» bölib ötmoqda, deb yozadi AFP axborot agentligi Belarus rahbarining sözlaridan iqtibos keltirgan holda. «Ular, birinçi navbatda, ğoliblar bölmaydigan global qarama-qarşilikka tuşib qolişning oldini olişga qaratilgan bölişi kerak», - deya qöşimça qildi Lukaşenko.

Avvalroq Lukaşenko Pekinda Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengaşi Boş vaziri Li Ketsyan bilan uçraşgan edi. 2 mart kuni taşrif çoğida Rossiyaning Ukrainaga qarşi agressiv uruşi va yaqinroq harbiy hamkorlik masalalari muhokama qilinişi kutilmoqda, deb xabar beradi dpa.

Bundan taşqari, Lukaşenko uşbu taşrif natijasida Belarus iqtisodiyotiga Xitoy sarmoyasi kiritilişiga umid qilmoqda. «Biz Xitoyda bizni qiziqtirgan yangi texnologiyalar bilan tanişmoqdamiz. Bu barça sohalarga - biotexnologiyadan tortib milliy mudofaagaça taalluqlidir», dedi u taşrifi oldidan Xinhua agentligiga. Xitoy ma’lumotlariga köra, ötgan yili ikki davlat örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmi 33 foizga oşib, 5 milliard dollarga yetgan.